{"id":30947,"date":"2022-10-16T13:11:03","date_gmt":"2022-10-16T10:11:03","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30947"},"modified":"2022-10-16T13:11:07","modified_gmt":"2022-10-16T10:11:07","slug":"goza","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/goza\/","title":{"rendered":"G&#8217;O&#8217;ZA"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;O&#8217;ZA \u2014 gulxayridoshlar oilasiga mansub o&#8217;simliklar turkumi; paxta tolasi olish uchun ekiladigan texnika ekini. 3 ta kenja turkumni o&#8217;z ichiga oladi. Bular bir yillik va ko&#8217;p yillik butalar, daraxtlar hamda tropik mintaqa buta va o&#8217;tlaridir. G&#8217;o&#8217;zaning 50 turi ma&#8217;lum. G&#8217;o&#8217;za turkumida xromosomalar soni dishtoid (2 l = 26) va tetraploid (2 p =52) bo&#8217;lgan turlari bor. Genomining tarkibiga ko&#8217;ra ular 6 guruhga (A, V, D, S, E, G&#8217;) bo&#8217;linadi. Tetraploidlarda genomi AD. Turlar guruhlar ichida oson, guruhlar o&#8217;rtasida esa qiyin chatishadi yoki duragaylarning to&#8217;liq bepushtligi kuzatiladi. Tola olinadigan o&#8217;simlik sifatida hindi-Xitoy, Afrika-Osiyo, Meksika, Peru g&#8217;o&#8217;zalari ekiladi. G&#8217;o&#8217;za dehqonchilikdagi qadimgi ekinlardan biri. G&#8217;o&#8217;za paxtasidan olinadigan toladan foydalanish qadim zamonlar \u2014 paleolit davridan boshlangan. G&#8217;o&#8217;za vatani Hindiston hisoblanadi. Hind vodiysida miloddan 3 ming yil ilgari paxta yetishtirilib, undan yigirilgan ip tayyorlangan. Shuningdek, Xitoy, Eron, Peru va Meksikada G&#8217;o&#8217;za miloddan bir necha asr ilgari ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. arxeologik ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, O\u2019rta Osiyoda miloddan avvalgi 6-5-asrdan boshlab ekilgan. 10-asrdan Ispaniyaga va undan boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Jahonda G&#8217;o&#8217;za 80 dan ortiq mamlakatda yetishtiriladi. Asosiy paxta yetishtiruvchi mamlakatlar: Xitoy (3,7 millionga, 30,6 tsentner\/gektar, 11,4 million tonna), AQSh (5,4 million gektar, 17,5 i\/g&#8217;a, 9,5 mln.t), Hindiston (9,0 mln.ga, 6,9 ts\/ga, 6,2 mln.t), Pokiston (2,9 mln.ga, 15,3 ts\/ga, 4,4 mln.t). Shuningdek, Braziliya, Turkiya, Misrda ham katta maydonlarni egallaydi. 20-asr oxiriga kelib asosiy paxta yetishtiruvchi mamlakatlardan Xitoyda 3,8, AQShda 3,6, Hindistonda 2,0, Pokistonda 1,5, Turkiyada 0,8 million tonna; jahon bo&#8217;yicha 18,2 million tonna paxta tolasi yetishtirildi (1999). O&#8217;zbekiston paxta tolasi yetishtirish bo&#8217;yicha jahonda 4-o&#8217;rinda turadi (g&#8217;o&#8217;za ekin maydoni 1440,8 ming gektar, hosildorligi 24,5 tsentner\/gektar, yalpi hosili 3537,1 ming tonna; 2004). Botanik tavsifi. Ildiz tizimi kuchli rivojlangan, o&#8217;qildizli, keng tarmoqlanadi, yer bag&#8217;riga 2,4\u20142,6 metr kirib boradi, ildizining asosiy qismi tuproqning haydaladigan qatlamida joylashadi. Poyasi tik o&#8217;sadi, shoxlaydi, bo&#8217;yi 70-150 santimetr. Pastki barglarining qo&#8217;ltig&#8217;idan to&#8217;g&#8217;ri, uzun o&#8217;suv (monopodial) shoxlar rivojlanadi, ular bos poyadan o&#8217;tkir burchak ostida chiqadi. Tuzilishi jihatidan bosh poyaga o&#8217;xshaydi, biror sabab bilan bosh poya shikastlanib, nobud bo&#8217;lsa, uning o&#8217;rnini bosa oladi. Barglari birin-ketin joylashgan, yupqa yoki qalin, ko&#8217;pincha yashil, 3-7 bo&#8217;lmali, yonbarglarga ega. Birinchi chin barg Nihol unib chiqqanidan 7-10 kun, ikkinchisi 4-5 kun keyin paydo bo&#8217;ladi. Ko&#8217;sakyaar ochilishi bilan yangi barglar chiqishi sekinlashadi, qarigan barglarning to&#8217;kilishi tezlashadi. Bosh poyada vegetasiya oxirigacha 20-25 va undan ko&#8217;proq barg hosil bo&#8217;ladi. Guli ikki jinsli, yirik; gulband, gulyonbarglar, kosacha, gultoj, changchi ustunchasi va urug&#8217;chidan iborat. G&#8217;o&#8217;za \u2014 gulshirali o&#8217;simlik; shira bezlari gul ichida va gul tashqarisida bo&#8217;ladi. Tuguncha o&#8217;rta tolali \/uzalarda 4-5, ingichka tolali g&#8217;o&#8217;zolarda 3-4 uyali. Har bir uyada 5-9 va undan ko&#8217;proq urug&#8217;kurtaklari bor. Mevasi 3-5 chanoqli ko&#8217;sak, chanoq, meva bandi, gulyonbarglar, kosacha, meva qati, Markaziy urug&#8217;don, chigit va tolalardan iborat. G&#8217;o&#8217;zaning ayrim turlari (jaydari g&#8217;o&#8217;za)da ko&#8217;sak un-chalik ochilmaydi, ayrim turlarida esa chanoqlari shu qadar keng ochiladiki, hatto paxtasi yerga to&#8217;kilib ketadi. Chigiti tuxum yoki noksimon shaklda, uzunligi 0,6\u20141,5 santimetrgacha boradi, eng yo&#8217;g&#8217;on qismining diametri 0,5\u2014 0,8 santimetr. Uzun, asosan, oq tolalar va ko&#8217;pincha kalta tuklar bilan qoplangan. Ekiladigan G&#8217;o&#8217;zalar tolasi uzunligi 25-55 millimetr, oson yigiriladi, chigit qobig&#8217;idan yengil ajraladi, tuklari kalta (4-6 millimetr), qalin, dag&#8217;al, chigitdan ajratish qiyin. Pishib yetilgan chigitning qobig&#8217;i to&#8217;q jigarrang bo&#8217;ladi. Dastlabki rivojlanish davrida chigitda uglevodlar ko&#8217;p bo&#8217;ladi, pishib yetilgan sayin yuqori molekulali azotli birikmalar va yog&#8217;lar to&#8217;planadi. 1000 dona chigit massasi 80-160 gramm atrofida. Biologik xususiyatlari. Chigitning hayot faoliyati boshlanishi uchun minimal harorat 10-12\u00b0 hisoblanadi. Yetarli namlik, aeratsiya, yorug&#8217;lik bo&#8217;lganda harorat 13-14\u00b0 da murtak una boshlaydi; chigit ekilgandan 5-7-15 kun keyin nihollar qiyg&#8217;os to&#8217;liq unib chiqadi. Nihollar unib chiqqandan taxminan bir oy o&#8217;tgach, birinchi shona hosil bo&#8217;ladi, yana 25-30 kundan keyin gul ko&#8217;rinadi. G&#8217;o&#8217;za O&#8217;zidan changlanadigan o&#8217;simlik (chetdan changlanish kamdan-kam kuzatiladi). Navning biologik xususiyatlariga qarab, gullagandan 50-60 kun keyin birinchi ko&#8217;sak pishib ochiladi. Vegetatsiya davri o&#8217;rtacha 110-145 kun davom etadi. Vegetatsiya davrida G&#8217;o&#8217;zaga (g&#8217;o&#8217;za navi va o&#8217;stirish rayoniga qarab) jami 3100\u00b0-4900\u00b0 faol (1700-2200\u00b0 samarador) harorat zarur. \u20141\u20142\u00b0 da nihollari nobud bo&#8217;ladi. O&#8217;sish, rivojlanish va hosil to&#8217;plash uchun sutkalik o&#8217;rtacha harorat 25-30\u00b0 optimal hisoblanadi. G&#8217;o&#8217;za qisqa kun o&#8217;simligi, lekin 13-15 soatlik yorug&#8217; kunda ham normal o&#8217;sib rivojlanadi. Gullash va hosil to&#8217;plash davrida maksimal suv talab qiladi. Suvga bo&#8217;lgan umumiy talab gektariga 8-10 ming metr kubni tashkil kiladi. G&#8217;o&#8217;za sur, qumloq va o&#8217;tloqibotqoqi va boshqa har xil tuproqlarda o&#8217;sib rivojlanishi mumkin, lekin soya joy, namni yoqtirmaydi, quchli shamolga, ayniqsa, garmselga chidamsiz. Sho&#8217;rlangan tuproqlarda o&#8217;smaydi. Xo&#8217;jalik ahamiyati. G&#8217;o&#8217;za qimmatlitexnika o&#8217;simligi; G&#8217;o&#8217;zadan olinadigan mahsulotlardan to&#8217;qimachilik, tikuvchilik, kimyo, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida keng foydalaniladi. Paxta tolasidan kiyim-kechak va texnika gazlamalari tayyorlanadi. Chigitidan lingp, paxsha moyi, kunjara, shulxa, shrot olinadi. Paxta moyi (chigit tarkibida 22-29%) qimmatli oziq mahsuloti bo&#8217;lib, gliserid, E, A vitaminlari va D provitamini hamda linolat kislotaga boy. Paxta shulxasi va shroti chorvachilik uchun yuqori sifatli to&#8217;yimli ozuqa hisoblanadi. Paxta shrotidan ajratib olingan oqsilli ozuqa yosh hayvonlarga sut o&#8217;rnida beriladi. G&#8217;o&#8217;zapoyadan tsellyuloza, qog&#8217;oz, karton, mebellar uchun plita materiallari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Barglaridan limon, olma kislotalari, o&#8217;sish stimulyatorlari olinadi, chanoqlari ksilit ishlab chiqarishga yaraydi. Yetishtirish texnologiyasi. G&#8217;o&#8217;za almashlab ekish dalalariga ekiladi, ulardan g&#8217;o&#8217;za-beda va g&#8217;o&#8217;za-don almashib ekish keng tarqalgan. Agrotexnika tadbirlari orasida kimyolashtirish muhim o&#8217;rin egallaydi. Mineral o&#8217;g&#8217;itlar normalari, ularning nisbati tuproqiqlim zonalariga, dala sharoitiga, nav va uning hosildorligiga bog&#8217;liq. O&#8217;rta tolali G&#8217;o&#8217;za 1 tonna paxta to&#8217;plashi uchun tuproqdan 50-60 kilogramm azot va kaliy, 12\u2014 20 kilogramm fosfor; ingichka tolali G&#8217;o&#8217;za esa oziq moddalarni bunga nisbatan 20 \u2014 25% ko&#8217;proq oladi. Mikroelementlar (bor, marganes, rux, mis, molibden), organik va mahalliy o&#8217;g&#8217;itlar ishlatiladi. Chigit ekish tuproq harorati 10 kun davomida 12-14\u00b0 bo&#8217;lganda mart oxiri\u2014aprel boshlarida boshlanadi. Ekishda tuksizlantirilgan (chigitni aniq ekish) yoki tukdor chigitlardan foydalaniladi. Qo&#8217;sh qatorlab, keng qatorlab (qator orasi 60, 90 santimetr) ekiladi. Ko&#8217;chat qalinligi tuproq sharoitlari va navning biologik xususiyatlariga qarab har gektarda 110\u2014 170 minggacha niholni tashkil etadi. O&#8217;rta Osiyoda G&#8217;o&#8217;za faqat sug&#8217;oriladigan zonalarda ekiladi. Hosilni yig&#8217;ib olish paxta terish mashinalariga mo&#8217;ljallangan dalalarda defoliasiya yoki desikatsiya qilingandan keyin boshlanadi. G&#8217;o&#8217;za agrotexnikasining barcha kompleksi, paxtani terib olish, qisman sug&#8217;orish va boshqa ba&#8217;zi agrousullar mexanizatsiyalashtirilgan. Navlari. 20-asrning 20-yillaridan boshlab O&#8217;zbekistonda 800 dan ortiq G&#8217;o&#8217;za navlari yaratildi, shundan 130 ga yaqini rayonlashtirildi (o&#8217;rta tolali navlardan 80 ta, ingichka tolali navlardan 50 ta). 90-yildan boshlab ekilayotgan asosiy navlari: o&#8217;rta tolali g&#8217;o&#8217;za navlaridan S\u20144727, S\u20146524, 175\u2014F, An\u2014 Boyovut 2, Namangan 77, oq oltin, Ano&#8217;zbekiston 3, Toshkent 6, Chimboy 3010, 138\u2014F, Qirg&#8217;iziston 3, Yulduz, Buxoro 6 va boshqalar; ingichka tolali navlardan Termiz 24, termiz 31, Surxon 5, 6249-V, 9883-I, 9871-I,S-6037, 6465-V va boshqalar. Zararkunandalari: G&#8217;o&#8217;zaga umurtqasiz hayvonlarning 214 turi zarar yetkazadi, bulardan 207 tasi bo&#8217;g&#8217;imoyoqlilar, shu jumladan, 203 tasi \u2014 o&#8217;rgimchakkana, shira, kuzgi tunlam, karadrina, g&#8217;o&#8217;za tunlami va shu kabi hasharotlardir. Zararkunandalarga qarshi kurashda agrotexnik, biologik, kimyoviy, integral himoya usullaridan foydalaniladi. Kasalliklari: vertisillyoz va fuzarioz vilt, gommoz, ildiz chirishi va boshqalar. G&#8217;o&#8217;za ekiladigan maydonlarda begona o&#8217;tlarning 74 turi, chunonchi ajriq, g&#8217;umay, qo&#8217;ypechak, salomalay-qum, itqo&#8217;noq, qora kurmak va boshqalar ko&#8217;p uchraydi. Begona o&#8217;tlarga qarshi mexanik va kimyoviy usullar bilan kurash olib boriladi. Ad.: G&#8217;o&#8217;za. 1\u20144j.lar,T., 1957-61; Maltsev A. M ., G&#8217;o&#8217;za, uning turlari, tuzilishi va rivojlanishi, T., 1960; Rjevskiy G. K., G&#8217;o&#8217;za, T., 1951; g&#8217;o&#8217;zaning fiziologi-yasi va bioximiyasi, T., 1961; Yuldashev S.X., Regulyasiya rosta xlopchatnika s pomoshyu retardantov, T., 1977; Abdullaev A.A., Omelchenko M.V., G&#8217;o&#8217;za turlari, T., 1977; P ogosov yu ., Raqimboev O ., G&#8217;o&#8217;za o&#8217;stirishning yangi usuli, T., 1977; Lifshis E.A., Muslimov S.M., G&#8217;o&#8217;zani sug&#8217;orish, T., 1980; Vliyanie vnutren-nix i vneshnix faktorov na fiziologicheskoe i bioximicheskie prosess! xlopchatnika, T., 1981; Dariev A.S., Abdullaev A.A., Xlopchatnik: (anatomiya, morfologiya, Proisxojdenie), T., 1985; Sadmkov A.S., Xlopchatnik \u2014 chudo rastenie, M., 1985.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;O&#8217;ZA \u2014 gulxayridoshlar oilasiga mansub o&#8217;simliklar turkumi; paxta tolasi olish uchun ekiladigan texnika ekini. 3 ta kenja turkumni o&#8217;z ichiga oladi. Bular bir yillik va ko&#8217;p yillik butalar, daraxtlar hamda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/goza\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-30947","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30947","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30947"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30947\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30949,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30947\/revisions\/30949"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30947"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30947"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30947"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}