{"id":30389,"date":"2022-09-21T15:32:22","date_gmt":"2022-09-21T12:32:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30389"},"modified":"2022-09-21T15:32:24","modified_gmt":"2022-09-21T12:32:24","slug":"tsement-sanoati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tsement-sanoati\/","title":{"rendered":"TSEMENT SANOATI"},"content":{"rendered":"\n<p>TSEMENT SANOATI \u2013 qurilish materiallari sanoatining eng yirik tarmog&#8217;i. Portlandtsement, pussolan portlandtsementi, toshqol Portlandtsementi, shifer, asbosement quvurlar, ganch, gil va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Tsement dastlab 1824 yilda Angliyaning Janubdagi Portlend shahri yaqinida (&#8220;portlandtsement&#8221; nomi shundan) ingliz ixtirochisi J.ASP-din tomonidan ma&#8217;lum nisbatlarda qo&#8217;shilgan ohak va tuproq aralashmasini kuydirib olingan. 19-asrning 30-yillaridan boshlab Bukj Britaniya, AQSh, Rossiya, Germaniyada tsement z-dlari qurila boshladi. 19-asrning 70-yillariga kelib tsement jahon qurilish texnikasi rivojlanishining asosiy yo&#8217;nalishini belgilab, yigma temir-betonning kashf etilishiga olib keldi. 20-asr davomida jahonning rivojlangan mamlakatlarida Tsement sanoati yuqori sur&#8217;atlarda o&#8217;sdi va tsement ishlab chiqarishning umumiy hajmi 1500 million tonnani tashkil etdi (1998). O&#8217;rta Osiyoda birinchi bo&#8217;lgan Xilkovo (hozirgi Bekobod) tsement zavodi 1913 yildan qurila boshlagan. 1926 yilda korxona qayta ishga tushirildi. 1932 yilda Quvasoy tsement zavodida turli markadagi tsementlar ishlab chiqarila boshladi. 50-yillardan bu korxonalar kengaytirilib, kombinatlarga aylantirildi, ularda tsementdan tashqari shifer, ohak, asbosement quvurlarni ishlab chiqarish yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Xalq xo&#8217;jaligining tsementga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini qondirish maqsadlarida 1962 yilda yillik quvvati 1,7 million tonna bo&#8217;lgan Ohangaron tsement kombinati, 1976 yilda yillik loyiha quvvati 3,4 million tonna bo&#8217;lgan Navoiy tsement kombinatining 1-navbati (yillik quvvati 1150 ming tonna) ishga tushirildi. 70-yillar o&#8217;rtalariga kelib Tsement sanoatida 3536 ming tonna turli markadagi tsement ishlab chiqarildi. 90-yillar o&#8217;rtalaridan tarmoq korxonalari aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi, rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi, chet el texnologiyalari bilan jihozlandi. &#8220;Ohangaron-tsement&#8221; aktsiyadorlik jamiyati huzurida &#8220;Ohangaron rangli tsement&#8221; O&#8217;zbekiston\u2014Britaniya qo&#8217;shma korxonasi tashkil etildi (1995). &#8220;Qizilqumtsement&#8221; aktsiyadorlik jamiyati (sobiq Navoiy tsement zavodi)da ishlab chiqarish quvvatlarini to&#8217;liq ishga solish tadbirlari amalga oshirildi. O&#8217;zbekistan Tsement sanoatida gidrotexnika va yer osti inshootlari qurishda yuqori namlik va muzlash sharoitlarida ishlatiladigan, sulfat kislotaga chidamli M400 va M500 markali portlandtsement, avtomobil yo&#8217;llari va aeroportlar qurilishida ishlatiladigan portlandtsement, neft va gaz quduqlarini burg&#8217;ulashda ishlatiladigan tamponaj tsementi, shuningdek, pussolan tsementi, ohak va maydalangan ohak, shifer, qurilish ganchi, mineral paxta va boshqalar ishlab chiqariladi. 2003 yilda O&#8217;zbekiston Tsement sanoati korxonalarida 4062,5 ming tonna tsement, 313,7 million dona shartli shifer taxtalari ishlab chiqarildi (2002 yilda tegishlicha 3926,7 ming tonna tsement; 298,8 million dona shartli shifer taxtalari). Respublika Tsement sanoati korxonalari mahsulotlari chet ellarga eksport qilinadi. Xorijiy mamlakatlardan AQSh, Germaniya, Italiya, Yaponiya va Frantsiya tsement ishlab chiqarish bo&#8217;yicha jahonda yetakchi o&#8217;rinlarni egallaydi. Nuriddin Musayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TSEMENT SANOATI \u2013 qurilish materiallari sanoatining eng yirik tarmog&#8217;i. Portlandtsement, pussolan portlandtsementi, toshqol Portlandtsementi, shifer, asbosement quvurlar, ganch, gil va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Tsement dastlab 1824 yilda Angliyaning Janubdagi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tsement-sanoati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[195],"tags":[],"class_list":["post-30389","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ts-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30389","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30389"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30389\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30395,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30389\/revisions\/30395"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30389"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30389"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30389"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}