{"id":30243,"date":"2022-09-16T12:24:23","date_gmt":"2022-09-16T09:24:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30243"},"modified":"2022-09-16T12:24:24","modified_gmt":"2022-09-16T09:24:24","slug":"yer-osti-suvlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-osti-suvlari\/","title":{"rendered":"YER OSTI SUVLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>YER OSTI SUVLARI &#8211; yer po&#8217;stining yuqori qismidagi tog&#8217;jinslari qatlamlarining g&#8217;ovak bo&#8217;shlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bug&#8217;simon holatdagi suvlar. Yer osti suvlari umumiy suv resurslarinkt bir qismi bo&#8217;lib, suv ta&#8217;minoti va sug&#8217;orish manbai sifatida xalq xo&#8217;jaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sug&#8217;oriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Yer osti suvlarini gidrogeologiya fani o&#8217;rganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bog&#8217;langan hamda og&#8217;irlik kuchi yoki bosim farqi ta&#8217;sirida harakatda bo&#8217;ladigan gravitasion yoki erkin holatda bo&#8217;lishi mumkin. Bog&#8217;lanmagan suv bilan to&#8217;yingan tog&#8217;jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komplekslarni hosil qiladi. Yer osti suvlari suv saqlovchi jinslarda tuplanish xarakteriga ko&#8217;ra g&#8217;ovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) \u2014 qattiq jinslarda va karst (g&#8217;or) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga bo&#8217;linadi. Joylashish sharoitiga ko&#8217;ra Yer osti suvlari tuproq suvi, mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aerasiya zonasidagi suv saqlovchi qatlamlar ustida yog&#8217;inlar yoki sug&#8217;orish suvlarining shimilishidan hosil bo&#8217;ladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv o&#8217;tkazmaydigan qatlam ustida to&#8217;planadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv o&#8217;tkazmaydigan qatlamlar o&#8217;rtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga bo&#8217;linadi. Kelib chiqishiga ko&#8217;ra Yer osti suvlari atmosfera yog&#8217;inlari, Daryo va sug&#8217;orish suvlarining shimilishi natijasida hosil bo&#8217;luvchi infiltrasion; tog&#8217; jinslari qatlamlarida suv bug&#8217;larining quyuqlashuvidan hosil bo&#8217;luvchi kondensasion; cho&#8217;kindi tog&#8217;jinslari paydo bo&#8217;lish jarayonida dengiz suvlarining ko&#8217;milib qolishi natijasida hosil bo&#8217;lgan sedimentasion va magma soviganda yoki yer mantiyasidan chiqadigan yuvinil suvlariga bo&#8217;linadi. Yer osti suvlarining yer yuziga tabiiy chiqishi buloq (chashma) deyiladi va oqib chiquvchi va qaynab chiquvchi (qaynar buloq)larga bo&#8217;linadi. Yer osti suvlari tabiiy eritmalar bo&#8217;lib, tarkibida deyarli barcha ma&#8217;lum kimyoviy elementlar uchraydi. Minerallashuvi (suvda erigan moddalarning umumiy miqdori, gramm\/litr) bo&#8217;yicha Yer osti suvlari chuchuk (1,0 gacha), sho&#8217;rtam (1,0\u201410,0), sho&#8217;r (10,0\u2014 50,0) va namakob (50 dan ko&#8217;p) turlariga bo&#8217;linadi. Harorati bo&#8217;yicha esa sovigan (4\u00b0 gacha), sovuq (4-20\u00b0), iliq (20-37\u00b0), issiq (37-42\u00b0), qaynoq (42-100\u00b0) va o&#8217;ta qaynoq (100\u00b0 dan yuqori) Yer osti suvlariga bo&#8217;linadi. Infiltrasion suv tabiatda keng tarqalgan, qolganlari sof holda juda kam uchraydi. Aholi, sanoat va yaylovlarni suv bilan ta&#8217;minlashda, yerlarni sug&#8217;orishda, tibbiyotda (mineral suvlar), issiqlik bilan ta&#8217;minlashda (issiq suvlar), har xil tuz va kimyoviy elementlar (yod, bor, brom va boshqalar) olishda Yer osti suvlaridan foydalaniladi. Yer osti suvlari yerlarning botqoqlanishi va sho&#8217;rlanishiga sabab bo&#8217;ladi. Bunga qarshi kurashish uchun ochiq va yopiq gorizontam drenajlar va burg&#8217;i quduqlari kavlanadi. Cho&#8217;llarda Yer osti suvlaridan keng foydalanildi. Qoraqum, Qizilqum va Ustyurt yaylovlari asosan Yer osti suvlari bilan ta&#8217;minlangan. O\u2019rta Osiyo hududida 150 dan ortiq yirik Yer osti suvlari konlari anikdangan. Ularning har yili tiklanib turadigan ekspluatasion zaxirasi 1500 metr kub\/sekunddan ortiq, chuchuk suvlar hissasi 1000 metr kub\/sekund yaqin, qolgan qismi esa turli darajada (2-3 dan 15 gramm\/litrgacha) minerallashgan. O&#8217;rta Osiyoda 40 mingdan ortiq foydalaniladigan burg&#8217;i quduqlari mavjud, ulardan 5 mingga yaqini suvi otilib chiqadigan artezian quduqlaridir; ularning ko&#8217;pchiligidan ekinlarni sug&#8217;orishda foydalaniladi. Ad.: Mavlonov G&#8217;. O., Kenesarin N. A., Er osti suv xazinasi, T., 1960; Kenesarin N. A., Sultonxo&#8217;jaev A. N., Er osti suvlari va ulardan xalq xo&#8217;jaligida foydalanish, T., 1962; Mirzaev S. Sh.,Formirovanie i razmetshenie zapasov podzemnix VOD O&#8217;zbekistona [Voprosi metodiki IX izucheniya i problemi xozyaystvennogo ispolzovaniya], T., 1974; Hasanov A., Sharipov E., Er osti suvlari sirli xazina, T., 1970. Saidrahmon Mirzaev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YER OSTI SUVLARI &#8211; yer po&#8217;stining yuqori qismidagi tog&#8217;jinslari qatlamlarining g&#8217;ovak bo&#8217;shlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bug&#8217;simon holatdagi suvlar. Yer osti suvlari umumiy suv resurslarinkt bir qismi bo&#8217;lib, suv ta&#8217;minoti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-osti-suvlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30243","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30243","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30243"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30243\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30247,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30243\/revisions\/30247"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30243"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30243"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30243"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}