{"id":30166,"date":"2022-09-15T17:02:51","date_gmt":"2022-09-15T14:02:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30166"},"modified":"2022-09-15T17:02:53","modified_gmt":"2022-09-15T14:02:53","slug":"yer-kodeksi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-kodeksi\/","title":{"rendered":"YER KODEKSI"},"content":{"rendered":"\n<p>YER KODEKSI \u2014 yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui. 20-asrga qadar hozirgi O&#8217;zbekiston hududida mazkur munosabatlar shariat ko&#8217;rsatmalari asosida olib borilgan. O&#8217;zbekistonda birinchi marta Yer kodeksi 1927 yilda qabul qilingan, 1929 yilda esa Yer kodeksi o&#8217;rniga yer-suv kodeksi qabul qilingan. Bu hujjat 1970 yil 25 sentabrda yangi Yer kodeksi qabul qilinguniga qadar amalda bo&#8217;ldi. 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan O&#8217;zbekiston Respublikasining &#8220;Yer to&#8217;g&#8217;risida&#8221;gi yangi qonuni 1991 yil 1 yanvardan amalga kiritildi. O&#8217;zbekiston Respublikasida yer resurslaridan oqilona foydalanishni ta&#8217;minlash, yerga doir huquqiy munosabatlarni takomillashtirish maqsadida 1998 yil 30 aprelda O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O&#8217;zbekiston Respublikasining Yer kodeksini tasdiqladi (1998 yil 1 iyuldan amalga kiritildi). O&#8217;zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 91 moddani o&#8217;z ichiga oladigan 14 bobdan iborat. Yer kodeksi va yer to&#8217;g&#8217;risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko&#8217;zlab, yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muhitni asrash va yaxshilashni, xo&#8217;jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquklilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, yuridik va jismoniy shaxslarning er uchastkalariga bo&#8217;lgan huquqlarini himoya qilishni ta&#8217;minlash masqadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat. Yer umummilliy boylik bo&#8217;lgani sababli undan oqilona foydalanish talab etiladi va yer davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Qosimjon Rahmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YER KODEKSI \u2014 yerdan foydalanish munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar majmui. 20-asrga qadar hozirgi O&#8217;zbekiston hududida mazkur munosabatlar shariat ko&#8217;rsatmalari asosida olib borilgan. O&#8217;zbekistonda birinchi marta Yer kodeksi 1927 yilda qabul &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-kodeksi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30166","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30166","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30166"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30166\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30170,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30166\/revisions\/30170"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30166"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30166"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30166"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}