{"id":30270,"date":"2022-09-16T14:17:34","date_gmt":"2022-09-16T11:17:34","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30270"},"modified":"2022-09-16T14:17:35","modified_gmt":"2022-09-16T11:17:35","slug":"yerning-suv-balansi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yerning-suv-balansi\/","title":{"rendered":"YERNING SUV BALANSI"},"content":{"rendered":"\n<p>YERNING SUV BALANSI \u2013 muayyan vaqt ichida yer yuzasiga yog&#8217;in ko&#8217;rinishida tushadigan suv miqdori bilan quruqlik va Dunyo okeani yuzasidan bug&#8217;lanadigan suv miqdorining nisbati. Ya&#8217;ni yerda suv aylanishining sonli ifodasi. U suv balansi tenglamalari ko&#8217;rinishida aks ettiriladi. Bunda suv kirim va chiqimining suyuq, bug&#8217;li va qattiq (muz) holatidagi barcha shakllari tavsiflanadi. Gidrosferadagi 1,4\u2014109 kilometr kub umumiy suv massasining (V. I. Vernadskiy bo&#8217;yicha) tabiatdagi suv aylanishida yil davomida 518600 kilometr kub suv qatnashadi va yerga tushadigan suv (atmosfera yog&#8217;inlari) bilan undan sarf bo&#8217;ladigan (bug&#8217;lanish, oqim) suv miqdori deyarli teng bo&#8217;ladi. Bu tenglik (balans) yer va uning ayrim qismlari dunyo okeani, chekka oqimli hudud, ichki oqimi bor hudud uchun suv balansi tenglamalari ko&#8217;rinishida bo&#8217;ladi. Tenglamalarda kirim qismi elementlari sifatida dunyo okeani yuzasiga (xo), quruqlikning chekka oqimli hududiga (Xz), quruqlikning ichki oqimli (berk) hududiga (Xi) va ularning yig&#8217;indisi sifatida butun yer sirtiga (xer) yog&#8217;adigan yillik yog&#8217;in miqdorlarini hisobga olish zarur. Shularga mos ravishda dunyo okeani yuzasidan (Zo), quruqlikning ichki (berk) oqimli xududidan (Zv) va ularning yig&#8217;indisi \u2014 yer kurrasi yuzasidan (ZEP) bo&#8217;ladigan yillik bug&#8217;lanish miqdorlari tenglamalarning chiqim qismini tashkil etadi. Suv balansi tenglamalarida quruqlikdan dunyo okeaniga yoki u bilan tutash bo&#8217;lgan dengizlarga daryolar oqizib keltiradigan yillik oqim miqdori (Yr) ham hisobga olinadi. Kirim va chiqim qismlarining qabul qilingan belgilariga asosan suv balansi tenglamalari dastlab yer sirtining ayrim qismlari uchun tuziladi: a) dunyo okeani uchun quyidagicha ifodalanadi: ZO=XO+YZ; b) chekka oqimli hudud uchun: v) ichki oqimli hudud uchun esa: Zu=Xu ko&#8217;rinishida yoziladi. Yuqoridagi tenglamalarning yig&#8217;indisi butun yer uchun suv muvozanatini ifodalaydi: Z0+Zz+Zu=X0+Xz+Xu Oxirgi ifoda yer sirtiga tushadigan yog&#8217;in miqdori (xer) undan bo&#8217;ladigan bug&#8217;lanish (ZEP)ra tengligini ko&#8217;rsatadi. Olimlarning hisobiga ko&#8217;ra, yer yuzasiga har yili o&#8217;rtacha 577 ming kilometr kub yoki 1130 millimetr yog&#8217;in tushsa, xuddi shuncha miqdordagi suv bug&#8217;lanadi. Daryo, ko&#8217;l va yer osti suvlaridan sug&#8217;orish, aholi va sanoatni suv bilan ta&#8217;minlashda foydalanilishi Yerning suv balansi elementlari nisbatini o&#8217;zgartiradi. Agrotexnik va agroo&#8217;rmon meliorativ tadbirlar tuproqning infiltrasion xususiyatlarini oshiradi. Bu esa o&#8217;z navbatida dalalardan kelgan suvlarning yuza oqimini kamaytiradi, tuproq nami, uning bug&#8217;lanishi va transpirasiyasini oshiradi hamda grunt suvlari hajmini bir oz ko&#8217;payishiga sabab bo&#8217;ladi. Shaharlar rivojlanishi, sanoat korxonalari va yo&#8217;llar qurilishi tuproqning infiltrasiya xususiyatlarini kamaytiradi, yuza oqimini ko&#8217;paytirib yer osti suvlarning oziqlanishni zaiflashtiradi. Grunt suvlarining miqdori meliorativ tadbirlar, shaxta va karyerlardan yer osti suvlarini so&#8217;rib olish natijasida ancha o&#8217;zgaradi. Yerning suv balansini tashkil qiluvchi hisoblar suv rejimini o&#8217;rganish uchun gidrologiya va meteorologiyada keng qo&#8217;llaniladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YERNING SUV BALANSI \u2013 muayyan vaqt ichida yer yuzasiga yog&#8217;in ko&#8217;rinishida tushadigan suv miqdori bilan quruqlik va Dunyo okeani yuzasidan bug&#8217;lanadigan suv miqdorining nisbati. Ya&#8217;ni yerda suv aylanishining sonli ifodasi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yerning-suv-balansi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30270","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30270","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30270"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30270\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30274,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30270\/revisions\/30274"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30270"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30270"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30270"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}