{"id":30260,"date":"2022-09-16T13:53:45","date_gmt":"2022-09-16T10:53:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30260"},"modified":"2022-09-16T13:53:47","modified_gmt":"2022-09-16T10:53:47","slug":"yer-soligi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-soligi\/","title":{"rendered":"YER SOLIG&#8217;I"},"content":{"rendered":"\n<p>YER SOLIG&#8217;I \u2014 yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy to&#8217;lanadigan soliq turi. Iqtisodiy mohiyati bo&#8217;yicha yer rentasini ifoda etadi. Yerga mulkchilikning paydo bo&#8217;lishi bilan yuzaga kelgan. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda davlat mulki hisoblanadigan yerdan foydalanganlik va fuqarolar mulk yerlari uchun davlat byudjetiga to&#8217;lanadi. Yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlarida, milodiy 3-asrdan Sosoniylar davlatida joriy qilingan. Keyingi asrlarda zakot, xiroj, o&#8217;lpon, tanob, ushr va boshqa nomlar bilan yuritilgan. Musulmon mamlakatlarida yer maydoni birligidan pulda yoki yer sifati hamda suv bilan ta&#8217;minlanish darajasiga qarab hosilning 1\/4, 1\/3, \u00bd qismi hajmida undirilgan. O&#8217;rta Osiyoda 8-asr boshida arablar tomonidan joriy qilingan. Hozirgi O&#8217;zbekiston hududida 19-asr boshlaridagi xonliklarda Yer solig&#8217;i asosan pul shaklida olingan. Masalan, Buxoro amirligida Amir ixtiyorida mulk yerlari bo&#8217;lgan davlat (podsholik) yerlari amlok yerlar deb atalgan, unga ekin ekkan dehqonlar Yer solig&#8217;i \u2014 xiroj to&#8217;laganlar. Yer solig&#8217;ini yig&#8217;uvchi amlokdor deb atalgan. Xonlardan hadyaga olingan tanho yer egalari davlatga Yer solig&#8217;i to&#8217;lashdan ozod bo&#8217;lgan. O&#8217;zbekiston Respublikasida Yer solig&#8217;ini o&#8217;z mulkida, egaligida va foydalanishida yer uchastkalari bo&#8217;lgan yuridik va jismoniy shaxslar to&#8217;laydilar. Yer solig&#8217;iga doir munosabatlar O&#8217;zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga hamda O&#8217;zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo&#8217;mitasi tomonidan tasdiqlangan yo&#8217;riqnomaga muvofiq tartibga solinadi. Yer solig&#8217;ining stavkalari yer uchastkasining qaysi mintaqada joylashgani, sifati va suv bilan ta&#8217;minlanishi hisobga olingan holda ishlab chiqiladi va O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har yili inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, yer uchastkasining birligiga (ga, m2) so&#8217;m hisobida tasdiqlanadi. Noqishloq xo&#8217;jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari uchun ularning qayerda joylashganligi, shahar va shaharchalarda hamda ularning hududlarida infratuzilmalarning rivojlanganiga qarab bo&#8217;lingan mintaqalar bo&#8217;yicha har xil stavkalar belgilanadi. Qishloq joylari uchun Yer solig&#8217;i stavkalari sug&#8217;oriladigan va lalmi-yaylov mintaqalari bo&#8217;yicha alohida belgilanadi. Qishloq xo&#8217;jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari barcha soliqlar o&#8217;rniga (alkogol mahsulotlariga to&#8217;lanadigan aktsiz solig&#8217;idan tashqari) yagona Yer solig&#8217;i to&#8217;laydilar. Qishloq xo&#8217;jalik korxonalarida yer asosiy vosita va yerlarning sifati alohida ahamiyatga ega ekanligini hamda dehqonchilikning rivojlanish darajasini hisobga olib, sug&#8217;oriladigan yerlar bonitet ballaridan kelib chiqib, 10 sinfga bo&#8217;lingan. Yer solig&#8217;ini hisoblashda bazaviy stavkalarga hukumat tomonidan tasdiqlangan ko&#8217;paytirish koeffitsientlari qo&#8217;llaniladi. Har bir tuman bo&#8217;yicha sug&#8217;oriladigan eng past sifatli yerlarga alohida bazaviy stavkalar belgilangan. Masalan, yagona yer solig&#8217;i to&#8217;laydigan tovar ishlab chiqaruvchilar uchun sug&#8217;oriladigan yerlarda 1-sinfga mansub 1 gektar uchun soliqning bazaviy stavkasi Parkent tumanida 986,4 so&#8217;m, Zangiota tumanida 1487,5 so&#8217;m, Mo&#8217;ynoq tumanida 668 so&#8217;m qilib belgilangan. Yer solig&#8217;ini hisoblashda shu tumanlarda bazaviy stavkalar 5-sinfga kiradigan yerlarga 4,57, 6-sinfga kiradigan yerlarga 6,54, 10-sinfga kiradigan yerlarga 17,5 koeffitsientlariga ko&#8217;paytiriladi (2002). Sug&#8217;orilmaydigan lalmi va yaylov yerlari yog&#8217;ingarchilik bilan ta&#8217;minlanganligini hisobga olgan holda tekislik, adir, tog&#8217; va tog&#8217;oldi mintaqalariga bo&#8217;linadi. Lalmi (masalan, Toshkent viloyatida 1,19\u2014 1,67 koeffitsientlari bilan har gektar uchun 84,4 so&#8217;mdan 167,5 so&#8217;mgacha) va yaylov yerlarga (cho&#8217;l zonalari uchun 16-30 so&#8217;m, 1,51\u20142,05 koeffitsientlari bilan adir va tog&#8217;oldi zonalari uchun 25-34,2 so&#8217;m) ham alohida soliq stavkalari bor. Qishloq xo&#8217;jaligi korxonalari imoratlar egallagan (Toshkent viloyatida bazaviy stavka 13285,6 so&#8217;m, koeffisienta 20,44), zovurlar, yo&#8217;llar (24,4 so&#8217;m\/gektar) bilan band bo&#8217;lgan va boshqa foydalanilmaydigan yerlari uchun ham Yer solig&#8217;ini to&#8217;laydilar. Aholini ijtimoiy jihatdan qo&#8217;llab-quvvatlash maqsadida jismoniy shaxslarga yer uchastkalarining joylashgan joyiga qarab Yer solig&#8217;i stavkalari 10-25 karra kam belgilanadi. Korxonalarning rivojlanishini rag&#8217;batlantirish va aholini ijtimoiy jihatdan qo&#8217;llab-quvvatlash maqsadida ularning ayrim guruhlariga davlat tomonidan Yer solig&#8217;i bo&#8217;yicha imtiyozlar berilgan. Yuridik va jismoniy shaxslar Yer solig&#8217;ini qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda mahalliy byudjetga to&#8217;laydilar. Arzit Latipov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YER SOLIG&#8217;I \u2014 yerdan foydalanganlik uchun davlatga majburiy to&#8217;lanadigan soliq turi. Iqtisodiy mohiyati bo&#8217;yicha yer rentasini ifoda etadi. Yerga mulkchilikning paydo bo&#8217;lishi bilan yuzaga kelgan. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda davlat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-soligi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30260","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30260","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30260"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30260\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30264,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30260\/revisions\/30264"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30260"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30260"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30260"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}