{"id":30163,"date":"2022-09-15T17:01:59","date_gmt":"2022-09-15T14:01:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30163"},"modified":"2022-09-15T17:02:00","modified_gmt":"2022-09-15T14:02:00","slug":"yer-kadastri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-kadastri\/","title":{"rendered":"YER KADASTRI"},"content":{"rendered":"\n<p>YER KADASTRI, davlat yer kadastri \u2014 yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xo&#8217;jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari o&#8217;rni, o&#8217;lchamlari, chegarasi va maydoni, ularning yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o&#8217;rtasidagi taqsimoti to&#8217;g&#8217;risidagi ma&#8217;lumotlar hamda xujjatlar majmui. Yer kadastri &#8220;Davlat yer kadastri to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi O&#8217;zbekiston Respublikasining qonuni (1998 yil 28 avgust) va ushbu qonunga oid me&#8217;yoriy hujjatlar, yo&#8217;riqnoma va uslubiy ko&#8217;rsatmalar asosida yer uchastkalariga bo&#8217;lgan huquqlarning kafolatlarini ta&#8217;minlash, yerlardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash va muhofaza qilish uchun kadastr ma&#8217;lumotlaridan foydalanishning huquqiy asoslarini belgilashga qaratilgan davlat tadbirlar tizimi hisoblanadi. Yer kadastriga doir axborotlarni bir tizimga solinishi ularni saqlash, tahlil qilish va yangilab turish ishlarini ham o&#8217;z ichiga oladi. Yer kadastrini yuritish quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: mamlakat yer fondinn to&#8217;la qamrab olish, fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo&#8217;llash, axborotlar ishlab chiqish metodining birligi va Yer kadastriga oid axborotlarning to&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;lishi. Yer kadastrini yuritish jarayoni quyidagilarni o&#8217;z ichiga oladi: aerokosmik suratga olish, topografiya \u2014 geodeziya, xaritagrafiya, tuproqshunoslik, agrokimyo, geobotanika, gidrogeologiya ga oid va boshqa izlanishlar va tadqiqotlarni o&#8217;tkazish, yerlarni mikdor va sifat jihatdan hisobga olish va baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo&#8217;lgan huquqlarini davlat ro&#8217;yxatiga olish; erlarni taqsimlash, ulardan foydalanishni nazorat qiluvchi davlat xizmat organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish; yerlarning holati, mavjudligi va ulardan foydalanish to&#8217;g&#8217;risidagi hisobotlarni tuzish; joriy (mavsumiy) tadqiqotlar, suratga olish, yer o&#8217;lchash ishlarini hamda yer monitoringi ma&#8217;lumotlaridan foydalangan holda Yer kadastriga oid axborotlar bankini yaratish va uni tartibga solib turish. Yer kadastri tumanda (shaharda) quyidagicha amalga oshiriladi: yer uchastkalariga bo&#8217;lgan huquqni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat ro&#8217;yxatiga olish; Yer kadastri maqsadlari uchun suratga olish; yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va yer uchastkalari mulkdorlaridan ma&#8217;lumotlar olish, ularni to&#8217;g&#8217;riligini tekshirish, Yer kadastriga oid hujjatlarga joriy o&#8217;zgartirishlar kiritish. Yer kadastrini yuritish jarayonida har yilning 1 yanvariga yer resurslarining holati to&#8217;g&#8217;risidagi milliy hisobot tuziladi. Rivojlangan davlatlarda ham Yer kadastri yuritiladi. Uning ma&#8217;lumotlaridan yer egalariga soliq solish, yerdan foydalanish bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan tijorat ishlarini tartibga solish, yer bo&#8217;yicha bitishuv va nizolarni hal etish, yerni garovga qo&#8217;yish va boshqalarda foydalaniladi. O&#8217;zbekiston Respublikasida yer uchastkalariga bulgan huquqlarni davlat ro&#8217;yxatiga olish va yerlarni miqdoriy va sifatini hisobga olish yer resurslari davlat qo&#8217;mitasi tomonidan qabul qilingan nizomlar va me&#8217;yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Yer kadastrini yuritish O&#8217;zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo&#8217;mitasining yer resurslari bo&#8217;yicha tuman xizmatlari tomonidan, shahar va shaharchalarda esa O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, xaritagrafiya va davlat kadastri bosh boshqarmasining ko&#8217;chmas mulk davlat kadastri tuman va shaxar xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Qosimjon Rahmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YER KADASTRI, davlat yer kadastri \u2014 yagona davlat kadastrlari tizimining asosiy tarkibiy qismi, yer resursining tabiiy, xo&#8217;jalik, huquqiy rejimi, toifalari, sifat xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalari o&#8217;rni, o&#8217;lchamlari, chegarasi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-kadastri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30163","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30163","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30163"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30163\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30167,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30163\/revisions\/30167"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30163"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30163"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30163"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}