{"id":29823,"date":"2022-09-12T07:55:23","date_gmt":"2022-09-12T04:55:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29823"},"modified":"2022-09-12T07:55:23","modified_gmt":"2022-09-12T04:55:23","slug":"yol-belgilari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yol-belgilari\/","title":{"rendered":"YO&#8217;L BELGILARI"},"content":{"rendered":"\n<p>YO&#8217;L BELGILARI \u2014 haydovchilar, piyodalar, yo&#8217;lovchilar, yo&#8217;l ta&#8217;mirlovchilar, chorva mollarini haydab boruvchilarning avtomobil yo&#8217;llari va shahar ko&#8217;chalarida harakatlanishini tartibga solish, ularni xavfli uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga osib qo&#8217;yiladigan shartli belgilar. Yo&#8217;llarda harakatlanishni tartibga solishga ilgaridan harakat qilingan. Otaravalar va izvoshlar o&#8217;rnini avtomobillar va boshqa transport vositalari egallay borgan sari qoidalar, ulardagi belgilar ham takomillashib bordi. Yo&#8217;l belgilaridagi grafiklar, texnik tafsilotlar 1968 yilda Venada o&#8217;tkazilgan &#8220;yo&#8217;l belgilari va signallari haqidagi Konventsiya&#8221; hamda bu konventsiyani to&#8217;ldiruvchi Yevropa kelishuvi (1971, Jeneva) talablariga ko&#8217;ra ishlab chiqildi. O&#8217;zbekiston Respublikasida 2001 yilda xalqaro me&#8217;yorlar asosida, mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda yangi &#8220;yo&#8217;l harakati qoidalari&#8221; ishlab chiqildi. Bu qoidalarga Yo&#8217;l belgilarining quyidagi asosiy 4 ta: ogohlantiruvchi, imtiyoz, taqiqlovchi, buyuruvchi guruhi va undan tashqari axborot-ishora, servis, qo\u2019shimcha axborot belgilari kiritilgan. Ogohlantiruvchi belgilar \u2014 yo&#8217;l harakati qatnashchilariga yo&#8217;lning harakatlanishda vaziyatga qarab chora ko&#8217;rishni talab qiladigan xavfli qismlarining joylashuvi hamda ularning xususiyatlari to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot berish uchun qo&#8217;llaniladi. Imtiyoz belgilari \u2014 chorrahalarda, alohida joylashgan qatnov qismlari kesishgan joylarda, shuningdek yo&#8217;lning tor qismida yo&#8217;l harakati qatnashchilarining harakatlanish navba-tini belgilash uchun qo&#8217;llaniladi. Taqiqlovchi belgilar \u2014 yo&#8217;l hara-katiga ma&#8217;lum cheklashlar kiritish yoki ularni bekor qilish uchun qo&#8217;llaniladi. Buyuruvchi belgilar \u2014 transport vositalariga ko&#8217;rsatilgan yo&#8217;nalishda yoki faqat ma&#8217;lum yo&#8217;nalishlarda harakatlanishlari lozimligini buyuradi. Axborot-ishora belgilari \u2014 harakat qatnashchilariga yo&#8217;ldagi harakat tartibi xususiyatlari hamda aholi yashaydigan joylar va manzillarning joylashuvi haqida ma&#8217;lumot berish uchun qo&#8217;llaniladi. Servis belgilari \u2014 transport vositalari, yo&#8217;lovchilar va haydovchilarga xizmat ko&#8217;rsatish joylari xaqida ma&#8217;lumot berish uchun qo&#8217;llaniladi. Qo&#8217;shimcha axborot belgilari \u2014 ular bilan birgalikda qo&#8217;llanilgan belgilarga aniqlik kiritish yoki ularning ta&#8217;sirini cheklash uchun qo&#8217;llaniladi. Barcha belgilar qorong&#8217;i paytlarda yoritilib turiladigan bo&#8217;lishi yoki kamida 100 metr naridan ko&#8217;rishga imkon beradigan materiallar bilan qoplanishi lozim. Ad.: Yo&#8217;l harakati qoidalari, T., 2001. Sobir Abdurasulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YO&#8217;L BELGILARI \u2014 haydovchilar, piyodalar, yo&#8217;lovchilar, yo&#8217;l ta&#8217;mirlovchilar, chorva mollarini haydab boruvchilarning avtomobil yo&#8217;llari va shahar ko&#8217;chalarida harakatlanishini tartibga solish, ularni xavfli uchastkalar haqida ogohlantirish uchun tegishli joylarga osib qo&#8217;yiladigan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yol-belgilari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[196],"tags":[],"class_list":["post-29823","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-y-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29823","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29823"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29823\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29828,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29823\/revisions\/29828"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29823"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29823"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29823"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}