{"id":30729,"date":"2022-09-24T14:10:39","date_gmt":"2022-09-24T11:10:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30729"},"modified":"2022-09-24T14:10:40","modified_gmt":"2022-09-24T11:10:40","slug":"taraflar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taraflar\/","title":{"rendered":"TARAFLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>TARAFLAR (huquqda) \u2014 fuqarolik prosessida fuqarolik ishlari bo&#8217;yicha sudlarda muayyan huquq kimga tegishli ekanligi yuzasidan nizolashayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar. Fuqarolik ishlarini sudda ko&#8217;rib hal qilish jarayonida 2 taraf: da&#8217;vogar va javobgar ishtirok etadi. Taraflarning prosessual huquqlari va majburiyatlari O&#8217;zbekiston Respublikasining FPKda (40modda) belgilab berilgan. Taraflar fuqarolik prosessual muomala layoqatiga (FPKning 38moddasi), ya&#8217;ni sudda o&#8217;z huquq va majburiyatlarini amalga oshirish layoqatiga ega bo&#8217;lishi lozim. Bunday layoqatga voyaga yetgan (18 yoshga to&#8217;lgan) muomala layoqati cheklanmagan fukarolar ega bo&#8217;ladi. Voyaga yetmagan yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari ularning qonuniy vakillari, homiy va vasiylik organlari, boshqa vakolatli organlar tomonidan sudda himoya kilinadi. Mehnat bilan bog&#8217;liq nizolarda va belgilangan tartibda to&#8217;la muomalaga layoqatli deb topilgan hollarda 16 yoshga to&#8217;lgan fuqarolar ham o&#8217;z huquqlarini sudda o&#8217;zi himoya qilishi mumkin. 14 yoshga to&#8217;lmagan fuqaroning, shuningdek, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli muomala layoqatiga ega emas deb topilgan shaxslarning huquqlari sudda ularning ota-onalari va boshqalar qonuniy vakillari tomonidan himoya qilinadi. Da&#8217;vogar \u2014 da&#8217;vo taqdim etish, uning predmetini o&#8217;zgartirish, da&#8217;vodan voz kechish, kelishuv bitimi tuzish kabi, javobgar esa \u2014 da&#8217;voni tan olish, dalil taqdim etish, qarshi da&#8217;vo qo&#8217;zg&#8217;atish va hokazolar prosessual huquqlarga ega. Qonun ular zimmasiga o&#8217;z prosessual ququqlaridan insof bilan foydalanish, qonunni buzmaslik, sud farmoyishlarini so&#8217;zsiz bajarish kabi qator majburiyatlarni ham yuklaydi. Muayyan hollarda qonun davlat muassasalari, jamoat birlashmalari, ayrim mansabdor shaxslarga va ayrim fuqarolarga o&#8217;zga shaxslarning huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudda da&#8217;vo qo&#8217;zg&#8217;ash va ishtirok etish vakolatini beradi (FPKning 46\u201449-moddalari). Jinoyat prosessida Taraflar sifatida sud jarayonida ishtirok etadigan va o&#8217;z huquq hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadida dalillarni tekshirishda qatnashadigan, dalillar taqdim qila oladigan, boshqa taraf xulosalari yuzasidan nizolashadigan, shikoyatlar qila oladigan va boshqalar jinoiy prosessual vakolatlarga ega bo&#8217;lgan shaxslar qatnashadi. Jinoyat prosessida taraf sifatida sudlanuvchi, uning qonuniy vakili va himoyachisi, davlat ayblovchisi (prokuror), ish yuzasidan jabrlanuvchi shaxs, fuqarolik da&#8217;vogari hamda ularning manfaatlarini sudda himoya qiluvchi qonuniy vakillari ishtirok etadi. Ularning jinoyat prosessidagi prosessual huquqlari va majburiyatlari jinoyat prosessual qonunchiligida belgilab qo&#8217;yilgan. Xo&#8217;jalik prosessida o&#8217;z huquqlari va qonun bilan qo&#8217;riqlanadigan manfaatlarini qimoya qilish maqsadida da&#8217;vo taqdim etayotgan yoki manfaatini ko&#8217;zlab da&#8217;vo taqdim etilgan tashkilot va boshqalar xo&#8217;jalik yurituvchi sub&#8217;yektlar (shu jumladan, yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tadbirkorlar) Taraflar sanaladi. Xo&#8217;jalik ishlari bo&#8217;yicha prosessual huquq va majburiyatlar O&#8217;zbekiston Respublikasi Xpkda belgilangan (35\u2014 36moddalar). Yo&#8217;ldosh Tursunov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TARAFLAR (huquqda) \u2014 fuqarolik prosessida fuqarolik ishlari bo&#8217;yicha sudlarda muayyan huquq kimga tegishli ekanligi yuzasidan nizolashayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar. Fuqarolik ishlarini sudda ko&#8217;rib hal qilish jarayonida 2 taraf: da&#8217;vogar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/taraflar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-30729","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30729","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30729"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30729\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30733,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30729\/revisions\/30733"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30729"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30729"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30729"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}