{"id":30896,"date":"2022-10-16T11:16:02","date_gmt":"2022-10-16T08:16:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30896"},"modified":"2022-10-16T11:16:05","modified_gmt":"2022-10-16T08:16:05","slug":"goza-selektsiyasi-va-urugchiligi-instituti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/goza-selektsiyasi-va-urugchiligi-instituti\/","title":{"rendered":"G&#8217;O&#8217;ZA SELEKTSIYASI VA URUG&#8217;CHILIGI INSTITUTI"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;O&#8217;ZA SELEKTSIYASI VA URUG&#8217;CHILIGI INSTITUTI, G. S.Zaytsev nomidagi O&#8217;zbekiston g&#8217;o&#8217;za selektsiyasi va urug&#8217;chiligi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi yirik ilmiy muassasa. Toshkent viloyati Qibray tumani Salor shaharchasida joylashgan. 1965 yilda mustaqil institut sifatida tashkil etilgan (1922 yilda Turkiston selektsiya stansiyasi, 1930-60 yillarda Soyuznixining Markaziy selektsiya stansiyasi, 1960-65 yillarda Soyuz nixi filiali). 1965-91 yillarda Butunittifoq g&#8217;o&#8217;za selektsiyasi va urug&#8217;chiligi instituti (1987 yildan ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi). 1992 yildan hozirgi nomda. O&#8217;zbekistonda g&#8217;o&#8217;za selektsiyasi va urug&#8217;chiligi bo&#8217;yicha ilmiy markaz hisoblanadi. Institut tarkibida (2005): 3 bo&#8217;lim \u2014 selektsiya iazariyasini rivojlantirish va boshlang&#8217;ich materiallar tayyorlash (kollektsiya va boshlang&#8217;ich ashyo; biokimyo va biotexnologiya; mutagenez; o&#8217;simliklar immuniteti Genetikasi; sun&#8217;iy iqlim laboratoriyalari bilan); selektsiya (ingichka tolali g&#8217;o&#8217;za navlari selektsiyasi; 4-tip tolali g&#8217;o&#8217;za navlari selektsiyasi; 5-tip tolali g&#8217;o&#8217;za navlari selektsiyasi; tezpishar va past bo&#8217;yli g&#8217;o&#8217;za navlari selektsiyasi; beda selektsiyasi laboratoriyalari bilan); urug&#8217;chilik (yangi g&#8217;o&#8217;za navlarini sinash va dastlabki ko&#8217;paytirish; urug&#8217;chilik; urug&#8217;shunoslik; tola texnologiyasi; patent va marketing laboratoriyalari bilan), shuningdek aspirantura bo&#8217;limi, fitotron bor. Institutda ilmiy kutubxona va muzey ishlaydi. Institutning Toshkent viloyati Qibray tumani Markaziy tajriba stansiyasi (ekin maydoni 30 gektar), Toshkent viloyati Oqqo&#8217;rg&#8217;on tajriba (ekin maydoni 1000 gektar), Namangan viloyati Chust tumani &#8220;qizil Ravot&#8221; tajriba (ekin maydoni 300 gektar) va Surxondaryo viloyati Jarqo&#8217;rg&#8217;on tumani &#8220;Surxon&#8221; tajriba xo&#8217;jaliklari (ekin maydoni 1000 gektar)da ilmiy-amaliy ishlar olib boriladi (jami ekin maydoni 2330 gektar). Institutning asosiy ilmiy yo&#8217;nalishlari: tezpishar, serhosil, turli kasallik va zararkunandalarga hamda ekstremal sharoitlarga chidamli, tola sifati va tola chiqishi yuqori bo&#8217;lgan o&#8217;rta va ingichka tolali g&#8217;o&#8217;za va tarkibida protein moddasi yuqori bo&#8217;lgan beda navlarini yaratish hamda ularning urug&#8217;chiligi. Instituda jahon g&#8217;o&#8217;za kollektsiyasidagi mavjud yovvoyi va yarim yovvoyi ruderal formalarni chatishtirish; tur ichida va turlararo duragaylash asosida qimmatli donorlarni yaratish va selektsiya jarayoniga tavsiya etish, dunyo kollektsiyasi to&#8217;g&#8217;risida bank ma&#8217;lumotlarini yig&#8217;ish; tezpishar, hosildor, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo&#8217;lgan g&#8217;o&#8217;za va beda navlarini yaratish; superelita va elita urug&#8217;larini tayyorlashni ilmiy jihatdan ta&#8217;minlash, g&#8217;o&#8217;za urug&#8217;larini ekish va hosildorlik sifatlarini oshirishni ta&#8217;minlaydigan usullarni ishlab chiqish kabi tadqiqot ishlari olib boriladi. Institut faoliyati G.S.Zaytsev, AM.Lvtonomov, F.M. Mauer, P.P.Baranov, A.I.Belov, A.M.Maltsev, S.S.Xanash, A.L.Dadaboyev, S.M.Mirahmedov, Ya.D.Nagibin, B.P.Straumal, V.I. Kokuev, I.G.Grisenko, M.G&#8217;oyibnazarov. K.A.Visoskiy, G.X. Gubanov, Yu.P.Xutornoy, Z.M.Pudovkina. A.G. Arutyunova va boshqa olimlar nomi bilan bog&#8217;liq. Hozirgi davrda institutda I. Ibrohimov, A.E.Egamberdiev, S.Rahmonqulov, Yu.Ikromov, P.Sh.Ibrohimov, F.V.Voytenok, M.Mirjo&#8217;rayev, P.V.Popov, M.I.Iksanov, T.R.Rashitov, B.Allaqulov, H.Sodiqov va boshqalar samarali ilmiy tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Jumladan, institutda A.A.Avtonomov va V.A.Avtonomovlar tomonidan O&#8217;zbekistonda birinchi bo&#8217;lib, Punktatum ruderal namunasi ishtirokida yaratilgan o&#8217;rta tolali g&#8217;o&#8217;zaning S-6524. Namangan-77, S-6530, S-6532, ingichka tolali g&#8217;o&#8217;zaning S-6029, Surxon-9 navlari yaratildi va katta maydonlarda ekilmoqda. 2000 yilda Oqqo&#8217;rg&#8217;on-2 (T.Xolxo&#8217;jayev, V.Ristakov, S.Raxmonqulov, M.Mirjo&#8217;raev), 2002 yilda S-2609 g&#8217;o&#8217;za navi (L.Sh.Ibrohimov, F.V.Voyte-nok), 2004 yilda esa tola sifati 11 tipga mansub bo&#8217;lgan Surxon-9 ingichka tolali g&#8217;o&#8217;za navi (V.A.Avtonomov, P.Sh.Ibrohimov) r-nlashtirildi. A.I.Belov tomonidan respublikada yagona bo&#8217;lgan beda selektsiyasi va urug&#8217;chiligi lab. tashkil etildi va bedaning yangi, yuqori proteinli Toshkent-3192, Toshkent-1, Toshkent\u20141728, Toshkent\u20142009, Toshkent\u20142938 navlari yaratildi. Institut olimlari gomonidan qimmatli xo&#8217;jalik belgilariga ega bo&#8217;lgan 60 dan ortiq o&#8217;rta va 14 ta ingichka tolali g&#8217;o&#8217;za navlari yaratildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. G&#8217;o&#8217;za kollektsiyasi genofondida AQSh, Misr, Meksika, Hindiston, Avstraliya va boshqalar 22 davlatdan keltirilgan 12 mingdan ortiq namunalar mavjud. Ushbu kollektsiya yangi g&#8217;o&#8217;za navlarini yaratishda respublikada asosiy genofond hisoblanadi. Institutda &#8220;g&#8217;o&#8217;za genetikasi, selektsiyasi, urug&#8217;chiligi va bedachilik masalalari&#8221; nomli ilmiy to&#8217;plam chop etiladi. (1924-2002 yillarda 31 ta to&#8217;plam nashr etildi). Insitutda 178 ilmiy va ilmiy-texnik xodim, shu jumladan, 6 fan doktori, 30 fan nomzodi faoliyat ko&#8217;rsatadi (2005). Institut AQSh, Gresiya, Bolgariya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Misr davlatlaridagi paxtachilikka ixtisoslashgan ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar olib boradi. Paridun Ibrohimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;O&#8217;ZA SELEKTSIYASI VA URUG&#8217;CHILIGI INSTITUTI, G. S.Zaytsev nomidagi O&#8217;zbekiston g&#8217;o&#8217;za selektsiyasi va urug&#8217;chiligi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi \u2014 O&#8217;rta Osiyodagi yirik ilmiy muassasa. Toshkent viloyati Qibray tumani Salor shaharchasida joylashgan. 1965 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/goza-selektsiyasi-va-urugchiligi-instituti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-30896","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30896","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30896"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30896\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30897,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30896\/revisions\/30897"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30896"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30896"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30896"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}