{"id":32356,"date":"2022-10-25T17:48:43","date_gmt":"2022-10-25T14:48:43","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32356"},"modified":"2022-10-25T17:48:45","modified_gmt":"2022-10-25T14:48:45","slug":"gozgon-marmar-koni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gozgon-marmar-koni\/","title":{"rendered":"G&#8217;OZG&#8217;ON MARMAR KONI"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;OZG&#8217;ON MARMAR KONI &#8211; Navoiy viloyati Nurota tumanidagi noyob dekorativ xususiyatli marmar olinadigan kon. Navoiy shahridan 65 kilometr shimolda, Nurota tizmasining g&#8217;arbiy chekkasidagi G&#8217;ozg&#8217;on tog&#8217; tizmasida joylashgan. Kon 1935-75 yillar mobaynida o&#8217;rganilib, 1970 yildan boshlab sanoat miqyosida foydalanilmoqda. G&#8217;ozg&#8217;ontov tog&#8217;lari uzunligi 40 kilometr, eni 1-6 kilometrgacha bo&#8217;lgan, shimoliy g\u2019arbiy yo&#8217;nalishda cho&#8217;zilgan kichik antiklinal burmadan iborat. Uning yadrosi Nurota batolitining shimoliy-g&#8217;arbiy chekkasidagi intruziv (granitoid) jinslaridan, qanotlari esa paleozoyning cho&#8217;kindi-metamorfik jinslaridan tarkib topgan. Kesimning asosida slaneskonglomeratli qalin qatlam yotadi va bu qatlam pastdan yuqoriga qarab 6 ta gorizontga bo&#8217;linadi. Bu gorizontlarning umumiy qalinligi 950-1100 metr bo&#8217;lib, granit-aplitli va diabazli daykalar yorib chiqqan turli rangdagi marmarlardan tarkib topgan. 5-gorizont mahsuldor hisoblanadi va uning qalinligi 50-220 metr, yotish burchagi 40\u00b0. Bu gorizont KashKash-yangi maydonida joylashgan, u yerda sanoat asosida marmar qazib chiqarish 1935 yilda boshlangan. Konda 5 ta maydon razvedka qilingan. G&#8217;ozg&#8217;on Marmarining fizik-mexanik xususiyatlari: zichligi \u2014 2,6 g\/sm3, g&#8217;ovakliligi 0,8%, suv singdirishi 0,3%, qisilishga mustahkamlik chegarasi 110\u2014 160 MPa, emirilishi 0,28 g\/sm3. Marmar mayda donali, tekis kristalli, zich, chinnisimon (ba&#8217;zan g&#8217;ovakli siniq bilan), o&#8217;rta qatlamlidan qalin va yirik qatlamligacha. Ba&#8217;zi qatlamlar 0,2\u20140,5 dan 1 metrgacha yoki undan ham ortiq. Marmar kaltsit (85-90%), dolomit (10-15%), kvars (2-3%) donalaridan tarkib topgan. Aralashmalari \u2014 muskovit tangachalari, Ley-koksen, piritning mayda donalaridan iborat. Qazib olingan marmarning ba&#8217;zi bloklari ko&#8217;ndalangiga 0,5\u2014 1,0 dan 2 metrgacha, goho undan ortiq bo&#8217;ladi. Rangi har xil to&#8217;q kulrang va tutun rangdan pushtigacha, och sariq, yashil, ba&#8217;zan oq, Jamp 35 xildan ortiq rangga ega. Ranglar notekis taqsimlangan, yo&#8217;l-yo&#8217;l ko&#8217;rinishda. Asosiy rangi 5 xil: oq (12%), pushti (14,5%), sariq (0,5%), tutun rangli (54%) va yo&#8217;l-yo&#8217;l to&#8217;q kulrang bo&#8217;ladi. Ranglarining darajasiga ko&#8217;ra 2 tipdagi marmar mavjud: och va to&#8217;q rangli marmar qatlamlari orasida och ranglilar 78% ni, kulranglari esa 22% ni tashkil qiladi. Konda qatlam bo&#8217;yicha tik va diagonal darzliklar sistemasi mavjud. Marmarni arralash tabiiy qatlamlar bo&#8217;ylab amalga oshiriladi. Chiqindisidan marmar maydasi, quyma tosh va qum ishlab chiqariladi. G&#8217;ozg&#8217;on marmari nisbatan mo&#8217;rt, yaxshi silliqlanadi, oynasimon aks beradi, yuqori darajada dekorativ. Ulardan binolarning ichki va tashqi tomonlarini qoplashda hamda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. G&#8217;ozg&#8217;on Marmari qadimdan ma&#8217;lum, Samarqand va Buxorodagi masjid-binolarni qurish hamda bezashda ishlatilgan. Hozirda G&#8217;ozg&#8217;on marmar konining marmari Moskvaning 20 dan ortiq metro stantsiyasini, vokzallarini, Ostanknno teleminorasining ichki qismini hamda Sankt-Peterburg, Kiev, Ulyanovsk, Boku, Novosibirsk, Olmaota sh.laridagi inshootlarni bezab turibdi. Toshkentdagi Navoiy nomidagi katta teatrning ichki va tashqi tomonlarini bezashda va 1966 yildagi zilziladan keyin qurilgan deyarli barcha me&#8217;morlik inshootlarida G&#8217;ozg&#8217;on marmaridan foydalanilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;OZG&#8217;ON MARMAR KONI &#8211; Navoiy viloyati Nurota tumanidagi noyob dekorativ xususiyatli marmar olinadigan kon. Navoiy shahridan 65 kilometr shimolda, Nurota tizmasining g&#8217;arbiy chekkasidagi G&#8217;ozg&#8217;on tog&#8217; tizmasida joylashgan. Kon 1935-75 yillar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/gozgon-marmar-koni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-32356","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32356","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32356"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32356\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32357,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32356\/revisions\/32357"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32356"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32356"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32356"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}