{"id":30207,"date":"2022-09-16T09:56:55","date_gmt":"2022-09-16T06:56:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30207"},"modified":"2022-09-16T09:56:56","modified_gmt":"2022-09-16T06:56:56","slug":"yettishahar-uygur-davlati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yettishahar-uygur-davlati\/","title":{"rendered":"YETTISHAHAR UYG&#8217;UR DAVLATI"},"content":{"rendered":"\n<p>YETTISHAHAR UYG&#8217;UR DAVLATI &#8211; Xitoydagi manjur imperiyasiga qarshi milliy ozodlik kurashi davrida Sharqiy Turkistonda vujudga kelgan davlat (1864-78). Uning hududi hozirgi Shinjong Uyg&#8217;ur Muxtor O&#8217;lkasining Qulja (Ili sultonligi), Oltoy, Chuguchak viloyatlaridan tashqari 7 shaharni (Qashqar, Yorkent, Xo&#8217;tan, Kuchar, Oqsu, Qorashahar, Turfan) o&#8217;z ichiga olganligidan mazkur mamlakat Yettishahar uyg\u2019ur davlati deb nomlangan. 1864 yil mustaqillik uchun manjur imperiyasiga qarshi xalq qo&#8217;zg&#8217;olonlari boshlanib ketgan. Qashqarda Siddiqbek boshchiligidagi qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Qo&#8217;qon xonligilan Yorkent xonligining taxt vorislaridan birini yuborishni so&#8217;raydi. Alimqul sobiq Yorkent xoni Burqoniddin Xojaning nabirasi Jahongir Xojaning o&#8217;g&#8217;li Buzruk Xojani va unga Yoqubbek qushbegini harbiy maslahatchi qilib tayinlab, 50 ga yaqin odamni Qashqarga jo&#8217;natadi. Buzruk Xoja 1865 yil yanvarda Qashqarga yetib kelishi bilan o&#8217;zini xon deb e&#8217;lon qiladi. Ammo Buzruk Xojaning qobiliyatsizligidan foydalanib, asta-sekin hokimiyatni o&#8217;z qo&#8217;liga oladi. U boshda Buzruk Xoja nomidan ish yuritib, Yorkent, Xo&#8217;tan, Kuchar xonliklarini birlashtiradi. 1870 yil Urumchi xonligi qo&#8217;shilib, Yettishahar uyg\u2019ur davlati yana ham kengayadi. Mustaqillikka erishgandan so&#8217;ng mazkur davlatda xalqlarning iqtisodiy ahvoli yuksalib, savdo-tijorat rivojlandi. Eski tarixiy obidalar ta&#8217;mirlanib, yangi binolar, karvonsaroylar, harbiy inshootlar quriladi. 1877 yil Urumchi viloyatini egallagan manjurlar katta qo&#8217;shin bilan urush boshlaydi. Yoqubbek ruslarning orqa tomondan hujum qilib qolishidan tashvishlanib bir qism kuchni Qashqar atrofida qoldirib, Qorashaharga kelib, qo&#8217;shinga qo&#8217;mondonlik qiladi. Ammo u ko&#8217;p o&#8217;tmasdan xoinlar tomonidan zahar berib o&#8217;ldiriladi. Yoqubbekning katta o&#8217;g&#8217;li Bekqulibek xoin Niyozbek qo&#8217;shinlarini tor-mor qilib, Hokimxon to&#8217;ra qo&#8217;shinlariga zarba bergan bo&#8217;lsada, manjurlarni butunlay yengolmaydi. 1878 yil Yettishahar uyg\u2019ur davlati tugatiladi. Ad.: Xodjaev A., Tsinskaya imperiya, Djungariya i Vostochniy Turkestan, M., 1979; Isiev D. A., Uygurskoe gosudarstvo Yettishar, M., 1981. Abduxoliq Aytboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YETTISHAHAR UYG&#8217;UR DAVLATI &#8211; Xitoydagi manjur imperiyasiga qarshi milliy ozodlik kurashi davrida Sharqiy Turkistonda vujudga kelgan davlat (1864-78). Uning hududi hozirgi Shinjong Uyg&#8217;ur Muxtor O&#8217;lkasining Qulja (Ili sultonligi), Oltoy, Chuguchak &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yettishahar-uygur-davlati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30207","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30207","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30207"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30207\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30213,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30207\/revisions\/30213"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30207"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30207"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30207"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}