{"id":30248,"date":"2022-09-16T12:30:19","date_gmt":"2022-09-16T09:30:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30248"},"modified":"2022-09-16T12:30:20","modified_gmt":"2022-09-16T09:30:20","slug":"yer-posti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-posti\/","title":{"rendered":"YER PO&#8217;STI"},"content":{"rendered":"\n<p>YER PO&#8217;STI \u2014 yerning tashqi qattiq qobig&#8217;i, geosferalardan biri, litosferaning yuqori qismi. Yer po&#8217;stining pastki chegarasi bo&#8217;ylama va ko&#8217;ndalang seysmik to&#8217;lqinlar tezligi birdaniga o&#8217;zgaradigan (6,7\u20147,6 kilometr\/sekunddan 7,9\u2014 8,2 kilometr\/sekundgacha) yuza \u2014 Moxorovichich yuzasidan o&#8217;tadi. Shu yuza bilan Yer po&#8217;sti mantiyadan ajraladi. Yer po&#8217;stining quruqlik va okeandagi turlari farq qilinadi. Quruqlikda Yer po&#8217;stining qalinligi tekisliklarda 35-45 kilometr, tog&#8217;liklarda 50\u2014 75 kilometrgacha. Okean osti Yer po&#8217;stiniki 5-10 kilometr. Quruqlikda Yer po&#8217;sti uch qatlam: yuqoridagi cho&#8217;kindi (qalinligi 15-20 kilometrgacha), o&#8217;rtadagi shartli ravishda &#8220;granit&#8221; (10-20 kilometr), pastdagi &#8220;bazalt&#8221; (o&#8217;rtacha 15-20 kilometr) dan tashkil topgan. Okean osti Yer po&#8217;stida &#8220;granit&#8221; qatlami yo&#8217;q, cho&#8217;kindi qatlami ham yupqa. Quruqlikda Yer po&#8217;stining yuqori qatlami cho&#8217;kindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan bo&#8217;lib, ko&#8217;pincha burmalangan, uzilmalar bilan uzilgan va surilgan. &#8220;Granit&#8221; qatlam granit va gneyslardan, &#8220;bazalt&#8221; esa bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat. Okean osti Yer po&#8217;sti 3 qatlamdan: birinchisi zichlanmagan dengiz cho&#8217;kindilari (1 kilometrgacha), uning ostidagisi zichlangan cho&#8217;kindilar (1-2 kilometr), uchinchisi quyi okean bazalt qatlami (4-8 kilometr) gabbrodan tashkil topgan, degan taxminlar bor. Okeandan quruklikka o&#8217;tadigan joyda oraliq (subkontinental yoki sub&#8217;okean) Yer po&#8217;sti (8-25 kilometr) joylashgan. Yer po&#8217;stida muntazam tektonik harakatlar bo&#8217;lib turadi. Shunga binoan Yer po&#8217;sti harakatchan (burmalangan mintaqalar) va nisbatan tinchigan oblastlar \u2014 platformalarga bo&#8217;lingan. Yer po&#8217;stining yoshi 3,5\u20144,5 milliard yilga teng. Yer po&#8217;stining rivojlanishi yer qa&#8217;ridagi fizik-kimyoviy jarayonlarga bog&#8217;liq bo&#8217;lsa kerak deb faraz qilinadi. Yer po&#8217;sti izostaziya (muvozanat) holatiga yaqin: ya&#8217;ni Yer po&#8217;stining qandaydir uchastkasi ogirroq yoki qalinroq, zichroq bo&#8217;lsa, u substratga chuqurroq cho&#8217;kkan bo&#8217;ladi. Tektonik kuchlar Yer po&#8217;stining izostaziya holatini buzib yuboradi, ammo tektonik kuchlar susayganda Yer po&#8217;sti yana kaytadan muvozanat holiga qaytadi. Yer po&#8217;stining geologik tuzilishini o&#8217;rganish foydali qazilmalarni qidirishda muhim rol o&#8217;ynaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YER PO&#8217;STI \u2014 yerning tashqi qattiq qobig&#8217;i, geosferalardan biri, litosferaning yuqori qismi. Yer po&#8217;stining pastki chegarasi bo&#8217;ylama va ko&#8217;ndalang seysmik to&#8217;lqinlar tezligi birdaniga o&#8217;zgaradigan (6,7\u20147,6 kilometr\/sekunddan 7,9\u2014 8,2 kilometr\/sekundgacha) yuza &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-posti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30248","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30248","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30248"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30248\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30249,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30248\/revisions\/30249"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30248"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30248"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30248"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}