{"id":32270,"date":"2022-10-25T12:53:23","date_gmt":"2022-10-25T09:53:23","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32270"},"modified":"2022-10-25T12:53:25","modified_gmt":"2022-10-25T09:53:25","slug":"ihota-daraxtzorlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ihota-daraxtzorlari\/","title":{"rendered":"IHOTA DARAXTZORLARI"},"content":{"rendered":"\n<p>IHOTA DARAXTZORLARI \u2013 qishloq xo\u2019jalik ekinlari, chorvachilik fermalari, kanallar, aholi punktlari, avtomobil va temir yo\u2019llar, suv omborlari va boshqa ob&#8217;yektlarni tabiatning noqulay hodisalari (qurg&#8217;oqchilik, tuproq eroziyasi, sel, qor va boshqalar)dan saqlash va mikroiqlimni yaxshilash maqsadlarida barpo qilinadigan o&#8217;rmon daraxtzorlari. Ular o&#8217;rmon massivlari, tasmasimon va tup-tup shaklda bo&#8217;lishi mumkin. Bu daraxtzorlar o&#8217;rmonlarning 1-guruh toifasiga kiradi. Bajaradigan vazifasiga qarab Ihota daraxtzorlari quyidagi guruhlarga bo&#8217;linadi: davlat ihota o&#8217;rmonzorlari; lalmi yerlardagi Ihota daraxtzorlari; kanallar atrofidagi ihota o&#8217;rmonzorlari; sug&#8217;oriladigan yerlardagi dala o&#8217;rmon ihotazorlari; tog&#8217; qiyaliklaridagi suvlarni tartibga solish ihotazorlari; jarliklar atrofidagi o&#8217;rmon ihotalari; tog&#8217; meliorativ Ihota daraxtzorlari; yaylov o&#8217;rmon ihotazorlari; Fermalar atrofidagi o&#8217;rmon ihotazorlari; yashil soyabonlar; ko&#8217;chma qumlarda barpo etilgan o&#8217;rmon ihotazorlari va boshqalar. Ihota daraxtzorlarini barpo etishda asosiy (himoyalovchi), yo&#8217;ldosh (tuproqning vertikal kesimini zichlaydigan) daraxtlar va buta (tuproqni eroziyadan himoyalaydigan) lardan foydalaniladi. Ihota daraxtzorlarining quyidagi turlari ko&#8217;proq qo&#8217;llanadi: lalmi va sug&#8217;oriladigan yerlarda daraxt va butalar ekib, 2-4, ba&#8217;zan 5 qator dala ihota daraxtlari mintaqasi hosil qilinadi. Shamol kuchli bo&#8217;lgan mintaqalarda (Farg&#8217;ona vodiysining Qo&#8217;qon tumanlari guruhi, Mirzacho&#8217;l va sh.k.) 4-5 qatorli panjarasimon daraxtzor mintaqalari (mintaqaning butun vertikal kesimi bo&#8217;yicha bir xil oraliqda yo&#8217;laklar qoldiriladi) yaxshi samara beradi. Dala ihota daraxtzor mintaqalari shamol tezligini pasaytiradi, tuproqni shamol eroziyasidan saqlaydi, qorning bir tekisda to&#8217;planishiga va namni saqlashga imkon beradi. Suvni tartiblovchi daraxtzor mintaqalari qiyaroq qishloq xo\u2019jalik yerlarida barpo qilinadi. Ularning asosiy vazifasi erigan qor suvlari va yog&#8217;inlarning oqib ketishini kamaytirishdan iborat. Shuningdek, ular tuproqni yuvilib ketishdan saqlaydi, yer sirtidagi suvlarning tuproq ostiga o&#8217;tishini osonlashtiradi. Daraxtzor mintaqalarining suvni tartiblovchilik rolini oddiy gidrotexnika inshootlari \u2014 terrasalar, Marzalar, ariqchalar yordamida kuchaytirish mumkin. Soylik va jarlik bo&#8217;ylari daraxtzor mintaqalari, asosan, soylik va jarlik bo&#8217;ylarini yuvilishdan saqlashga xizmat qiladi. Bunday daraxtzorlar 12,5\u201421 metr kenglikda qalin qilib ekiladi, ba&#8217;zan esa soylik va jarlik yoqalari yoppasiga o&#8217;rmonzorga aylantiriladi. Tog\u2019 yon bag&#8217;rilari o&#8217;rmonlari seldan saqlash maqsadini ko&#8217;zda tutadi. Masalan, Chirchiq va Samarqand o&#8217;rmon xo&#8217;jaliklarida sel xavfi bo&#8217;lgan havzalarning bir qancha ming gektar maydoni o&#8217;rmonlashtirilgan. Qumliklarda ihota daraxtlari o&#8217;tqazish deflyatsiyaning oldini olish, ko&#8217;chma qumlarni mustahkamlash va cho&#8217;l yaylovlarining o&#8217;rmon melioratsiyasi maqsadlarida amalga oshiriladi; kanal bo&#8217;ylari daraxtzorlari suvning bug&#8217;lanishini kamaytiradi, grunt suvlari sathini pasaytiradi, kanal bo&#8217;ylaridagi yerlarni qayta sho&#8217;rlanishdan saqlaydi; suv omborlari atrofiga daraxtlar o&#8217;tqazish yer usti suv oqimini kamaytirib, uni tuproq ostiga va gruntga ko&#8217;chiradi, qirg&#8217;oqni yuvilishdan saqlaydi, sohilbo&#8217;yi hududlarning gidrologik rejimini yaxshilaydi; aholi punktlari atrofiga va yo&#8217;l yoqalariga daraxt o&#8217;tqazish shamol tezligini pasaytiradi, qurg&#8217;oqchilik ta&#8217;sirini yumshatadi, mikroiqlimni yaxshilaydi, temir yo&#8217;llar va avtomobil yo&#8217;llarini qor bosishidan saqlaydi va hokazolar. Ihota daraxtzorlari shamolga nisbatan joylanishiga qarab asosiy (shamol yo&#8217;nalishiga ko&#8217;ndalang) va yordamchi (asosiy ihotazorga perpendikulyar) turlarga bo&#8217;linadi. Asosiy o&#8217;rmon ihotazorlari oralig&#8217;i shamolning kuchiga qarab 300\u2014 600 metr, yordamchi ihotazorlar oralig&#8217;i 800-1200 metr bo&#8217;ladi. Ihota daraxtzorlari 3-5 qatordan iborat bo&#8217;lib, qatorlar oralig&#8217;i 2,5\u20143 metr, qator ichida 1-2 metrga teng bo&#8217;ladi. O&#8217;zbekistonda har yili 33 ming gektar maydonda o&#8217;rmonzorlar barpo qilinmoqda, uning 10-12 ming gektari Orol dengizining suvi qurigan joylariga to&#8217;g&#8217;ri keladi (2002). Dala, aholi punktlari, suv omborlari atrofiga, kanal va yo&#8217;l yoqalariga dub, qayrag&#8217;och, terak, tol, jiyda, chinor va shunga o&#8217;xshash daraxtlar, tog&#8217;yon bag&#8217;irlariga archa, dub, yong&#8217;oq, bodom va boshqalar, qumlarni mustahkamlashda esa saksovul, kandim, shumtol va boshqalar ekiladi. Ad.: Molchanova A. I., Boyko N. P., Polezashitnoe lesorazvedenie v Uzbekistane, M., 1969; Agrolesomeliorasiya, [Podred. V. P. Vinogradova], M., 1979. Abdushukur Xonazarov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IHOTA DARAXTZORLARI \u2013 qishloq xo\u2019jalik ekinlari, chorvachilik fermalari, kanallar, aholi punktlari, avtomobil va temir yo\u2019llar, suv omborlari va boshqa ob&#8217;yektlarni tabiatning noqulay hodisalari (qurg&#8217;oqchilik, tuproq eroziyasi, sel, qor va boshqalar)dan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ihota-daraxtzorlari\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-32270","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32270","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32270"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32270\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32274,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32270\/revisions\/32274"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32270"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32270"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32270"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}