{"id":30967,"date":"2022-10-16T13:48:59","date_gmt":"2022-10-16T10:48:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=30967"},"modified":"2022-10-16T13:49:02","modified_gmt":"2022-10-16T10:49:02","slug":"guzor-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/guzor-tumani\/","title":{"rendered":"G&#8217;UZOR TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;UZOR TUMANI &#8211; Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Shimoldan Qamashi, Chiroqchi, sharqdan Dehqonobod, g&#8217;arbdan Qarshi va Nishon tumanlari, Janubda 25 kilometr masofada Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 2,62 ming kilometr kvadrat. Aholisi 147 ming kishi (2005). Tumanda 1 shahar (G&#8217;uzor), 12 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bo&#8217;ston, Batosh, Gulshan, Xalqobod, Shakarbuloq, Qorapul, Pachkamar, Zarbdor, Sherali, Mehnatobod, Qo&#8217;shtepa, Guliston) bor. Markazi \u2014 G&#8217;uzor shahri. Tabiati. G&#8217;uzor tumani Qashqadaryo viloyatining Janubi-sharqida, Qashqadaryoning o&#8217;rta oqimida. G&#8217;uzordaryo havzasi, G&#8217;uzor adirlari va tog&#8217;oldi qiya tekisliklarida joylashgan. Hisor tog&#8217;larining eng chekka Janubi-g&#8217;arbidagi tarmoqlari bo&#8217;lgan Langar \u2014 Qorael tog&#8217;larining o&#8217;rtacha balandligi 800\u2014 850 metr. Pachkamar suv ombori sohillaridagi bu past tog&#8217;lar shimoli-sharqdan Janubi-g&#8217;arbga yo&#8217;nalgan, yon bag&#8217;irlari yassi bo&#8217;lib, mutlaq balandligi 430-750 metr bo&#8217;lgan G&#8217;uzor adirlariga tutashib ketgan. Adirlar zamini to&#8217;rtlamchi davr lyossimon jinslari bilan qoplangan, osti shag&#8217;al va konglomerat qatlamlaridan tashkil topgan. G&#8217;uzor tumani va unga tutash Qamashi, Qarshi va Nishon tumanlari doirasida katta zaxiraga ega bo&#8217;lgan gazli va gaz kondensatli yotqiziqlar O&#8217;zbekistondagi 5 ta neftgazli regionning eng boy Hisor oldi hududini tashkil etadi. Sho&#8217;rtan gaz ishlab chiqarish va &#8220;Sho&#8217;rtangazkimyo&#8221; majmualarining barpo etilishi bilan ularni sel xavfidan muhofaza etish maqsadida tumanning Janubi-g&#8217;arbida ixotazorlar, 10 ming gektar yerda &#8220;Sho&#8217;rtangazkimyo&#8221; ga qarashli maxsus o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi tashkil qilingan. Iqlimi kontinental. O&#8217;rtacha yillik temperatura 16\u00b0. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 1,9\u00b0, eng past temperatura -23\u00b0. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 26,6\u00b0, eng yuqori temperatura 46\u00b0. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 285 millimetr. Yog&#8217;inning asosiy qismi bahor va qish fasllarida yog&#8217;adi. Vegetatsiya davri 272 kun. Tumanning shimol chekkasidan Qashqadaryo oqib o&#8217;tadi. Shuningdek, G&#8217;uzordaryo va uning irmoqlari \u2014 katta O&#8217;ra-Daryo va kichik O&#8217;radaryodir. Tuman hududida Pachkamar suv ombori qurilgan. Tuproqlari och va tipik bo&#8217;z tuproqlar. Yovvoyi o&#8217;simliklardan tekisliklarda, asosan, qoramashoq, qo&#8217;ng&#8217;irbosh, qorasho&#8217;ra, chalov, no&#8217;xatak, istaran, kovrak, yantoq, yulg&#8217;un, tog&#8217;li qismida na&#8217;matak, do&#8217;lana va boshqalar o&#8217;sadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, bo&#8217;ri, quyon, kiyik, chiyabo&#8217;ri, parrandalardan chumchuq, qarg&#8217;a, bedana, kaklik, chil, kalxat, burgut; kemiruvchilardan sichqon, kalamush; sudralib yuruvchilardan turli zaharli va zaharsiz ilonlar, echkemar, kaltakesaklar, suv havzalarida sazan, laqqa, qorabaliqlar uchraydi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 56 kishi. Shahar aholisi 22,3 ming kishi, qishloq aholisi 124,7 ming kishi (2005). Xo&#8217;jaligi. Tumanda 56 sanoat, qurilish korxonasi bor, shulardan yiriklari: paxta tozalash, ta&#8217;mirlash, qishloq xo\u2019jalik mahsulotlarini qayta ishlash, ta&#8217;mirlash-qurilish, &#8220;Sho&#8217;rtangaz&#8221; unitar-sho&#8221;ba, &#8220;Sho&#8217;rtangaz-kimyo&#8221; sanoat korxonalaridir. Savdo, madaniy va maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari, avtovokzal, avtokemping, dehqon bozori bor. G&#8217;uzor tumanida 1500 ga yaqin fermer va dehqon xo&#8217;jaliklari faoliyat ko&#8217;rsatmoqda. Tuman qishloq xo\u2019jalik, asosan, paxtachilik, g&#8217;allachilikka ixtisoslashgan, qo&#8217;ychilik (jumladan, Qorako&#8217;l qo&#8217;ylari), qoramolchilik, parrandachilik ham rivojlangan. Yiliga qariyb 13 ming Qorako&#8217;l teri tayyorlanadi. Tumandagi ekin maydonlarining 12,3 ming gektar yeriga paxta, 26,7 ming gektar yeriga don, shuningdek, sabzavot, kartoshka, ozuqa ekinlari ekiladi. Tumandagi jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 32,9 ming qoramol, 259 ming qo&#8217;y va echki, 55 ming parranda, 1,2 ming yilqi boqiladi (2003). 77 umumiy ta&#8217;lim maktabi (40 mingdan ziyod o&#8217;quvchi), 3 litsey va 3 kasb-hunar kolleji (jami 1700 o&#8217;quvchi) bor. 37 kutubxona, 12 klub muassasasi, madaniyat va istirohat bog&#8217;i mavjud. Tuman Markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona, feldsher-akusherlik, qishloq vrachlik punktlari va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat ko&#8217;rsatadi. Tuman hududidan Toshguzar \u2014 Boysun \u2014 Qumqo&#8217;rg&#8217;on temir yo\u2019l o&#8217;tkazilmoqda. Qarshi \u2014 kitob temir yo\u2019l, uning Sho&#8217;rtanga boruvchi 15 kilometrga yaqin tarmog&#8217;i, Toshkent \u2014 Termiz avtomagistralining bir qismi, Qarshi \u2014 G&#8217;uzor, Shahrisabz \u2014 Qarshi va boshqa yo&#8217;nalishlar bo&#8217;yicha avtomobil yo&#8217;llari o&#8217;tkazilgan. G&#8217;uzor shahridan Qarshi shahriga avtobus va marshrutli taksilar qatnaydi. Latif Erdonov, Abdulyaa Mamatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;UZOR TUMANI &#8211; Qashqadaryo viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Shimoldan Qamashi, Chiroqchi, sharqdan Dehqonobod, g&#8217;arbdan Qarshi va Nishon tumanlari, Janubda 25 kilometr masofada Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/guzor-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-30967","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30967","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=30967"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30967\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":30968,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/30967\/revisions\/30968"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=30967"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=30967"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=30967"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}