{"id":30931,"date":"2022-10-16T12:51:33","date_gmt":"2022-10-16T09:51:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30931"},"modified":"2022-10-16T12:51:36","modified_gmt":"2022-10-16T09:51:36","slug":"gafur-gulom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gafur-gulom\/","title":{"rendered":"G&#8217;AFUR G&#8217;ULOM"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;AFUR G&#8217;ULOM (taxallusi; asl nomi G&#8217;ulomov G&#8217;afur) (1903.10.5 \u2014 Toshkent \u2014 1966.10.7) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1963). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943). Toshkent shahrida Qo&#8217;rg&#8217;ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, rus-tuzem (1916) va &#8220;hayot&#8221; maktablarida (1918) o&#8217;qigan. Mustaqil hayot yo&#8217;lini erta boshlab, kosibchilik, tunukasozlik, harf teruvchilik singari turli kasblar bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. O&#8217;qituvchilarni tayyorlash kurslarini tugatib, &#8220;Cho&#8217;lpon&#8221; (1919), &#8220;hayot&#8221; (1924) maktablarida muallim, bolalar uyi (1926), &#8220;urfon&#8221; maktabida mudir (1928). &#8220;Kambag&#8217;al dehqon&#8221; (1928 yildan) va &#8220;Sharq haqiqati&#8221; gazetalarida (1929 yildan) mas&#8217;ul kotib, &#8220;Mushtum&#8221;, &#8220;Yer yuzi&#8221; jurnallari va &#8220;qizil O&#8217;zbekiston&#8221; gazetasida adabiy xodim (1930-42), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1943-66). 30-yillarning boshlaridan shoir, hikoyanavis, dramaturg, tarjimon sifatida ijod etib, &#8220;Dinamo&#8221;, &#8220;yigit&#8221;, &#8220;egalari egallaganda&#8221;, &#8220;Xitoydan lavhalar&#8221; (1931), &#8220;tirik qo&#8217;shiqlar&#8221; (1932), &#8220;Ko&#8217;kan&#8221; (1934), &#8220;Sizga&#8221; (1935), &#8220;Chashma&#8221; (1939) she&#8217;riy to&#8217;plam va dostonlari, &#8220;Jo&#8217;rabo&#8217;za&#8221; hikoyalar to&#8217;plami, &#8220;Netay&#8221; (1932), &#8220;tirilgan murda&#8221; (1935), &#8220;Yodgor&#8221;, &#8220;Shum bola&#8221; (1938) qissalari va &#8220;muxbir sudi&#8221; (1929) pesasini nashr etgan. Bundan tashqari, V.Mayakovskiyning &#8220;Hayqiriq&#8221; (1929), Hodi Toqtoshning &#8220;muhabbat tavbasi&#8221; (1931) dostonini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Navoiyning &#8220;Farhod va Shirin&#8221; dostonini nashrga tayyorlagan. G&#8217;afur G&#8217;ulomning ijodiy tadriji 3 davrdan iborat. 30-yillarni o&#8217;z ichiga olgan 1-davrda G&#8217;afur G&#8217;ulom ko&#8217;plab she&#8217;r, maqola va ocherklar yozgan. Ularning aksari davrning o&#8217;tkinchi mavzulariga bag&#8217;ishlangan. G&#8217;afur G&#8217;ulom shu davrda yaratgan nasriy asarlarida xalq hayotini, tarixini, turli ijtimoiy qatlamlarga mansub kishilarning ruhiy olami va nutqini mukammal ifoda etgan. G&#8217;afur G&#8217;ulom &#8220;Netay&#8221; va &#8220;Yodgor&#8221; qissalarida tasvirlangan ayol qahramonlar obrazi orqali ma&#8217;naviy buzilish, sharqona axloq me&#8217;yorlarini oyoqosti qilish katta fojiaga olib borishi mumkinligini ko&#8217;rsatgan. &#8220;Shum bola&#8221; qissasining bosh qahramoni obrazida G&#8217;afur G&#8217;ulom hayotning har qanday murakkab va mashaqqatli sinovlaridan o&#8217;ta biladigan, tegirmondan butun chiqadigan sho&#8217;x va zukko bola obrazini katta mahorat bilan tasvirlagan. Yozuvchi avtobiografik xarakterga ega bo&#8217;lgan bu asari bilan o&#8217;zbek adabiyotiga yangi bir tipni olib kirgan. Milliy bo&#8217;yoqlar bilan muzayyan bo&#8217;lgan bu asar ayni paytda umuminsoniy g&#8217;oya va qarashlar bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan. Ijodining 2-davri \u2014 2-jahon urushi yillarida G&#8217;afur G&#8217;ulom xalq va mamlakat hayotida kechayotgan fojiaviy voqealarni falsafiy rejada idrok va tasvir etuvchi asarlarni yaratgan (&#8220;kuzatish&#8221;). Urush yillarida ota-onasiz krlib, O&#8217;zbekistonga ko&#8217;chirib keltirilgan bolalar haqidagi &#8220;Sen yetim emassan&#8221; she&#8217;ri yuksak insonparvarlik g&#8217;oyasi va gumanizmi bilan ajralib turadi. G&#8217;afur G&#8217;ulomning &#8220;Sog&#8217;inish&#8221;, &#8220;Qish&#8221;, &#8220;bizning ko&#8217;chada ham bayram bo&#8217;lajak&#8221; singari she&#8217;rlarida urush mavzui o&#8217;zining barcha qirralari bilan aks etgan. G&#8217;afur G&#8217;ulomning urushdan keyingi dastlabki oylarda yaratgan &#8220;vaqt&#8221; she&#8217;ri alohida ahamiyatga ega. G&#8217;afur G&#8217;ulom bu she&#8217;ri bilan o&#8217;zbek she&#8217;riyatidagi falsafiy-intellektual yo&#8217;nalishni yangi bosqichga olib chiqdi. 40-yillarning 2-yarmi \u2014 50-yillardan shoir ijodining 3-davri boshlangan. G&#8217;afur G&#8217;ulomning shu davrda yaratilgan she&#8217;rlaridagi lirik qahramon endi urush jarohatlari malham topgan, tinchlik, do&#8217;stlik singari qadriyatlarning qadriga etuvchi kishidir. Ana shu lirik qahramonning ruhiy olami kechinmalari G&#8217;afur G&#8217;ulom she&#8217;rlariga ajib biryorqinlik bagishlagan (&#8220;Toshkent&#8221;. &#8220;Sizga&#8221;, &#8220;onaxonlarga&#8221;, &#8220;muharram&#8221;, &#8220;bir lo&#8217;st xotirasi&#8221; va boshqalar). Ayni paytda ilk bor &#8220;Turksib yo&#8217;llarida&#8221; she&#8217;rida ko&#8217;zga tashlangan tarix Tuyg&#8217;usi shu davrda boshqa bir ko&#8217;rinishda. Lirik qahramonning g&#8217;urur va surur manbaini ifodalovchi omil sifatida G&#8217;afur G&#8217;ulom she&#8217;rlariga kirib kelgan (&#8220;Alisher&#8221;, &#8220;O&#8217;zbek zlining g&#8217;ururi&#8221; va boshqalar). Shuningdek, shoirning &#8220;yangi she&#8217;rlar&#8221;, &#8220;she&#8217;rlar&#8221; (1946). &#8220;O&#8217;zbek elining g\u2019ururi&#8221; (1949), &#8220;sharaf qo&#8217;lyozmasi&#8221; (1950). 4 jildli &#8220;tanlangan asarlar&#8221; (1956-59) singari to&#8217;plamlari shu yillarda nashr etilgan. G&#8217;afur G&#8217;ulom 50-60-yillarda ko&#8217;proq sho&#8217;ro jamiyatining etakchp kuchini sharaflovchi, turli bayramlarni olqishlovchi, xalqni paxtayaap mo&#8217;l hosil olishga chorlovchi she&#8217;rlarni yozishga majbur bo&#8217;lgan. Shunga qaramay, u she&#8217;riyatga o&#8217;zbek tilinnng shirali. rangli va go&#8217;zal qatlamlarini olib kirishga erishgan. G&#8217;afur G&#8217;ulom bolalarga bag&#8217;ishlangan talaygina she&#8217;rlar ham ezgan (&#8220;Tongotar qo&#8217;shig&#8217;i&#8221;, 1949: &#8220;bari seniki&#8221;. 1953; &#8220;Turg&#8217;un va o&#8217;rdak&#8221;. 1955; &#8220;bir g&#8217;uncha ochilgungacha&#8221;, 1958). U turkiy va forsiy tilda yozilgan Sharq she&#8217;riyatining bilimdonlaridan va zamonaviy adabiy hayotning faol kuzatuvchilaridan biri sifatida Navoiy, Atoiy. Mashrab, Muqimiy, Muhiy, Furqat, Ajziy Xo&#8217;qandiy. Vasliy, Agipiy, Oybek, G&#8217;ayratiy, H. Olimjon, S.Abdulla singari o&#8217;zbek shoir va yozuvchilari, qardosh xalqlar adabiyotining Nizomiy, Jomiy, Pushkin, Lermontov, Gogol, Shevchenko, Mayakovskiy, Abay, To&#8217;g&#8217;aloq Mo&#8217;lda, Abdulla To&#8217;qay, Lohutiy va boshqa mashhur namoyandalari to&#8217;g&#8217;risida ko&#8217;plab alabiytanqidiy maqolalar yozgan. Shuningdek, G&#8217;afur G&#8217;ulom &#8220;Kulgichilik go&#8217;g&#8217;risida&#8221;, &#8220;yumor va satira&#8221;, &#8220;folklorni o&#8217;rganaylik&#8221; singari maqolalar ham yozib, hajviy alabiyotning janr xusueiyatlarnga doir qarashlarini o&#8217;rtaga tashlagan, o&#8217;zbek xalqining boy og&#8217;zaki ijodini o&#8217;rganish masalalariga jamoatchilik e&#8217;tiborini qaratgan. G&#8217;afur G&#8217;ulomning adabiy merosida badiiy tarjima katta o&#8217;rin tutadi. U yuqorida tilga olingan tarjima asarlaridan tashqari, U.Shekspirning &#8220;Otello&#8221;. &#8220;Qirol Lir&#8221; tragediyalari. O&#8217;rdubodiyning &#8220;Besh so&#8217;mlik kelin&#8221;, N.Hikmatning &#8220;bir sevgi afsonasi&#8221; pyesalari, M. Kozimiyning &#8220;qo&#8217;rqinchli Tehron&#8221; romani, shuningdek, Pushkin. Lermontov, Nekrasov va T.Shevchenko asarlarini o&#8217;zbek tiliga tarjima qilgan. Toshkentdagi metro bekatlaridan biri. Madaniyat va istirohat bog&#8217;i (2003 yilda ushbu bog&#8217;da unga haykal o&#8217;rnatildi. haykaltarosh J.Mirtojnev). Nashriyogmatbaa ijodny uyi. Qo&#8217;qon adabiyot muzeyi. Guliston davlat universitetiga G&#8217;afur G&#8217;ulom nomi bilan ataladi. &#8220;Shum bola&#8221;. &#8220;Netay&#8221;. &#8220;Mening o&#8217;grigina bolam&#8221;. &#8220;Afandi o&#8217;lmaydigan bo&#8217;llgg&#8221; asardari asoeida teatr spektakllari va kinofilmlar yaratilgan. 2003 yilda shoir tug&#8217;ilgan kunning 100 yilligi keng nishonlandi. Vafotidan so&#8217;ng &#8220;Buyuk xizmatlari uchun&#8221; ordeni bilan mukofotlangan (2000). As: mukammal asar gar to&#8217;plami (12 jildli). 1 \u2014 10-j.lar. T. Saylanma. T.. 2003. Ad.: Mamajonov S. Shoir va zamonaviylik. Mamajonov S. G&#8217;afur G&#8217;ulom prozasi; T. G&#8217;afur G&#8217;ulomning lirik poliyalagi Mahorati. T. 1966: Mamajoiov S. Uslub jilolari. T.. 1972: Akbarova.. Gsfur Gulam, G.. 1975: Karimov N.. G&#8217;afur G&#8217;ulom poeziyasi. T.. 2003: Nazarov B.. G&#8217;afur G&#8217;ulom olami. T.. 2003: G&#8217;afup G&#8217;ulom ^amonloshlari xotpraspda. &#8220;I.. 2003; Safarov ().. Zamonloshlar gonginingcharoqdarn. G&#8217;>\\xoro. 2003: G&#8217;afur G&#8217;ulom Lndijonla, Aplkjon. 2003. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;AFUR G&#8217;ULOM (taxallusi; asl nomi G&#8217;ulomov G&#8217;afur) (1903.10.5 \u2014 Toshkent \u2014 1966.10.7) \u2014 O&#8217;zbekiston xalq shoiri (1963). O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1943). Toshkent shahrida Qo&#8217;rg&#8217;ontegi mahallasidagi eski maktab va madrasada, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gafur-gulom\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-30931","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30931","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30931"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30931\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30935,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30931\/revisions\/30935"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30931"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30931"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30931"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}