{"id":30286,"date":"2022-09-16T15:18:10","date_gmt":"2022-09-16T12:18:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30286"},"modified":"2022-09-16T15:18:11","modified_gmt":"2022-09-16T12:18:11","slug":"yer-shorini-yuvish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-shorini-yuvish\/","title":{"rendered":"YER SHO&#8217;RINI YUVISH"},"content":{"rendered":"\n<p>YER SHO&#8217;RINI YUVISH, sho&#8217;r yuvish, sho&#8217;rlangan tuproqlarni yuvish\u2014 tuproqdagi o&#8217;simlik uchun zararli tuzlarni eritib, tuproq-grunt O&#8217;zbekiston Respublikasi yer fondining toifalar bo&#8217;yicha taqsimoti (2001 yil 1 yanvar, ming gektar)ning yuqori qatlamlaridan quyiga va so&#8217;ng sho&#8217;ri yuviladigan maydon tashqarisiga chiqarib yuborish; melioratsiya tadbirlaridan biri. O&#8217;zbekistoida sho&#8217;r va sho&#8217;rlanishga duchor bo&#8217;lgan yerlarni suv bilan yuvib o&#8217;zlashtirishni birinchi marta A. Middendorf, keyinchalik V. V. Dokuchaev, M.M. Bushuev, N. A. Dimo nazariy asoslab berdilar. Sho&#8217;ri yuviladigan maydon yuzasiga berilgan suvda tuproq zarrachalaridagi tuz kristallari eriydi. Hosil bo&#8217;lgan eritmani shimilishda davom etayotgan suv o&#8217;z harakati bilan tuproqning pastki qatlamlariga olib tushadi va shunday qilib, tuproqning o&#8217;simlik ildizi tarqaladigan qismi zararli tuzlardan tozalanadi. Yer sho&#8217;rini yuvish kapital (yerlarni o&#8217;zlashtirish davrida o&#8217;tkaziladi) va ekspluatatsion yoki profilaktik (joriy) turlarga bo&#8217;linadi. Kapital sho&#8217;r yuvishda aerasiya zonasidagi tuproqgrunt qatlamini kerakli chuqurlikda (2,5\u20143,0 metr) va grunt suvlarning 3-4 metrdan kam bo&#8217;lmagan yuqori qatlamini sho&#8217;rsizlantirish maqsadida o&#8217;tkaziladi. Asosan qadimdan sug&#8217;oriladigan zonalardagi juda sho&#8217;rlangan partov (qo&#8217;riq va bo&#8217;z uchastkalarni yoki yangi sug&#8217;oriladigan maydonlardagi shu kabi sho&#8217;rlangan) erlarni o&#8217;zlashtirishda qo&#8217;llaniladi. O&#8217;zlashtirish suvi katta normalar bilan o&#8217;tkaziladi (10-25 ming metr kub\/gektar). Kuchli sho&#8217;rlangan, mexanik tarkibi og&#8217;ir, vertikal suv ayirboshlashni qiyinlashtiradigan, qatlamli tuzilishga ega bo&#8217;lgan tuproqlarni o&#8217;zlashtirish kuzqish yoki erta bahorda 2-3 mavsumga cho&#8217;zilishi mumkin. Bir mavsumning o&#8217;zida katta sho&#8217;r yuvish normasi (5-10 ming m3\/ga). 5-12 sutkalik oraliq bilan, ilgari taxminan 20 santimetr qalinlikda berilgan suv to&#8217;liq shimilganidan keyin 2,5 \u2014 3,0 ming m3\/ga miqdorda bo&#8217;lib-bo&#8217;lib yoki egatlar bo&#8217;ylab uzluksiz oqizib beriladi. Ba&#8217;zan Yer sho&#8217;rini yuvishda tuproqning filtratsiya xususiyatiga qarab bir-biridan 15-25 metr uzoqlikda, chuqurligi 1,2\u20141,8 metr bo&#8217;lgan zovur-suv quyigichlar ochiladi. Suv berish 1,5\u20142 metr qalinlikdagi tuproq-grunt qatlami to&#8217;la chuchuklanguniga qadar davom ettiriladi. Kapital sho&#8217;r yuvish turlaridan biri sholi ekib sho&#8217;r yuvishdir. Umumiy 20-30 ming m3\/ga normada kapital sho&#8217;r yuvish tuproq-gruntning suv-fizik xossalariga va hududning drenaj qilinganligiga qarab 3-4 oy vaqt kerak bo&#8217;ladi. Ekspluatatsion yoki profilaktik (joriy) Yer sho&#8217;rini yuvish dalalar ekindan bo&#8217;shagan davrda amalga oshiriladi va tuproq-gruntning yuqori qatlamini mavsum davomida to&#8217;plangan tuzlardan tozalash uchun o&#8217;tkaziladi. Shunday sho&#8217;r yuvishlarni bir necha yil davomida uzluksiz o&#8217;tkazish natijasida tuproqni sho&#8217;rsizlantirishta erishiladi. Bunday usul kapital sho&#8217;r yuvishga nisbatan yerlarni qishloq xo\u2019jalik oborotidan chiqarish, qo&#8217;shimcha drenaj qilish va sug&#8217;orish tarmog&#8217;ini kuchaytirish yoki qayta qurishni talab qilmaydi. Ayrim hollarda joriy sho&#8217;r yuvishni tuproqda nam jamg&#8217;arish uchun o&#8217;tkaziladigan suv berish \u2014 yaxob ham bajaradi. Sug&#8217;orma dehqonchilik zonalarida ekspluatatsion sho&#8217;r yuvish kuzqish faslida 3-4, ayrim erlarda esa 6-8 ming m3\/ga umumiy normada, 6-8 kun oralatib, 2-3 marta suv berish yo&#8217;li bilan o&#8217;tkaziladi. Atmosfera yog&#8217;inlari ko&#8217;p (250 mm) yerlarda profilaktik sho&#8217;r yuvishni kuzqish davrida o&#8217;tkazish maqsadiga muvofiqdir. Yog&#8217;inlar kam tushadigan mintaqalar (Xorazm, Qoraqalpog&#8217;iston)da yerlarni kuzda (noyabr) 2-3 marta va albatta ekish oldidan qo&#8217;shimcha (Fevral\u2014mart) yuvish tavsiya etiladi. Kam sho&#8217;rlangan va mexanik tarkibi yengil tuproqlarda faqat bahorgi yuvish bilan cheklanish mumkin. Bunday suv ayni vaqtda yaxob vazifasini ham bajaradi. Ad.: Mirzayev A., Sug&#8217;orish va zax qochirish melioratsiyasi, T., 1979; Osvoenie zasolennix oroshaemix pochv i oxrana pochvennogo Pokrova, M., 1980; nakoplenie i vimivanie soley iz ostrukturennix pochv, M., 1984. Obid Ramazonov, Qosimjon Rahmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YER SHO&#8217;RINI YUVISH, sho&#8217;r yuvish, sho&#8217;rlangan tuproqlarni yuvish\u2014 tuproqdagi o&#8217;simlik uchun zararli tuzlarni eritib, tuproq-grunt O&#8217;zbekiston Respublikasi yer fondining toifalar bo&#8217;yicha taqsimoti (2001 yil 1 yanvar, ming gektar)ning yuqori qatlamlaridan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yer-shorini-yuvish\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30286","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30286","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30286"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30286\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30290,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30286\/revisions\/30290"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30286"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30286"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30286"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}