{"id":3022,"date":"2021-10-06T18:14:22","date_gmt":"2021-10-06T15:14:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3022"},"modified":"2021-10-06T18:14:23","modified_gmt":"2021-10-06T15:14:23","slug":"musiqa-asboblari-ichida-eng-kattasi-qaysi-biri","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/musiqa-asboblari-ichida-eng-kattasi-qaysi-biri\/","title":{"rendered":"Musiqa asboblari ichida eng kattasi qaysi biri?"},"content":{"rendered":"\n<p>Musiqa asboblari ichida eng kattasi, albatta, organdir. Uni chalish fortepyanoni chalishga juda o&#8217;xshash, ovoz xuddi undagidek tugmachalarni bosish tarikasida hosil qilinadi. Biroq, fortepyanodan farqli o&#8217;laroq organ torli emas, balki puflama cholg&#8217;u asbobidir va tugmali cholg\u2019u asboblariga emas, basharti oddiygina, jajji nayga \u2014 Misrda 6 000 yildan ortiqroq muqaddam paydo bo&#8217;lgan qadimiy puflama cholg\u2019u asbobiga qarindosh bo&#8217;ladi. Hali murakkab musiqa asboblari mavjud bo&#8217;lmagan qadim-qadim zamonlarda turli kattalikdagi bir necha qamish hushtaklarni bir joyga birlashtira boshladilar. Bu cholg\u2019u asbobi yunon asotirlarida Pan nayi sifatida zikr etiladi. Pan \u2014 o&#8217;rmonlar va chakalakzorlar ilohi. Rivoyatlarda naql qilinishicha, kunlardan bir kun daryo yoqasida o&#8217;tirgan Pan qamishga puflaydi va u orqali o&#8217;tayotgan nafasi ohangdor sado chiqarayotganini payhab qoladi. Shunda iloh Pan har xil uzunlikdagi bir necha hamishlarni sindirib oladi, ularni birga bog&#8217;laydi va shunday qilib ajoyib musiqa hosil bo&#8217;ladi. Bitta nayni chalish oson edi, chunki havo kam talab qilinardi. Birvarakayiga bir nechtasida kuy chalish esa qiyin \u2014 nafas yetishmasdi. Shu bois ajdodlarimiz inson nafasi o&#8217;rnini bosa oladigan mexanizmni izlay boshladi. Havoni qizdiradigan damlar ana shunda yarab qoldi. Shu tarzda, organ vujudga keldi. Asrlar kechaverdi \u2014 u ham takomillashib boraverdi. Ijro pulti yoki stol, bir-birining ustiga joylashgan bir necha tugmauyalar klaviaturalar, ulkan tugmalar \u2014 oyoqlar uchun pedallar paydo bo&#8217;ldi. Klaviaturalar ustida knopkalar yasadilar. Har bir klaviaturaga bir necha o&#8217;nlab va hatto yuzlab bir xil balandlikdagi, lekin har xil tembrda ovoz chiqaradigan quvurlar mos keladigan bo&#8217;ldi. Ularni registr qalamchasi bilan qo\u2019shish va ajratish mumkindir, shunda kompozitor va ijrochining xohishiga ko&#8217;ra organ ovoz gohi naynikiga, gohida surnaynikiga yoxud boshqa cholg&#8217;u asboblarinikiga o&#8217;xshab chiqa boshlaydi; u hattoki qushlarning sayrog&#8217;iga tahlid qila olishi mumkin. Organ, Rossiyada dunyoviy musiqa asbobi edi, chunki pravoslav kalisolarida katoliklarnikidan farqli o&#8217;laroq uni hech qachon o&#8217;rnatishmagan. Hozirda organ musiqasini konservatoriyada tinglash mumkin. Ba&#8217;zida organ simfoniya yoki oratoriyaga kiritiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Musiqa asboblari ichida eng kattasi, albatta, organdir. Uni chalish fortepyanoni chalishga juda o&#8217;xshash, ovoz xuddi undagidek tugmachalarni bosish tarikasida hosil qilinadi. Biroq, fortepyanodan farqli o&#8217;laroq organ torli emas, balki puflama &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/musiqa-asboblari-ichida-eng-kattasi-qaysi-biri\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3022","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3022","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3022"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3022\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3023,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3022\/revisions\/3023"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3022"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3022"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3022"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}