{"id":30293,"date":"2022-09-16T15:33:29","date_gmt":"2022-09-16T12:33:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30293"},"modified":"2022-09-16T15:33:30","modified_gmt":"2022-09-16T12:33:30","slug":"yermak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yermak\/","title":{"rendered":"YERMAK"},"content":{"rendered":"\n<p>YERMAK, yarmoq (asl ismi Vasiliy) Timofeyevich (7-1585.6.8) \u2014 kazak atamani. Podsho Ivan IV ko&#8217;lida xizmat qilgan. Sibirga qilgan yurishi bilan Rossiyaning Sibirni bosib olishini boshlab berdi. Katta No&#8217;g&#8217;oy o&#8217;rdasi xoni Urmuhammad, Yermak 1581 yil yozida uning 1060 bosh otini haydab ketgani uchun Ivan IV dan Yermakni tutib berishni so&#8217;rab, elchi jo&#8217;natadi. Ivan IV rozi bo&#8217;ladi. Yermak o&#8217;z to&#8217;dasi bilan Volga bo&#8217;ylarini tashlab, Kama daryosi havzasidagi tuz konlari egasi katta sanoatchi Stroganovlar mulkiga kelishga majbur bo&#8217;ladi. Stroganovlar Yermakdan o&#8217;z mulklarini Sibir xoni Kuchumxonaai qo&#8217;riqlashni so&#8217;raydi. 1582 yil Yermak kazaklari bilan Sibirning ichkarisigacha yurish qiladi. 1582 yil Irtish bo&#8217;yida 3 kunlik (23-25 oktabr) jangda Kuchumxonning qo&#8217;shinini yengib poytaxt Qoshlik (Tobolskdan 17 kilometr uzoqlikda) ni egallaydi. Yermak Qoshliqda 2 yil turadi. Yermak 100 nafar kazagi bilan qo&#8217;shinlarni ozuqa va kiyim bilan ta&#8217;minlash uchun Irtishning yuqori oqimiga qarab yurib, Begish qal&#8217;asini egallaydi. Yermakni katta kuch bilan ta&#8217;qib qilib yurgan Kuchumxon unga qarshi Kuchugay boshliq qo&#8217;shinni jo&#8217;natgan. 1585 yil 6 avgustga o&#8217;tar tunda to&#8217;satdan qilingan hujum natijasida Yermak drujinasi tor-mor qilingan. Yermak yarador holda Vagay daryosidan suzib o&#8217;tish chog&#8217;ida cho&#8217;kib o&#8217;lgan. Yermak drujinasining qolgan-qutganlari Qoshlikni tashlab qochganlar. Ad. Nikitin N. I., Osvoenie Sibiri v XVII v., M., 1990; Shuikov V. I., Ocherki po istorii kolonizasii Sibiri v XVII &#8211; nach. XVIII v., M.-L., 1946; Skrinnikov R. G., Sibirskaya ekspedisiya ermaka, Novosibirsk, 1986. Naim Norqulov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YERMAK, yarmoq (asl ismi Vasiliy) Timofeyevich (7-1585.6.8) \u2014 kazak atamani. Podsho Ivan IV ko&#8217;lida xizmat qilgan. Sibirga qilgan yurishi bilan Rossiyaning Sibirni bosib olishini boshlab berdi. Katta No&#8217;g&#8217;oy o&#8217;rdasi xoni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yermak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[197],"tags":[],"class_list":["post-30293","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ye-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30293","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30293"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30293\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30296,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30293\/revisions\/30296"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30293"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30293"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30293"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}