{"id":29940,"date":"2022-09-14T07:38:18","date_gmt":"2022-09-14T04:38:18","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=29940"},"modified":"2022-09-14T07:38:19","modified_gmt":"2022-09-14T04:38:19","slug":"yevkradit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yevkradit\/","title":{"rendered":"YEVKRADIT"},"content":{"rendered":"\n<p>YEVKRADIT (? &#8211; miloddan avvalgi 155) \u2013 Yunon-Baqtriya podsholigi shohi (miloddan avvalgi taxminan 171 \u2014 155), dastlab Baqtriyadagi harbiy garnizon boshlig&#8217;i. Demetriy I ning Hindistonga qilgan yurishidan foydalanib, miloddan avvalgi taxminan 174 yilda Baqtriyada qo&#8217;zg&#8217;olon ko&#8217;targan va hokimiyatni o&#8217;z qo&#8217;liga olgan. Baqtriyaliklar Yevkradit boshchiligida sug&#8217;diylar, araxotlar, drang&#8217;lar, areylar va hindlar bilan betinim urushlar olib borishgan. Demetriy I bir qism qo&#8217;shini bilan Hindiston yurishidan qaytib Yevkradit qo&#8217;shini bilan kurashga kirishgan va Baqtra shahrini qamal qilgan. Qamal 5 oyga cho&#8217;zilgan. Yevkradit 300 jangchisi bilan bot-bot qal&#8217;adan chiqib 60 minglik qo&#8217;shinga ega raqibiga ketma-ket zarbalar berib g&#8217;alabaga erishgan, Demetriy I jangda halok bo&#8217;lgan. Demetriy I ning vorislari Hind vodiysidagi hokimiyatni o&#8217;z qo&#8217;llarida saqlab qolgan. 2 ta mustaqil hokimiyat: Yunon-Baqtriya va Yunonhind podsholigi vujudga kelgan. Miloddan avvalgi 162 yilda Yevkradit Parapamisadga bostirib kirib Demetriy I ning vorislaridan Panjobni tortib olgan. Ammo, uning hujumi Hind vohasidagi Yunon-Hind podsholigining shohi Menandr tomonidan to&#8217;xtatilgan. Yevkradit Hindistondan qaytayotganida o&#8217;g&#8217;li va taxtdoshi Geliokl tomonidan o&#8217;ldirilgan. Yevkradit zarb etgan tangalar arxeologlar tomonidan O&#8217;zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg&#8217;oniston hududidan ko&#8217;plab topilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YEVKRADIT (? &#8211; miloddan avvalgi 155) \u2013 Yunon-Baqtriya podsholigi shohi (miloddan avvalgi taxminan 171 \u2014 155), dastlab Baqtriyadagi harbiy garnizon boshlig&#8217;i. Demetriy I ning Hindistonga qilgan yurishidan foydalanib, miloddan avvalgi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yevkradit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-29940","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29940","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=29940"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29940\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":29943,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/29940\/revisions\/29943"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=29940"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=29940"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=29940"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}