{"id":3009,"date":"2021-10-06T13:46:15","date_gmt":"2021-10-06T10:46:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3009"},"modified":"2021-10-06T13:46:40","modified_gmt":"2021-10-06T10:46:40","slug":"qaysi-musiqa-asbobi-birinchi-yaratilgan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qaysi-musiqa-asbobi-birinchi-yaratilgan\/","title":{"rendered":"Qaysi musiqa asbobi birinchi yaratilgan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Bu xususda afsona mavjud, lekin u fantaziyadan o&#8217;zga bir narsa emas. Yunon asotiriyasi-mifologiyasiga ko&#8217;ra, birinchi musiqa asbobi \u2014 cho&#8217;pon nayini \u2014 iloh Pan yasagan. Kunlardan bir kuni u qirg&#8217;oqda hamish g&#8217;ishshasiga puflaydi va poya bo&#8217;ylab o&#8217;tgan nafasi hazin bir nola chiqarganini eshitadi. U poyalarni kalta-uzun qilib qirqadi, qo&#8217;shib bog&#8217;laydi, shunday qilib, Ilohning izmida birinchi musiqa asbobi paydo bo&#8217;ladi! Gapning nafsilambrini aytganda, biz ilk musiqa asbobini kim yasagani uyoqda tursin, uning nomi qandayligini-da zikr etolmaymiz, chunki barcha ibtidoiy olamlar, zotan, butun dunyoda u yoki bu musiqani yaratganlar. Bu odatda qandaydir diniy ahamiyatga molik musiqa bo&#8217;lgan va tomoshabinlar uning ishtirokchilariga aylanganlar. Odamlar raqsga tushishar, chapak chalishar va unga jo&#8217;r bo&#8217;lgancha qo&#8217;shiqlar kuylashar edilar. Bu amallar shunchaki huzur-halovat uchungina bajarilmagan. Ibtidoiy musiqa odamlar turmushining salmoqli qismini tashkil etardi. Iloh Pan va qamish haqidagi afsona odamzot qay yo&#8217;sinda shu qadar rang-barang musiqa asboblarini yasashga qodirlik darajasiga etishganini taxmin qilishimizga imkon beradi. U o&#8217;z musiqasini yaratish uchun tabiatdagi tovushlarga taqlid hilgan yoxud uning o&#8217;zini qurshagan tabiat ne&#8217;matlaridan foydalangan bo&#8217;lishi mumkin. Dastlabki musiqa asboblari urma musiqa asboblari bo&#8217;lgan (baraban xilida). Keyinchalik odamzot hayvonlarning mo&#8217;guzidan yasaladigan puflama musiqa asboblarini ixtiro qildi. Ushbu ibtidoiy puflama musiqa asboblaridan hozirgi mis puflama musiqa asboblari o&#8217;sib chiqqan. Odamzot o&#8217;zining musihani his va idrok etishini rivojlantirib borishga qarab qamishdan foydalana boshlaydi va shu tarzda birmuncha tabiiy va nozik sadolar hosil qiladi. Nihoyat, inson lira va Arfani ixtiro qiladi-da, kamonchali asboblarning dunyoga kelishiga yo&#8217;l ochib beradi. O&#8217;rta asrlarda salbbardorlar-salb yurishlari ishtirokchilari yurishlaridan mashriqzaminning bir talay g&#8217;aroyib musiqa asboblarini olib qaytadilar. O&#8217;sha zamonlardayoq Yevropada mavjud bo&#8217;lgan xalq musiqa asboblariga singdirilganidan so&#8217;ng ular hozirgi kunda musiqa hosil qilish uchun foydalanilayotgan ko&#8217;plab musiqa asboblari darajasiga takomillashdilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bu xususda afsona mavjud, lekin u fantaziyadan o&#8217;zga bir narsa emas. Yunon asotiriyasi-mifologiyasiga ko&#8217;ra, birinchi musiqa asbobi \u2014 cho&#8217;pon nayini \u2014 iloh Pan yasagan. Kunlardan bir kuni u qirg&#8217;oqda hamish &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/qaysi-musiqa-asbobi-birinchi-yaratilgan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3009","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3009","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3009"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3009\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3011,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3009\/revisions\/3011"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3009"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3009"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3009"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}