{"id":32148,"date":"2022-10-23T19:40:23","date_gmt":"2022-10-23T16:40:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32148"},"modified":"2022-10-23T19:40:27","modified_gmt":"2022-10-23T16:40:27","slug":"kavardon","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kavardon\/","title":{"rendered":"KAVARDON"},"content":{"rendered":"\n<p>KAVARDON \u2014 qadimgi shahar xarobasi (milodiy 1 \u201413-asr boshi) Toshkent shahridan 25 kilometr sharqda, Chirchiqning chap qirg&#8217;og&#8217;idagi qadimgi o&#8217;zani sohilidagi (hozirgi Qorasuv va Hamdam kanali yoqalari) hozirgi Kavardon qishlog&#8217;i maydonida, yuqori Chirchiq va Parkent tumanlari chegarasida joylashgan. Shaharning umumiy maydoni 75 gektarga teng bo&#8217;lib, Shahriston va arkdan tashkil topgan. Shaharni bir necha darvozalari bo&#8217;lib, ular orqali yo&#8217;nalgan keng ko&#8217;chalar markazga olib borgan. Arab tarixchilaridan Istaxriy, Muqaddasiy (9-10-asrlar) asarlarida bu shahar &#8220;kabrana&#8221;, &#8220;Kabarna&#8221; deb tilga olingan. Yodgorlik xarobalari ilk bor 1972 yil Hamdam kanalini ta&#8217;mirlash ishlari vaqtida Yu. F. Buryakov rahbarligidagi Choch-Iloq otryadi tomonidan aniqlangan. 1973 yildan tanaffuslar bilan arxeologik qazishma ishlari olib borilgan. 2001 yildan esa O&#8217;. Islomov boshchiligidagi Parkent otryadi qazishma ishlarini davom ettirmoqda. Qazishmalar natijasida shahar arkining (hozirgi Uning xarobalari Xontepa deb ataladi) shimoldagi pastki madaniy qatlamlardan Burganli madaniyatiga oid (miloddan avvalgi 8-7-asrlar) yerto&#8217;la, o&#8217;choq xarobalari, uy-ro&#8217;zg&#8217;or idishlari (ko&#8217;za, tovoq, qozon kabi) parchalari topilgan. Keyingi qatlamlardan olingan ma&#8217;lumotlar bu yodgorlikka qandaydir sabablarga ko&#8217;ra, uzoq muddatli tanaffusdan keyingi hayot milodiy 1-2-asrlardan boshlanganligidan dalolat beradi. Shahar arki to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak (60x50x14 metr) shaklda, madaniy qatlami 8 metrga yaqin, shimol va Janub tomondan darvozalari bo&#8217;lgan. Qazishma natijasida paxsa va xom g&#8217;ishtdan qurilgan bir nechta xonali ibodatxona bo&#8217;lganligi aniqlandi. Ibodatxonaning bir katta zali markazida otashgoh qoldiqlari topildi. 3-4-asrlarga oid bu ibodatxona xarobaga uchragach, uning o&#8217;rnida keyingi asrlarda yangi ibodatxona qurilgan va u ham kuchli yong&#8217;in natijasida vayron bo&#8217;lgach, uning o&#8217;rnida 8 ta to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchak xonalardan iborat bo&#8217;lgan novus qurilgan. 5-6-asrlarda shahar mavqei pasaygan. Shahar maydonida bu davrlarda turli ko&#8217;rinishlardagi novuslar (otashparastlarning qadimgi maqbaralari), kenotaflar paydo bo&#8217;lgan. Ular ichida, Ark xarobalarida ko&#8217;p xonali novus o&#8217;ziga xosdir. Uni bo&#8217;yi 19 metr, eni 17,5 metr bo&#8217;lib, tashqi devorlarining qalinligi 3 metr, ichki devorlari 1,5 metrdan bo&#8217;lgan. Barcha qurilgan bu xilxonalar paxsa, xom g&#8217;ishtdan ishlangan bo&#8217;lib, g&#8217;ishtlar ustiga turli belgilar barmoq yordamida chizilgan. 7-8-asr boshlarida shahar Choch viloyatidagi yirik shaharlar qatoridan joy olgan, tanga pullar zarb qilina boshlagan, shunday noyob mis tangalarning birini (aylanasi 20 millimetr, og&#8217;irligi 1,6 gramm) oldi tomonida toj kiygan hokim, uni aylanasi bo&#8217;ylab 15 harfdan iborat bo&#8217;lgan &#8220;Kavirad Kabarna hokimi&#8221; degan jumla Sug&#8217;d yozuvida bitilgan. Kavardonda kulolchilik sohasida yuqori yutuqlarga erishilganligidan va bu mahsulotga bo&#8217;lgan talabni ichki va tashqi savdoda o&#8217;sib borganligidan dalolat beradi. Kavardon 13-asr boshida mo&#8217;g&#8217;ullar tomonidan vayron qilingan. O&#8217;tkir Alimov, Kobil Alimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KAVARDON \u2014 qadimgi shahar xarobasi (milodiy 1 \u201413-asr boshi) Toshkent shahridan 25 kilometr sharqda, Chirchiqning chap qirg&#8217;og&#8217;idagi qadimgi o&#8217;zani sohilidagi (hozirgi Qorasuv va Hamdam kanali yoqalari) hozirgi Kavardon qishlog&#8217;i maydonida, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kavardon\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-32148","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32148","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32148"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32148\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32149,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32148\/revisions\/32149"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32148"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32148"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32148"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}