{"id":30070,"date":"2022-09-14T19:04:57","date_gmt":"2022-09-14T16:04:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30070"},"modified":"2022-09-14T19:04:58","modified_gmt":"2022-09-14T16:04:58","slug":"yevropa-xavfsizlik-va-hamkorlik-tashkiloti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yevropa-xavfsizlik-va-hamkorlik-tashkiloti\/","title":{"rendered":"YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI"},"content":{"rendered":"\n<p>YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI (EXHT) -davlatlar o&#8217;rtasida xavfsizlik va hamkorlikni ta&#8217;minlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga ko&#8217;maklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab umum Yevropa kengashi (AQSh va Kanada ishtirokida) sifatida faoliyat ko&#8217;rsatib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo&#8217;yicha kengash nomi bilan atalgan (1973-91). 1973 yil 3-7 iyulda Xelsinki shahrida kengashning 1 &#8211; bosqich (Yevropadagi 33 davlat tashki ishlar vazirlari ishtirokida), 1973 yil 18 sentabrdan 1975 yil 21 iyuligacha Jeneva shahrida 2-bosqich (35 davlat vakillari ishtirokida) va 1975 yil 30 iyuldan 1 avgustgacha Xelsinki shahrida 3-bosqich (35 mamlakat siyosiy va davlat rahbarlari ishtirokida) uchrashuvlari bo&#8217;lgan. Pirovardida yakunlovchi hujjat qabul qilinib, u Yevropada tinchlikni ta&#8217;minlashning muqim omiliga aylangan. Kengashning Madrid konferentsiyasi (1991 yil aprel)da EXHT Parlament assambleyasini tashkil etishga qaror qilindi (1991 yil iyulda ta&#8217;sis etilgan). Yevropada yuz bergan jarayonlar, &#8220;sovuq urush&#8221;ning tugashi natijasida vujudga kelgan o&#8217;zgarishlar kengashning tashkilot sifatida to&#8217;liq shakllanishiga olib keldi. EXHTga 54 davlat a&#8217;zo (2002 yil yanvar). Tashkilotga a&#8217;zo davlatlar rahbarlari 2 yilda bir marta oliy darajada uchrashuv o&#8217;tkazadilar. EXHTning Istanbul shahrida bo&#8217;lgan sammitida (1999 yil 18-19 noyabr) Yevropada xavfsizlik va hamkorlikni mustahkamlashning 21-asrdagi yangi tamoyillari belgilandi. Tashkilotga a&#8217;zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari har yili uchrashib turadilar (Vazirlar kengashi). Tashkilotning yana bir organi \u2014 boshqaruvchi kengash har yili 3 marta Praga shahrida yig&#8217;iladi, bir marta iqtisodiy forum o&#8217;tkazadi. Muntazam ishlovchi doimiy kengashning majlislari haftada 1 marta bo&#8217;ladi. Xavfsizlik va ishonchni mustahkamlash, qurollanish ustidan nazorat masalalarini muhokama qiluvchi xavfsizlik bo&#8217;yicha hamkorlik forumi mavjud. Uning majlislari ham har qaftada o&#8217;tadi. EXHT qarorgohi Vena shahrida. O&#8217;zbekiston 1992 yil 30 yanvarda EXHTga qabul qilindi. Bu bilan O&#8217;zbekistonning Yevropa davlatlari, shuningdek, AQSh, Kanada bilan har tomonlama hamkorlik qilishiga yangi yo&#8217;l ochildi. EXHTning ko&#8217;plab tadbirlari orqali O&#8217;zbekiston rahbariyati xalqaro miqyosdagi tashabbuslarni, dunyoning dolzarb masalalariga munosabatini jahon ham-jamiyati e&#8217;tiboriga havola qiladi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov EXHTning Lissabon sammitida (1996 yil dekabr) mojarolar yuz berib turgan hududlarga yashirincha qurol-yarog&#8217; yetkazib berishni to&#8217;xtatish, Istanbul sammitida (1999 yil noyabr) terrorizmga qarshi kurash bo&#8217;yicha xalqaro markaz tuzish haqida taklif bilan chiqdi. O&#8217;zbekiston EXHT rahnamoligidagi ko&#8217;plab anjumanlarga mezbonlik qilib keladi. Toshkentda EXHTning Markaziy Osiyo davlatlari bilan aloqalar bo&#8217;yicha byurosi ish olib boradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI (EXHT) -davlatlar o&#8217;rtasida xavfsizlik va hamkorlikni ta&#8217;minlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga ko&#8217;maklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab umum &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yevropa-xavfsizlik-va-hamkorlik-tashkiloti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30070","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30070","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30070"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30070\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30074,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30070\/revisions\/30074"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30070"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30070"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30070"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}