{"id":32360,"date":"2022-10-25T17:58:22","date_gmt":"2022-10-25T14:58:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32360"},"modified":"2022-10-25T17:58:24","modified_gmt":"2022-10-25T14:58:24","slug":"goya-badiiy-goya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/goya-badiiy-goya\/","title":{"rendered":"G&#8217;OYA, BADIIY G&#8217;OYA"},"content":{"rendered":"\n<p>G&#8217;OYA, BADIIY G&#8217;OYA \u2014 adabiyot va san&#8217;at asarlari zamirida yotgan emosional obrazli fikr. Hayotda ro&#8217;y bergan yoki ro&#8217;y berishi ehtimol tutilgan har bir voqea va hodisa adabiyot va san&#8217;at asarlarida o&#8217;z ifodasini topishi mumkin. Yozuvchi yoki san&#8217;atkor tomonidan tasvir etilgan shunday voqea va hodisa badiiy G&#8217;oyaning predmeti hisoblanadi. Badiiy G&#8217;oyaning emosional ta&#8217;sir kuchi, voqea va hodisaning muhimligi hamda uni tasvirlagan yozuvchi yoki san&#8217;atkorning mahorati bilan belgilanadi. Badiiy G&#8217;oya tasvir etilgan voqea va hodisaning oddiy in&#8217;ikosi yoki shu voqea va hodisadan hosil bo&#8217;luvchi tasavvur, ma&#8217;no va mazmungina emas, balki igu hayotiy voqea va hodisani muayyan nuqtai nazardan idrok va talqin etish natijasida yuzaga kelgan emosional obrazli fikrdir. Sho&#8217;ro davri adabiyotshunosligi va san&#8217;atshunosligida G&#8217;oya tushunchasi ostida badiiy G&#8217;oya nazarda tutilgan bo&#8217;lsada, bu G&#8217;oyaga ijtimoiy-siyosiy tus berilgan, adabiyot va san&#8217;at asarlaridan sho&#8217;ro davri mafkurasi talablari bilan uyg&#8217;un bo&#8217;lgan G&#8217;oyagina axtarib kelingan. Bunday G&#8217;oya topilmagan taqdirda, u yoki bu asar muallifi maslaksizlikda, g&#8217;oyasizlikda ayblangan. Vaholonki G&#8217;oya badiiy tafakkur mevasi va shu tafakkurning u yoki bu asardagi voqea tasviridan kelib chiquvchi muayyan emotsional ta&#8217;sir kuchiga ega bo&#8217;lgan obrazli ko&#8217;rinishidir. Inson bu dunyodagi mo&#8221;jizalardan biri Niagara shalolasini ko&#8217;rib, Mahliyo bo&#8217;lishi, cho&#8217;chishi yoki hayratga tushishi mumkin. Agar shu Shalolaning hayratomuz manzarasi badiiy asarda muayyan maqsadda tasvir etilgan bo&#8217;lsa, undan kelib chiquvchi emotsional obrazli fikr o&#8217;quvchi yoki tomoshabinni faqat hayratga solibgina qolmay, unda boshqacha fikrni, kayfiyatni ham uyg&#8217;otadi. U mazkur asarni o&#8217;qib yoki ko&#8217;rib, inson tabiat kuchlari oldida ojiz bir mavjudotdir, degan fikrga kelishi mumkin. Aksincha, u ana shu dahshatli go&#8217;zallik ham inson uchun Alloh tomonidan yaratilgan, degan yuksak bir fikrga kelishi ham tabiiy. U qanday fikrga kelgan bo&#8217;lmasin, bu fikr-xulosa shu voqea tasvir etilgan asar zamirida yotgan va muallifning niyati bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan badiiy G&#8217;oyadir. Badiiy G&#8217;oya faqat muayyan voqea va hodisa tasvirlangan asar zamirida yotadi, deyish to&#8217;g&#8217;ri emas. Zero, lirik she&#8217;riyatda voqea va hodisa tasviri emas, balki shoirda muayyan hodisa (masalan, Kamalak taralishi, kuyosh botishi yoki bepoyon dengiz bilan uchrashuv) tufayli tug&#8217;ilgan his-tuyg&#8217;u va lirik kechinma tasvir etiladi. So&#8217;nggi yillarda sho&#8217;ro mafkurasidan voz kechilgani va shu mafkura talablari asosida yaratilgan asarlarga bo&#8217;lgan munosabat keskin o&#8217;zgargani uchun ayrim adabiyotshunos va san&#8217;atshunoslar G&#8217;oyaning adabiyot va san&#8217;at asarlaridagi o&#8217;rni va ahamiyatini rad etmoqchi bo&#8217;ladilar. Holbuki, G&#8217;oyani badiiy fikr sifatida inkor yoki rad etish adabiyot va san\u2019atni maslaksizlikka, ma&#8217;nosizlikka olib borishi mumkin. Sho&#8217;ro davri mafkurasining biror izi bo&#8217;lmagan Sharq adabiyoti va san&#8217;ati (masalan, qo&#8217;shiqchilik va raqs) da ham badiiy G&#8217;oya mavjud edi, Sharq adabiyoti va san&#8217;ati uzoq asrlardan beri xalqni ana shu badiiy G&#8217;oya asosida tarbiyalab keldi va hozir ham tarbiyalab kelmoqda. Agar bir asar zamirida yotgan fikr badiiy G&#8217;oyani tashkil etsa, shu asar mansub bo&#8217;lgan yozuvchi ijodi yoki adabiy jarayon zamorida yotgan fikrlar majmuasi goyaviylik deb ataladi. Sho&#8217;ro davri mafkurasi g&#8217;oyaviylikka o&#8217;ta siyosny ruh berib, uni g&#8217;oyaparastlikka aylantirib yubordi. Holbuki, G&#8217;oya ham, g&#8217;oyaviylik ham kitobxon yoki tomoshabin yoxud tinglovchining g&#8217;ashiga tegmasligi, balki uning qalbidagi sog&#8217;lom fikr va tuyg&#8217;ularning yuzaga chiqishiga ko&#8217;mak berishi, unda ezgu intilishlarni uyg&#8217;otishi lozim, xolos Shuning uchun ham adabiyot va san&#8217;at asarlaridagi G&#8217;oya badiiy G&#8217;oya hisoblanadi. Ad.: Baxtin M.M., Estetika slovesnogo tvorchestva. M., 1979; Xalizev V.E.. Tsoriya literaturm, M.. 1999; QurbonovD., Adabiet nazariyasi. T., 2004;izzat Sulton, adabiyot nazariyasi. T., 2005. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>G&#8217;OYA, BADIIY G&#8217;OYA \u2014 adabiyot va san&#8217;at asarlari zamirida yotgan emosional obrazli fikr. Hayotda ro&#8217;y bergan yoki ro&#8217;y berishi ehtimol tutilgan har bir voqea va hodisa adabiyot va san&#8217;at asarlarida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/goya-badiiy-goya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[194],"tags":[],"class_list":["post-32360","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-g-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32360","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32360"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32360\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32361,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32360\/revisions\/32361"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32360"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32360"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32360"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}