{"id":3168,"date":"2021-10-08T13:20:09","date_gmt":"2021-10-08T10:20:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3168"},"modified":"2021-10-08T13:20:10","modified_gmt":"2021-10-08T10:20:10","slug":"ierogliflar-bilan-nimalarni-yozadilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ierogliflar-bilan-nimalarni-yozadilar\/","title":{"rendered":"Ierogliflar bilan nimalarni yozadilar?"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;Ierogliflar&#8221; so&#8217;zi qadimgi yunonchadan taxminan &#8220;muqaddas o&#8217;yma&#8221; sifatida tarjima qilinadi. Amalda esa bu, misrliklar qadimiy yozuvining to&#8217;lasincha oydinlashmagan nomidir. Nomlanish bunday yozuvlarni ilk daf&#8217;a ko&#8217;rgan yunonlar ularni kohinlar yozgan muqaddas matnlar deb o&#8217;ylaganlaridan kelib chiqqan. Haqiqatan, Misr ierogliflari, ehtimol, bizga ma&#8217;lum bo&#8217;lgan yozuv tizimlarining bobokalonidir. Topilgan bitiklardan ba&#8217;zilari taxminan miloddan avvalgi 3000 yil bilan sanalashtiriladi va qadimiy Misrning ularga asoslangan yozuv tili milodning I asrlariga qadar mavjud bo&#8217;lgan. Avvalboshda qadimgi misrliklar yozuvning dunyoning barcha ibtidoiy xalqlari foydalanganlariga o&#8217;xshash bo&#8217;lgan, oddiy suvratli yoxud ko&#8217;plar piktografik xat deb ataydigan shaklidan foydalanishgan. Ierogliflar oddiy suvrat bo&#8217;lib, ulardan har biri real jismoniy ob&#8217;yektni namoyon etardi. Quyosh g&#8217;ildirak ko&#8217;rinishida, oy hilol tarzida, suv \u2014 to&#8217;lqinli chiziq bilan, inson \u2014 kichik figura bilan va hokazo. Biroq bu &#8220;kriptogramma&#8221;lar ko&#8217;zga ko&#8217;rinmaydigan hodisalar, jarayonlarni, masalan, fikr, nur, kun, tunni tasvirlay olmasdi. Shu tarzda, ierogliflar vaqt o&#8217;tishi bilan faqat ob&#8217;yektlarnigina emas, tushunchalarning ham alomatiga aylana boshladi. G&#8217;ildirak (girvat) faqat &#8220;Quyosh&#8221; nigina emas, &#8220;kun&#8221; tushunchasini ham anglata olardi; boshqa bir alomat &#8220;burilish&#8221;, &#8220;yo&#8217;nalish o&#8217;zgarishi&#8221;ni ifodalardi. Bunday fikriy alomatlar ideogrammalar deb ataladi. Ierogliflar rivojidagi keyingi bosqich real mavjud bo&#8217;lgan buyumlar o&#8217;rnida tovushlarni aks ettirish uchun ramzlarni tasvirlashdan iborat bo&#8217;lgan. Masalan, ingliz tilida &#8220;bee&#8221; \u2014 &#8220;asalari&#8221; so&#8217;zi nafaqat hashoratni ifodalashi mumkin, qolaversa &#8220;bi&#8221; (bee\u2014bi), &#8220;leif&#8221;\u2014 &#8220;yaproq&#8221; ham &#8220;lif&#8221; (lif) tovushi sifatida jarang lashi ham mumkin. Ular birikkanda &#8220;Belief&#8221; \u2014 &#8220;e&#8217;tiqod&#8221; so&#8217;zini anglatadi. Tovushli belgilar sifatida qo&#8217;llanadigan bunday ierogliflar fonogramma deb ataladi. Qadimgi misrliklar so&#8217;zlarni suvrat shaklida, sifatida tasvirlash mumkinmi yoki mumkin emasligidan qat&#8217;i nazar ulardan istalganini yoza olar edilar. Bu fonogrammalardan butun boshli belgilar turkumi maydonga keldi, ulardan har biri faqat bitta harfni ifoda etardi. Yozayotgan paytda misrliklar ohangdoshlardan foydalanishgan. Masalan, inglizcha &#8220;drink&#8221; (ichmoq) so&#8217;zi &#8220;drnk&#8221; sifatida yozilgan bo&#8217;lur edi (tabiiy, qadimgi misrliklar o&#8217;z tilida yozishgan). Misrliklar, bundan tashqari, yozuvda eskirgan belgilar \u2014 ideogrammalar, fonogrammalar va piktogrammalar qo&#8217;llanishini saqlab qoldilar. Vaqt o&#8217;tishi bilan bu narsa yozma nutqni shu qadar murakkablashtirib yubordiki, avom ko&#8217;pincha uni tushuna olmas edi!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;Ierogliflar&#8221; so&#8217;zi qadimgi yunonchadan taxminan &#8220;muqaddas o&#8217;yma&#8221; sifatida tarjima qilinadi. Amalda esa bu, misrliklar qadimiy yozuvining to&#8217;lasincha oydinlashmagan nomidir. Nomlanish bunday yozuvlarni ilk daf&#8217;a ko&#8217;rgan yunonlar ularni kohinlar yozgan muqaddas &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ierogliflar-bilan-nimalarni-yozadilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3168","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3168","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3168"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3168\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3169,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3168\/revisions\/3169"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3168"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3168"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3168"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}