{"id":3151,"date":"2021-10-08T12:23:21","date_gmt":"2021-10-08T09:23:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3151"},"modified":"2021-10-08T12:23:21","modified_gmt":"2021-10-08T09:23:21","slug":"maishiy-raqslar-qay-tariqa-boshlangan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/maishiy-raqslar-qay-tariqa-boshlangan\/","title":{"rendered":"Maishiy raqslar qay tariqa boshlangan?"},"content":{"rendered":"\n<p>Raqslar bashariyatning deyarli ilk qadamlaridanoq u yoki bu shaklda mavjud bo&#8217;lgan. Ibtidoiy odamlar raqslarda hayvonlar yoki tabiat kuchlarini tasvirlashgan va diniy raqslar insoniyat tarixining eng birinchi sahifalaridanoq uning bir qismi bo&#8217;lgan edi. Shunday bo&#8217;lsa hamki, maishiy raqslar \u2014 tamomila boshqa narsa. Bu, eng ko&#8217;p darajada huzur-halovat topish maqsadidagi mashg&#8217;ulot. Taajjub, biroq raqslarning bu turi ham uzoq tarixga sohibdir. Eng qadimgi yunonlar ham raqslardan bir ermak sifatida mamnun bo&#8217;lishgan. Masalan, Aristotel raqslarni foydali deb hisoblagan, chunki ular kishilar yurish-turishining o&#8217;ziga xos xususiyatlaridan dalolat berardida. Gomer ham maishiy raqslarni yuqori baholagan. Shuning barobarida rimlik mashhur notiq Tsitseron raqslar haqida shunday degan edi: &#8220;Oqil kishi, agar u faqat ahdidan yiroqlashmagan bo&#8217;lsa, bir o&#8217;zi ham, kimlarningdir davrasida ham raqsga tushmaydi, chunki raqslar \u2014 yengiltaklik, fosiqlik va shahvatning yo&#8217;ldoshidir&#8221;. Tasavvur qiling-a, buyuk notiq rok-n-roll haqida nimalar degan bo&#8217;lardi! Yunonlarda raqs barcha tantanalar va bayramlarning tarkibiy qismi bo&#8217;lgan. Buyuk Sokrat va Platonlarning ularga mayl bildirgani raqs qadimgi Ellada xalqiga naqadar chuqur singishganidan dalolat beradi. Ijtimoiy san&#8217;at sifatida raqslar Misrda keng tarqalganiga ham 4000 yildan ko&#8217;proq bo&#8217;ldi! Tantanalarda mehmonlarni xursand qilish ularda ham odatdagi tadbir sanalardi. Hindistonda ham raqs san&#8217;ati, garchi raqslar aksariyat hollarda diniy mazmunga ega bo&#8217;lsada, vaqtixushlik shakli sifatida qadimdan mavjud bo&#8217;lgan. Maishiy raqslar qadimdan mavjud bo&#8217;lgan tag&#8217;in bir mamlakat Ispaniyadir. Bu yerda raqsning ko&#8217;pgina xatti-harakatlari, albatta, arablardan olingan. Raqs san&#8217;ati bugun bizga ma&#8217;lum bo&#8217;lgan holatida chinakamiga rivojlana boshlagan mamlakat Fransiyadir. Garchi, ko&#8217;plab raqslarning ildizlarini boshqa mamlakatlarda ham ko&#8217;rish mumkin bo&#8217;lsa-da, ular aynan Fransiyada takomilga yetkazilgan edi. Bunda raqs san&#8217;atini jon-dilidan e&#8217;zozlagan Yekaterina Medichining xizmatiga birdaniga baho berish ancha qiyindir. Raqslarga muhabbat Versaldan tez orada xususiy uylarga ham tarqaladi. Lyudovik XIV zamonida salon raqs san&#8217;ati baland cho&#8217;qqilarni zabt etdi. Ulug&#8217;vor balet spektakllari uyushtirilar va o&#8217;sha zamonning eng dongdor kompozitorlari o&#8217;z musiqalarini aynan saroy raqslari uchun yaratar edilar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Raqslar bashariyatning deyarli ilk qadamlaridanoq u yoki bu shaklda mavjud bo&#8217;lgan. Ibtidoiy odamlar raqslarda hayvonlar yoki tabiat kuchlarini tasvirlashgan va diniy raqslar insoniyat tarixining eng birinchi sahifalaridanoq uning bir qismi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/maishiy-raqslar-qay-tariqa-boshlangan\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3151","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3151","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3151"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3151\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3153,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3151\/revisions\/3153"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3151"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3151"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3151"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}