{"id":32350,"date":"2022-10-25T17:41:54","date_gmt":"2022-10-25T14:41:54","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32350"},"modified":"2022-10-25T17:41:57","modified_gmt":"2022-10-25T14:41:57","slug":"gisht","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gisht\/","title":{"rendered":"G&#8217;ISHT"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;ISHT \u2014 qurilish materiali; to&#8217;g&#8217;ri burchakli parallelepiped ko&#8217;rinishidagi sun&#8217;iy tosh. Tabiiy va sun&#8217;iy (mineral) materiallardan tayyorlanadi. Xom va pishiq turlarga bo&#8217;linadi. Xom G&#8217;isht tabiiy sharoitda quritiladi. Pishiq G&#8217;ishtni tayyorlashning &#8220;ho&#8217;l&#8221; va &#8220;yarim quruq&#8221; usullari bor. Oddiy pishiq G&#8217;ishtni &#8220;ho&#8217;l&#8221; usulda tayyorlash uchun sog&#8217;tuproqdan loy tayyorlanadi, yaxshilab pishitiladi, qoliplanadi, quritiladi va xumdonda pishiriladi. &#8220;Yarim quruq&#8221; usulga ko&#8217;ra, 8-10% namliqdagi tuproq massasi 120-150 kg\/sm2 bosim ostida po&#8217;lat qoliplarda maxsus presslarda presslanadi, keyin 1000\u00b0 ga yaqin temperaturada aylanma yoki tunnel xumdonlarda pishiriladi. Bu usul G&#8217;ishtning o&#8217;lchamlari aniq va shakli to&#8217;g&#8217;ri bo&#8217;lishini ta&#8217;minlaydi. Siqilishga mustahkamlik chegarasi bo&#8217;yicha G&#8217;ishtlar 5 markaga bo&#8217;linadi: 150; 125; 100; 75; 50. &#8220;Ho&#8217;l&#8221; usul bo&#8217;yicha tayyorlangan G&#8217;ishtning hajmiy og&#8217;irligi o&#8217;rtacha 1700 kg\/m2 &#8220;yarim quruq&#8221; usulda tayyorlangan G&#8217;ishtniki esa 1900 kg\/m3 ni tashkil etadi. Hajmiy og&#8217;irligi 1400 kg\/m3 dan kam bo&#8217;lgan yengil G&#8217;ishtlar ham binokorlikda keng ishlatiladi. Siqilishga mustahkamlik chegarasi 50\u2014 100 kg\/sm2 va hajmiy og&#8217;irligi 1000\u2014 1400 kg\/m3 bo&#8217;lgan G&#8217;ishtlar imoratlarning yuk ko&#8217;taruvchi devorlarini tiklashda qo&#8217;llanadi. Siqilishga mustahkamlik chegarasi 35-50 kg\/sm2 va hajmiy og&#8217;irligi 700-1000 kg\/m3 bo&#8217;lgan yengil G&#8217;ishtlar oddiy devorlarda, issiq \u2014 sovuqni o&#8217;tkazmaydigan (izolyatsion) material sifatida hamda sinchli binolarda sinchlar orasini to&#8217;ldirishda ishlatiladi. Hajmiy og&#8217;irligi 500-700 kg\/ m3 va mustahkamlik chegarasi past (6-15 kg\/sm2) bo&#8217;lgan G&#8217;ishtlar qozon, quvur va pechlarga qoplash uchun qo&#8217;llanadi. G&#8217;ishtlarning kovakli, ko&#8217;p teshikli, kislotaga, o&#8217;tga chidamli maxsus xillari mavjud. Silikat G&#8217;ishtlar ham ishlab chiqariladi. Silikat G&#8217;isht tayyorlash uchun kvars qumi (92-95%), ohak (5-8%) va suv aralashmasidan iborat massa yuqori bosim va t-ra ostida avtoklavlarda qotiriladi. Silikat G&#8217;isht sarg&#8217;ish kulrang ko&#8217;rinishda bo&#8217;ladi. Uning hajmiy og&#8217;irligi 1700\u2014 1900 kg\/m2 bunday G&#8217;ishtlar fuqaro va sanoat binolarining yuk ko&#8217;taruvchi devorlari va ustunlarini tiklashda ishlatiladi. Silikat G&#8217;ishtlar namga, yuqori temperatura (500\u00b0 dan ortiq) ga uncha chidamli bo&#8217;lmagani uchun pech va mo&#8217;rilarda, poydevor va sokollarda ishlatilmaydi. Qadimgi o&#8217;zbek milliy me&#8217;morligida kvadrat shaklidagi (24x24x5 sm) &#8220;musulmon&#8221; G&#8217;ishtlar keng rasm bo&#8217;lgan. O&#8217;zbekistonda 19-asr 2-yarmidan to&#8217;rtburchak shaklli (28x13x7 sm va 37x23x9 sm o&#8217;lchamli) &#8220;Nikolay&#8221; G&#8217;ishtlari ishlatilgan. Hozir asosan 25x12x6,5 sm o&#8217;lchamli va bir yarimtali (25x12x8,8 sm) pishiq G&#8217;isht ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;ISHT \u2014 qurilish materiali; to&#8217;g&#8217;ri burchakli parallelepiped ko&#8217;rinishidagi sun&#8217;iy tosh. Tabiiy va sun&#8217;iy (mineral) materiallardan tayyorlanadi. Xom va pishiq turlarga bo&#8217;linadi. Xom G&#8217;isht tabiiy sharoitda quritiladi. Pishiq G&#8217;ishtni tayyorlashning &#8220;ho&#8217;l&#8221; &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gisht\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-32350","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32350","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32350"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32350\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32352,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32350\/revisions\/32352"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32350"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32350"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32350"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}