{"id":30069,"date":"2022-09-14T19:04:32","date_gmt":"2022-09-14T16:04:32","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30069"},"modified":"2022-09-14T19:04:34","modified_gmt":"2022-09-14T16:04:34","slug":"yevropa-tiklanish-va-taraqqiyot-banki","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yevropa-tiklanish-va-taraqqiyot-banki\/","title":{"rendered":"YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI"},"content":{"rendered":"\n<p>YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI (ETTB) (The European Bank for Reconstrustion and Development) \u2014 Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga a&#8217;zo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam ko&#8217;rsatuvchi xalqaro bank. 1990 yilda 42 a&#8217;zo mamlakat hukumatlari tomonidan 10 milliard EKYu mablag&#8217; bilan tashkil etilgan. 1991 yildan faoliyat olib boradi. Shtab-kvartirasi Londonda. ETTB bozor iqtisodiyotiga o&#8217;tish davrida bo&#8217;lgan mamlakatlarda amalga oshirilayotgan islohotlar (davlat mulki va korxonalarini xususiylashtirish hamda monopoliyadan chiqarish; tadbirkorlikni rivojlantirish; ishlab chiqarish, xizmat ko&#8217;rsatish va moliya sektorlariga investitsiyalarni jalb etish; kapital bozorini shakllantirish va hokazolar)ga moliyaviy yordam ko&#8217;rsatadi va ularning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga tezroq qo&#8217;shilishiga ko&#8217;maklashadi. Bank kichik va o&#8217;rta biznesni qo&#8217;llab-quvvatlash va tadbirkorlar sinfini shakllantirish masalalariga katta e&#8217;tibor beradi, transport, energetika, ishlab chiqarish sohalaridagi yirik infratuzilma loyihalarini moliyalashda ishtirok etadi. Bank resurslarining kamida 60% xususiylashtirilayotgan davlat korxonalari yoki xususiy sector korxonalariga, 40% infratuzilma yoki boshqa loyihalarga yo&#8217;naltiriladi. 1997 yilda bank tomonidan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda moliyaviy ta&#8217;minlagan loyihalar qiymati 240 million EKYuni tashkil etdi. O&#8217;zbekiston 1992 yil boshida ETTBga a&#8217;zo bo&#8217;ldi va shu yili Toshkent shahrida uning vakolatxonasi ochildi. 1993 yildan O&#8217;zbekistonda loyihalarni amalga oshirishda ishtirok eta boshladi. 1994 yil 10 yanvarda ETTBning direktorlar kengashi O&#8217;zbekiston Respublikasiga loyihalarni moliyalash masalalari bo&#8217;yicha salbiy garov shartlarini bekor qildi. ETTB O&#8217;zbekistonda moliyaviy sektor va bank infratuzilmasini rivojlantirish, energetika majmui, turizmni rivojlantirish, kichik va o&#8217;rta biznesni qo&#8217;llab-quvvatlash, bozor infratuzilmasini shakllantirish, tabiiy resurslarni o\u2019zlashtirish, paxtani qayta ishlash va yengil sanoatning boshqa tarmoqlarini taraqqiy ettirish kabi etti yunalishda faoliyat yuritadi. ETTB Farg&#8217;ona neftni qayta ishlash zavodini jihozlash (umumiy qiymati 81,5 million EKYu); energetika ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va Sirdaryo GRESning xalqaro andozalarga muvofiqligini ta&#8217;minlashga qaratilgan (umumiy qiymati 25,2 million EKYu) va Toshkent xalqaro aeroportini ta&#8217;mirlash, shuningdek, xavfsizlikni oshirish uchun maxsus jihozlar sotib olish (umumiy qiymati 43,5 million EKYu) loyihalarni amalga oshirish uchun kreditlar ajratdi. Hozirgi vaqtda O&#8217;zbekistonda ETTB ishtirokida umumiy qiymati 1 milliard AQSh dollaridan ortiq bo&#8217;lgan 15 loyiha amaliyotga joriy etilmoqda (bunda bankning bevosita moliyalashdagi ulushi 597,7 million AQSh dollariga teng). Xususan, ETTB tomonidan O&#8217;zbekistonda o\u2019rta va kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 120 million AQSh dollaridan iborat kredit berildi. Shundan 60 million AQSH dollari hukumat kafolatisiz O&#8217;zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga, 60 million dollari esa hukumat kafolati bilan boshqa tijorat banklariga berilgan (2001). Ashur Qodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKI (ETTB) (The European Bank for Reconstrustion and Development) \u2014 Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shuningdek, MDH ga a&#8217;zo mamlakatlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga yordam ko&#8217;rsatuvchi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yevropa-tiklanish-va-taraqqiyot-banki\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30069","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30069","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30069"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30069\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30073,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30069\/revisions\/30073"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30069"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30069"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30069"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}