{"id":3102,"date":"2021-10-07T16:05:29","date_gmt":"2021-10-07T13:05:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3102"},"modified":"2021-10-07T16:05:31","modified_gmt":"2021-10-07T13:05:31","slug":"xotin-qizlarning-eng-baland-ovozi-qanday-ataladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xotin-qizlarning-eng-baland-ovozi-qanday-ataladi\/","title":{"rendered":"Xotin-qizlarning eng baland ovozi qanday ataladi?"},"content":{"rendered":"\n<p>Siz, albatta, rus dramaturgi Ostrovskiy qalamiga mansub qorqiz haqidagi ertakni o&#8217;qigansiz. Siz, ehtimol, Rimskiy-Korsakov bastalangan judayam latif operani ham tinglagandirsiz. Ayoz va ko&#8217;klamning noziknihol va yoqimtoy qizalog&#8217;i qorqiz partiyasini kompozitor koloturali soprano deb ataluvchi qo&#8217;ng&#8217;iroqdek ingichka va tiniq ovozning zimmasiga yuklaydi. Koloturali soprano \u2014 xotin-qizlarning eng baland ovozi. Koloturali deb atalishiga sabab \u2014koloturalar deb ataladigan o&#8217;ta murakkab vokal jilolar uning izmiga bo&#8217;ysunishida mujassamlashgandir. Ertak qahramonlari \u2014 &#8220;Shoh Saltan haqida ertak&#8221;dagi Oqqush Malika, &#8220;Oltin xo&#8217;rozcha&#8221;dagi Shamoha hazrati oliyasi, biz bilgan Qorqiz partiyalari aksariyat hollarda ana shunday ovozga topshiriladi. Alyabevning mashhur &#8220;bulbul&#8221;ini kim tinglamagan deysiz! U koloturali soprano uchun maxsus bastalangan. Qo&#8217;shiqchi xotin-qizlar orasida lirik soprano \u2014 mayin, latif ovoz eng ko&#8217;p tarqalgan. Chaykovskiyning &#8220;Yevgeniy Onegin&#8221; operasidagi Tatyana, Prokofevning &#8220;Urush va tinchlik&#8221; operasidagi Natasha va Rubinshteynning &#8220;Demon&#8221; operasidagi Tamara partiyalari lirik soprano uchun bastalangan bo&#8217;lib, ularda ko&#8217;ngil iliqligi va muloyimlik, lirizm jihatlarining ustunligi saqlangan. Ko&#8217;pincha sopranoning boshqacha ko&#8217;rinishi \u2014 dramatik soprano ham uchraydi. Bastakorlar ushbu kuchli va yorqin ovozni tabiatan irodali va chigal taqdirli qahramonlariga ravo ko&#8217;radilar. Dargomishskiyning &#8220;Suvparisi&#8221; operasidagi Natasha va Chaykovskiyning &#8220;Pikovaya dama&#8221; operasidagi Liza ana shundaylardan. O&#8217;zida turli-tuman sifatlarni, masalan, lirik-dramatik yoki lirik koloturali soprano jihatlarini birlashtirgan ovozlar ham bor. Bunday ovozga sohib qo&#8217;shiqchilar turli-tuman partiyalarni ijro etishga layoqatli bo&#8217;lishadi. Shunday bo&#8217;lsa-da, o&#8217;zlari uchun asosan, vokal va qahramonning badiiy timsoliga ko&#8217;ra eng yaqin bo&#8217;lganini tanlaydilar. Soprano diapozoni \u2014 birinchi oktava &#8220;do&#8221;dan (eng past ovoz) to uchinchi oktava &#8220;do&#8221;ga qadar (eng baland ovoz). Eng mashhur-qo&#8217;shiqchi xotin-qizlar \u2014 italiyalik Amelita Galli-kurchi, yunonistonlik Mariya Kallas va rossiyalik Antonina Nejdanova, mustaqil O&#8217;zbekistonimizdan esa Muyassar Razzoqova ana shunday ovoz sohibalaridir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Siz, albatta, rus dramaturgi Ostrovskiy qalamiga mansub qorqiz haqidagi ertakni o&#8217;qigansiz. Siz, ehtimol, Rimskiy-Korsakov bastalangan judayam latif operani ham tinglagandirsiz. Ayoz va ko&#8217;klamning noziknihol va yoqimtoy qizalog&#8217;i qorqiz partiyasini kompozitor &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/xotin-qizlarning-eng-baland-ovozi-qanday-ataladi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3102","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3102","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3102"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3102\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3103,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3102\/revisions\/3103"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3102"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3102"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3102"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}