{"id":32277,"date":"2022-10-25T13:13:08","date_gmt":"2022-10-25T10:13:08","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32277"},"modified":"2022-10-25T13:13:10","modified_gmt":"2022-10-25T10:13:10","slug":"iqtisodiy-qonunlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/iqtisodiy-qonunlar\/","title":{"rendered":"IQTISODIY QONUNLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>IQTISODIY QONUNLAR &#8211; kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy ne&#8217;matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste&#8217;mol munosabatlarini boshqarib turuvchi ob&#8217;yektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va ishlab chiqarish munosabatlari vujudga kelishi bilan amal qila boshlaydi. Iqtisodiy qonunlar ishlab chiqarish munosabatlari tizimidagi muhim, barqaror, ichki, mohiyatli, zaruriy, muntazam takrorlanuvchi aloqadorliklar, bog&#8217;lanishlarni ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar doimo bir-biri bilan bog&#8217;liq, biri ikkinchisini taqozo qilgan holda amal qiladi, ma&#8217;lum shart-sharoitlar yo&#8217;qolgach, Iqtisodiy qonunlar ham o&#8217;z kuchini yo&#8217;qotadi. Iqtisodiy qonunlarning ta&#8217;sir doirasi va xarakteri jamiyat taraqqiyotining ob&#8217;yektiv shart-sharoitlariga, ishlab chiqarish vositalariga nisbatan bo&#8217;lgan munosabat shakllariga, ijtimoiy mehnatni tashkil qilish va uning natijalarini taqsimlash usullariga bog&#8217;liq. Iqtisodiy qonunlar ob&#8217;yektiv xarakterga ega. Amal qilish davrining davomiyligiga qarab Iqtisodiy qonunlar 3 guruhga ajratiladi: Umumiy Iqtisodiy qonunlar \u2014 kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladigan qonunlar. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o&#8217;sib borish qonuni, ijtimoiy mehnat taqsimoti qonuni va boshqalar. Xususiy Iqtisodiy qonunlar \u2014 insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma&#8217;lum bosqichlarida, muayyan ijtimoiy- iqtisodiy tizim doirasida amal qiladigan qonunlar. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni, qiymat qonuni \u2014 tovar- pul munosabatlari mavjud bo&#8217;lgan davrlarda amal qiladi. Maxsus Iqtisodiy qonunlar \u2014 alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladigan qonunlar. Masalan, qo&#8217;shimcha qiymat qonuni. Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, Iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo&#8217;lib, tarixiydir va o&#8217;zgaruvchandir, chunki Iqtisodiy qonunlar kishilarning o&#8217;z ehtiyojlari va manfaatlari yo&#8217;lidagi faoliyati bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lib, kishilik jamiyati mavjud bo&#8217;lganda paydo bo&#8217;ladi va amal qiladi. Iqtisodiy qonunlarni ilmiy asosda bilish, ulardan jamiyat manfaatlari yo&#8217;lida foydalanish mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy vazifasi Iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini ochib berish hisoblanadi. Qodirjon Yusupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IQTISODIY QONUNLAR &#8211; kishilik jamiyatining hamma bosqichlarida moddiy ne&#8217;matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste&#8217;mol munosabatlarini boshqarib turuvchi ob&#8217;yektiv qonunlar. Kishilik jamiyati va ishlab chiqarish munosabatlari vujudga kelishi bilan amal &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/iqtisodiy-qonunlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-32277","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32277","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32277"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32277\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32281,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32277\/revisions\/32281"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32277"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32277"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32277"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}