{"id":32081,"date":"2022-10-23T11:14:19","date_gmt":"2022-10-23T08:14:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32081"},"modified":"2022-10-23T11:14:21","modified_gmt":"2022-10-23T08:14:21","slug":"kabul-tekstaylz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kabul-tekstaylz\/","title":{"rendered":"&#8220;KABUL TEKSTAYLZ&#8221;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#8220;KABUL TEKSTAYLZ&#8221; &#8211; Janubiy Koreyadagi korporatsiya. Aka-uka ishbilarmonlar cha-ka va cha-ol tomonidan 1950 yilda tashkil qilingan. Paxta tolasidan kalava ip, dag&#8217;al ip, gazlama, satin, chit matolar ishlab chiqaradi. Bosh idorasi Seul shahrida. &#8220;Kabul Tekstaylz&#8221;ning xorijda 6 ta vakolatxonasi (AQSh, Germaniya, Xitoy, Shri Lanka, Gongkong, O&#8217;zbekistonda), Koreyada 3 ta korxonasi, xorijda 10 ta qo&#8217;shma korxonasi bor. AQShda 1 (Los- Anjelesda), Xitoyda 4, Tojikistonda 1 (Xo&#8217;jand shahrida) va O&#8217;zbekistonda 3 (Toshkent, To&#8217;ytepa, Farg&#8217;ona shaharlarida) qo&#8217;shma korxona tashkil qilingan (2002). Janubiy Koreyadagi 3 ta korxonasida ip yigirish, to&#8217;qimachilik, gazlamaga gul bosish jarayonlari bajariladi, yalpi quvvati 300 ming urchuqdan iborat. Ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi yiliga taxminan 200 million AQSh dollarini, har bir korxonada xodimlar soni 2000-2500 nafarni tashkil qiladi. O&#8217;zbekistonda qo&#8217;shma korxonalarni tashkil qilish uchun To&#8217;ytepadagi &#8220;kabul-To&#8217;ytepa LTD&#8221; qo&#8217;shma korxonaga (1996 yilda ishga tushirilgan) 107 million, Toshkent (Ko&#8217;kcha) dagi &#8220;kabul-O&#8217;zbek&#8221; qo&#8217;shma korxonaga (1999 yil) 114,9 million, Farg&#8217;onadagi &#8220;Kabul-Farg&#8217;ona&#8221; qo&#8217;shma korxonaga (2001y.) 115,0 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan. Toshkent, To&#8217;ytepa, Farg&#8217;onadagi korxonalarida ip yigiruv va to&#8217;qimachilik fabrikalari tashkil qilingan bo&#8217;lib, To&#8217;ytepada 101760 urchuq, Toshkentda 115576 ta, Farg&#8217;onada 110 mingdan ortiq urchuq o&#8217;rnatilgan. To&#8217;quv fabrikalarida &#8220;Pikanos&#8221; rusumli dastgohlardan To&#8217;ytepada 34 ta, Toshkentda 84 ta, &#8220;Vamateks&#8221; rusumli dastgohdan faqat To&#8217;ytepadagi korxonada 96 ta o&#8217;rnatilgan. Barcha qo&#8217;shma korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar: paxta tolasidan yigirilgan ip, spandeks bilan yigirilgan ip (10-nomerdan 40-nomergacha), dag&#8217;al ip gazlama (100 g\/m \u2014 400 g\/m gacha), dag&#8217;al ip gazlama spandeks bilan (100g\/m\u2014400g\/m gacha). To&#8217;ytepadagi korxona yiliga 21600 tonna, Toshkent va Farg&#8217;ona korxonalar 26500 tonnadan kalava ip ishlab chiqaradi. Dag&#8217;al ip gazlama ishlab chiqarish bo&#8217;yicha yillik quvvatlar To&#8217;ytepada 14 million, Toshkent va Farg&#8217;onadagi korxonalarning har birida 9,0 million metrni tashkil qiladi. O&#8217;zbekistonda 3 qo&#8217;shma korxona bo&#8217;yicha bir yilda sotiladigan mahsulot hajmi 150 million AQSh dollarini tashkil qiladi. O&#8217;zbekistonda qurilgan korxonalarda keyinchalik matolarga gul bosish va tayyor kiyim mahsulotlari ishlab chiqarishni yo&#8217;lga qo&#8217;yish mo&#8217;ljallangan. Sadir Salimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#8220;KABUL TEKSTAYLZ&#8221; &#8211; Janubiy Koreyadagi korporatsiya. Aka-uka ishbilarmonlar cha-ka va cha-ol tomonidan 1950 yilda tashkil qilingan. Paxta tolasidan kalava ip, dag&#8217;al ip, gazlama, satin, chit matolar ishlab chiqaradi. Bosh idorasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kabul-tekstaylz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-32081","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32081","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32081"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32081\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32088,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32081\/revisions\/32088"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32081"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32081"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32081"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}