{"id":30053,"date":"2022-09-14T14:48:52","date_gmt":"2022-09-14T11:48:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30053"},"modified":"2022-09-14T14:48:53","modified_gmt":"2022-09-14T11:48:53","slug":"yevropa-kengashi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yevropa-kengashi\/","title":{"rendered":"YEVROPA KENGASHI"},"content":{"rendered":"\n<p>YEVROPA KENGASHI (EK) &#8211; Yevropa davlatlarining har tomonlama hamkorlik qilishiga ko&#8217;maklashuvchi xalqaro tashkilot. 1949 yil ta&#8217;sis etilgan. EK ning maqsadi: a&#8217;zo mamlakatlar o&#8217;rtasida yaqin aloqalarni ta&#8217;minlash; Yevropaning demokratik va xavfsiz makonga aylanishiga, plyuralistik demokratiyani va inson huquqlarini mustahkamlashga, yevropacha o&#8217;zini o&#8217;zi anglash va madaniy bir xillikni rivojlantirishga yordam berish. Yevropadagi 40 dan ortiq davlat a&#8217;zo hisoblanadi. Ekga a&#8217;zo bo&#8217;lib kirishni istagan davlat muayyan talablarga javob berishi kerak: uning davlat muassasalari va huquqiy tuzilishi demokratiyaning asosiy printsiplariga, inson hukuklariga rioya etilishiga muvofiq bo&#8217;lishi lozim, xalq vakillari esa erkin, teng va umumiy saylovlar yo&#8217;li bilan saylanishi kerak. Ekga qabul qilishda, jumladan, fikrni ifodalash erkinligi bo&#8217;lishi, milliy ozchiliklar himoyalanishi, xalqaro huquq me&#8217;yorlariga rioya etilishi mezon hisoblanadi. EK a&#8217;zosi inson huquqlari bo&#8217;yicha Yevropa konventsiyasining qatnashchisi bo&#8217;lishi shart. Ekning quyidagi organlari bor: 1. Vazirlar qo&#8217;mitasi. 2. Parlament Assambleyasi. 3. Tarmoq vazirlari kengashi. 4. Kotibiyat. Vazirlar qo&#8217;mitasi EKning oliy organidir. U a&#8217;zo mamlakatlar tashqi ishlar vazirlaridan tashkil topadi va Ekning ish dasturi yuzasidan qarorlar qabul qiladi, turli hukumatlararo ixtisoslashgan qo&#8217;mitalar, tarmoq Vazirlar kengashlari takliflari bo&#8217;yicha qarorlar chiqaradi, EK byudjetini qabul qiladi va inson huquqlari bo&#8217;yicha Yevropa komissiyasi a&#8217;zolarini tayinlaydi. Odatda, yiliga 2 marta Vazirlar darajasida yig&#8217;ilish o&#8217;tkazadi. Parlament Assambleyasi milliy parlamentlar deputatlaridan tashkil topgan deputatlar va ularning o&#8217;rinbosarlaridan iborat. Assambleya kun tartibida turgan masalalarni muhokama qiladi, tavsiyalar ishlab chiqadi, konferentsiya, kollokvium va ochiq parlament majlislarini tashkil qiladi. Bosh kotibni va uning o&#8217;rinbosarini, inson huquqlari bo&#8217;yicha Yevropa sudi sudyalarini saylaydi. Kotibiyatni 5 yil muddatga saylanadigan Bosh kotib boshqaradi. EK organlari Strasbur shahrida (Frantsiya) joylashgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YEVROPA KENGASHI (EK) &#8211; Yevropa davlatlarining har tomonlama hamkorlik qilishiga ko&#8217;maklashuvchi xalqaro tashkilot. 1949 yil ta&#8217;sis etilgan. EK ning maqsadi: a&#8217;zo mamlakatlar o&#8217;rtasida yaqin aloqalarni ta&#8217;minlash; Yevropaning demokratik va xavfsiz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yevropa-kengashi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30053","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30053","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30053"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30053\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30054,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30053\/revisions\/30054"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30053"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30053"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30053"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}