{"id":3161,"date":"2021-10-08T13:16:42","date_gmt":"2021-10-08T10:16:42","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3161"},"modified":"2021-10-08T13:16:44","modified_gmt":"2021-10-08T10:16:44","slug":"baletning-qanaqa-turlari-mavjud","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/baletning-qanaqa-turlari-mavjud\/","title":{"rendered":"Baletning qanaqa turlari mavjud?"},"content":{"rendered":"\n<p>An&#8217;anaviy yoki mumtoz balet qat&#8217;iy qoidalarga va an&#8217;analarga amal qiladi. Qo&#8217;llar, oyoqlar va barmoqlar uchun andozaviy pozitsiyalar, shuningdek aktyorlarning ohista va xiromon harakatlanishini shartlab qo&#8217;yadigan maxsus harakatlar mavjud. Mumtoz baletda musiqa faqat orkestr tomonidan ijro etiladi, ssenariy va ulug&#8217;vor liboslar batafsil o&#8217;ylab olinadi. Ko&#8217;pincha baletda qandaydir voqea hikoya qilinadi, lekin raqsga tushayotganlarning o&#8217;zlari biron og&#8217;iz ham gapirmaydilar. Ular voqeani mimika (maxsus imo \u2014 ishoralar) yordamida, shuningdek o&#8217;z jism \u2014 tanalari harakatining nazokati bilan &#8220;ko&#8217;rsatadilar&#8221;. Bu esa balet dramaturgiyasi deb ataladigan narsadir. Raqs harakatlarini o&#8217;ylab topuvchi, namoyon bo&#8217;luvchi sahna qiyofasini yaratuvchi odam xoreograf deb ataladi. Baletning teatr tamoshasi turi sifatida oyoqqa turishi XVIII\u2014XIX asrlar bo&#8217;sag&#8217;asida ro&#8217;y berdi. O&#8217;sha davrning ba&#8217;zi bir balet tomoshalari san&#8217;at tarixidan o&#8217;rin olgan. Ularni hanuzga qadar dunyoning ko&#8217;plab sahnalarida qayta jonlantiradilar. Masalan, &#8220;Jizel&#8221; \u2014 fransuz kompozitori Adanning musiqasiga balet shulardan biri bo&#8217;lib, unda sevgi hijronidan tugab borayotgan yosh qishloqi qizning ta&#8217;sirchan va ayni chog&#8217;da fojeali tarixi hikoya qilinadi. U ilk marta 1841 yilda sahnashtirilgan edi. Biroq ushbu baletning ikkinchi umri XX asrda, ajoyib balerinalar \u2014 A. Pavlova, G. Ulanova, M. Pliseskayalar sahnada porlagan paytlarda boshlanadi. XX asr boshlari san&#8217;atida simfonik baletning sahna timsolining teng huquqli tarkib toptiruvchilari raqs va musiqa bo&#8217;lgan alohida janri shakllana boshladi. Bunday sahna asarlariga P. Chaykovskiyning &#8220;Uyqudagi go&#8217;zal&#8221; va &#8220;Oqqush ko&#8217;li&#8221;, I. Stravinskiyning &#8220;Muqaddas bahor&#8221;, &#8220;Petrushka&#8221;, &#8220;Humo&#8221;, S. Prokofevning &#8220;Zolushka&#8221; baletlarini kiritish mumkin. O&#8217;zining tashqi ko&#8217;rinishi bilan mumtoz baletdan sezilarli farq qiluvchi zamonaviy deb ataladigan balet boshqacharoq tavsifdadir. Eng avvalo, u yanada erkinroq, hammmasidan ko&#8217;ra raqs harakatlariga ko&#8217;proq o&#8217;xshab ketadigan zamonaviy harakatlarni taqozo etadi. Zamonaviy baletdagi qadam bosishlar oldindan belgilanmaydi, ularning improvizatsiya qilinishiga yo&#8217;l qo&#8217;yiladi. Ba&#8217;zan qandaydir tarixni namoyish etish o&#8217;rniga raqqoslar kuyga, qandaydir mavzuga muvofiq yoki hatto shaxsiy kayfiyatlariga bo&#8217;ysungan holda shunchaki harakatlanadilar. Zamonaviy baletda sahna samaralari ham ancha katta ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>An&#8217;anaviy yoki mumtoz balet qat&#8217;iy qoidalarga va an&#8217;analarga amal qiladi. Qo&#8217;llar, oyoqlar va barmoqlar uchun andozaviy pozitsiyalar, shuningdek aktyorlarning ohista va xiromon harakatlanishini shartlab qo&#8217;yadigan maxsus harakatlar mavjud. Mumtoz baletda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/baletning-qanaqa-turlari-mavjud\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3161","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3161","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3161"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3161\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3163,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3161\/revisions\/3163"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3161"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3161"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3161"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}