{"id":30810,"date":"2022-10-16T09:26:02","date_gmt":"2022-10-16T06:26:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30810"},"modified":"2022-10-16T09:26:12","modified_gmt":"2022-10-16T06:26:12","slug":"gallabank","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gallabank\/","title":{"rendered":"&#8220;G&#8217;ALLABANK&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;G&#8217;ALLABANK&#8221; \u2014 O&#8217;zbekistondagi yirik aktsiyadorlik tijorat banki. 1994 yil avgustda tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida. Bankning asosiy yirik aktsiyadorlari: &#8220;O&#8217;zdonmahsulot&#8221; aktsiyadorlik kompaniyasi (32,5%), O&#8217;zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (25,0%), O&#8217;zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (12,5%), &#8220;Paxtabank&#8221; (12,5%), shuningdek, don mahsulotlari hududiy (viloyat) aktsiyadorlik jamiyatlari, sanoat korxonalari va boshqalar. Aktsiyadorlari soni 5263 ta, ulardan 3 mingdan ortig&#8217;i jismoniy shaxslar. Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasi va barcha viloyatlarda 13 mintaqaviy (viloyat) filiali, 18 ta tuman filiallari va 68 ta mini banki, 141 ta jamg&#8217;arma shoxobchalari mavjud (2005). Bank faoliyatining asosiy yo&#8217;nalishlari \u2014 g&#8217;alla va boshoqli don mahsulotlari yetishtiruvchi xo&#8217;jalik sub&#8217;yektlariga, un va non sanoati korxonalariga bank xizmatlari ko&#8217;rsatish, shu tarmoqlarga chet el investisiyalarini, ilg&#8217;or texnologiyalarini jalb qilish, mamlakat don va un mahsulotlari eksportini rivojlantirishga, respublikaning g&#8217;alla mustaqilligiga erishishiga yordam ko&#8217;rsatish va boshqalardan iborat. Bank 1994 yil noyabrdan boshlab chet el valyutasida bank amaliyotlarini amalga oshirish huquqini beruvchi Litsenziyaga ega, 1996 yildan qimmatli qog&#8217;ozlar bozorida ishtirok etadi. &#8220;Toshkent&#8221; fond birjasida o&#8217;z brokerlik idorasini ochgan. 1999 yildan O&#8217;zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari hisob-kitob jamg&#8217;armasining moliyaviy agenti sifatida faoliyat olib boradi. Loyihalarni moliyaviy ta&#8217;minlash va korporativ mijozlar bilan birga chakana mijozlarga ham barcha bank xizmatlarini ko&#8217;rsatadigan universal tijorat banki hisoblanadi. Aholiga valyuta ayirboshlash sohasida xizmat ko&#8217;rsatish bo&#8217;yicha 70 ta shoxobchaga ega (shundan 20 tasi Toshkent shahrida). Bank xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining &#8220;qishloq xo&#8217;jaligi korxonalarini qo&#8217;llab-quvvatlash&#8221; loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etadi. Bank dehqon va fermer xo&#8217;jaliklariga minitexnologiyalar olish uchun moliyaviy lizing xizmatlari, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlar ajratish, eksportbop yoki import o&#8217;rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo&#8217;yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va boshqa yo&#8217;nalishlarda ham xizmatlar ko&#8217;rsatadi. 2005 yilda turli mulkchilik shakllaridagi 58,0 mingdan ortiq mijozlarga xizmat ko&#8217;rsatdi (2001 yilda 23927 ta mijozga xizmat ko&#8217;rsatgan). Bankning (million so&#8217;m) ustav kapitali &#8211; 4958,1 (1994 yilda 8,0 million so&#8217;m bo&#8217;lgan); jami aktivlari \u2014 100918,9; jami kapitali \u2014 16258,2; jami kredit qo&#8217;yilmalari \u2014 56111,5; kichik va o&#8217;rta biznesni rivojlantirishga ajratilgan kreditlar \u2014 6225,4; sof foyda (balans bo&#8217;yicha) \u2014 2616,5 (2005, 1 yanvar). Ikromjon O&#8217;rinboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;G&#8217;ALLABANK&#8221; \u2014 O&#8217;zbekistondagi yirik aktsiyadorlik tijorat banki. 1994 yil avgustda tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida. Bankning asosiy yirik aktsiyadorlari: &#8220;O&#8217;zdonmahsulot&#8221; aktsiyadorlik kompaniyasi (32,5%), O&#8217;zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (25,0%), O&#8217;zbekiston tashqi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gallabank\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-30810","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30810","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30810"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30810\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30812,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30810\/revisions\/30812"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30810"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30810"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30810"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}