{"id":32367,"date":"2022-10-25T18:12:45","date_gmt":"2022-10-25T15:12:45","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32367"},"modified":"2022-10-25T18:12:47","modified_gmt":"2022-10-25T15:12:47","slug":"tsirk","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tsirk\/","title":{"rendered":"TSIRK"},"content":{"rendered":"\n<p>TSIRK (lotincha circus \u2014 doira, aylana) \u2014 san&#8217;at turi. Akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, klounada, jonglyorlik, polvonlik, illyuzionizm, ot o&#8217;yinlari, dorbozlik, hayvon o&#8217;rgatish kabi janrlarni o&#8217;z ichiga oladi. Tsirk artisti aql bovar qilmaydigan o&#8217;yinlar ko&#8217;rsatib, insonning cheksiz imkoniyatlarini namoyish etadi, uning aqli, epchilligi, jasurligi, kuch-qudratini ulug\u2019laydi va Tsirkning o&#8217;ziga xos badiiy ifoda vositalari orqali ruhan va jismonan barkamol insonning umumlashgan badiiy obrazini yaratadi. Bu obraz \u2014 tryuklar, ya&#8217;ni mohirlik va epchillik bilan bajariladigan harakatlar yordamida ochiladi, artistning boshqa ifoda vositalari \u2014 aktyorlik mahorati, plastikasi, imo-ishorasidir. Har bir tsirk tomoshasi \u2014 tsirk san&#8217;atining mukammal badiiy asari. Turli janrdagi bir necha tomoshalardan tsirk dasturlari tuziladi. Tsirk sintetik san&#8217;at bo&#8217;lib, teatr, xoreografiya, vokal, rassomlik, kino elementlaridan foydalanadi. Insonparvarlik, baynalmilallik g&#8217;oyalarini targ&#8217;ib etib, xalqchilligi, ommaviyligi, demokratik yo&#8217;nalishi bilan ajralib turadi. Tsirk qadimdan ma&#8217;lum bo&#8217;lib, odamlarning mexnat jarayoni, urf-odatlari, tomoshalari, harbiy va sport mashklaridan yuzaga kelgan. Xalq sayillarida namoyish etiladigan maydon tomoshalari va teatrlashtirilgan sport musobaqalari takomillasha borib, san&#8217;at turiga aylangan. Tsirkning alohida janrlari qadimgi Misr, Rim, Yunoniston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda miloddan avvalgi 1-ming yillikdan boshlab rivojlangan. Qadimgi Rimda miloddan avvalgi 6-asrdan boshlab, ellips shaklidagi otchoparlarda o&#8217;tkaziladigan chavandozlik musobaqalarida akrobatlar, dorbozlar, jonglyorlar, gladiatorlar, hayvon o&#8217;rgatuvchilar va boshqalar o&#8217;z tomoshalarini namoyish etishgan. Qadimgi Xitoyda (miloddan avvalgi 3-2-a.srlar) akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, illyuzionizmning o&#8217;ziga xos o&#8217;yinlari keng tarqalib, ular an&#8217;anaviy teatr tomoshalari bilan uyg&#8217;unlashib ketgan. Qadimgi Armaniston va Gruziya amfiteatrlarida goh teatr, goh tsirk tomoshalari ko&#8217;rsatilgan. Kiyevdagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi (1037) devorlarida sozanda, polvon, muallaqchi, ot ustida mashq qilayotgan chavandozlar aks ettirilgani bu yerlarda tsirk tomoshalari ko&#8217;rsatilganidan dalolat beradi. Urta asrlarda Tsirkning rivojlanishida xalq sayyor artistlari alohida rol o&#8217;ynagan. 12-asrdan boshlab, avval Italiyada, so&#8217;ng Yevropaning boshqa mamlakatlarida maxsus ot minish maktablari ochildi va bu yerda dastlabki tsirk chavandozlari ta&#8217;lim oldi. 1770 yil F. Astley Londonda chavandozlik maktabini ochadi, 1780 yil esa alohida amfiteatr qurib, o&#8217;rgatilgan otlar ishtirokida tomoshalar ko&#8217;rsata boshladi. Bu tomoshalarda hayvon o&#8217;rgatuvchilar, klounlar, dorbozlar katnashadilar hamda tarixiy mavzudagi teatrlashtirilgan sahnalarda rollar ijro etishgan. F. Astley amfiteatri jahonda birinchi stasionar tsirk hisoblanadi. 1807 yil A. Franko Parijda &#8220;Olimpiya tsirki&#8221;ni ochdi va shu yildan boshlab &#8220;tsirk&#8221; atamasi keng ishlatila boshlandi. 19-a.srning 2-yarmida Yevropa mamlakatlarida hamda shimoliy Amerikada Tsirk keng rivojlandi. Yirik shaharlarda yirik tsirk binolari qad ko&#8217;tardi: Moskvada K.Ginne (1866) va A.Salamonskiy (1880), Berlinda G.Shuman (1868), Peterburgda G. Chinizelli (1877), Bryusselda E.Vulf (1892) tsirklari va boshqalar. 1873 yil tadbirkor T. Barnum AQShda mahobatli ko&#8217;chma tsirk qurib, tomoshalar bir vaqtning o&#8217;zida 3 ta manejda namoyish qilingan. 19-asrning oxiriga borib, hozirgi tushunchamizdagi ko&#8217;p janrli tsirk dasturlari shakllandi. Tsirk Sharq mamlakatlari, xususan, O&#8217;zbekistan hududida qadimdan ma&#8217;lum bo&#8217;lgan. Afrosiyob, Parfiya, Xolchayon, Panjikent, Xorazmda miloddan avvalgi 3-asr \u2014 milodiy 2-asrga oid qazish ishlari jarayonida topilgan bir qator tasviriy san&#8217;at asarlari va polvon, muallaqchi, masxarabozlarning haykalchalari, o&#8217;rta asrlarga oid adabiy manbalar bu erda tsirk tomoshalarining keng tarqalganligini ko&#8217;rsatadi. Ba&#8217;zi manbalar Amir Temur saroyida dorbozlar, polvonlar, muallaqchilar hamda o&#8217;rgatilgan fillar va otlar tomoshasi ko&#8217;rsatilganini tasdiqdaydi. Asrlar mobaynida o&#8217;zbek tsirki maydon tomosha san&#8217;ati sifatida rivojlanib kelgan. Xalq bayram va sayillarida, bozor maydonlarida dorbozlar, simbozlar, chig&#8217;irikchilar, &#8220;besuyak&#8221; muallaqchilar, hayvon o&#8217;rgatuvchilar, nayrangbozlar, yog&#8217;ochoyoq va boshqa an&#8217;anaviy tsirk janrlari o&#8217;yinchilari tomosha ko&#8217;rsatganlar. 18-19-asrlar o&#8217;zbek tsirki artistlari qo&#8217;shni mamlakatlar \u2014 Xitoy, Hindiston, Afg&#8217;oniston, Eron, Rossiya shaharlarida o&#8217;z san&#8217;atini namoyish etganlar. 19-asrning oxirlarida Turkiston o&#8217;lkasiga Yevropa uslubidagi bir qator tsirk guruhlari gastrolga kelishgan, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Angliya, Rossiya, Polsha artistlari mahalliy aholini jahon Tsirk bilan tanishtirdi. Ko&#8217;p yillar mobaynida F. Yupatov, V.Jigalov, M. va S.Baranskiylar, A.Kozirkov, A.Borgi, R.Kapito, V.Sur, A.Makarov, M.Visokinskiy, E.Gamkrelidze va boshqa tsirk tadbirkorlari Toshkent, Samarqand, Andijon, Farg&#8217;ona, Urganch kabi shaharlarda tsirk tomoshalarini uyushtirishgan. Yevropa tsirki ta&#8217;sirida tarqoq holda faoliyat yuritayotgan o&#8217;zbek tsirki artistlari orasida guruhlarga uyushish kuchaydi. Natijada 20-asr boshida Baratboy, Mullaboy Mansurov (Mullaboy Mansurov tsirki), Latofat Sarimsoqova, Rahmon Abduxalilovlar rahbarligidagi dastlabki milliy professional tsirk jamoalari tashkil bo&#8217;ldi. Ularning repertuari, asosan, an&#8217;anaviy o\u2019yinlardan iborat bo&#8217;lib, ayrim hollarda Yevropa tomoshalarini ham o&#8217;z ichiga olgan. 1920\u2014 30- yillarda O&#8217;zbekistonda davlat tsirklari bilan bir qatorda xususiy tsirklar ham faoliyat ko&#8217;rsatgan. 1942 yilda Toshkentda birinchi milliy jamoa tashkil etildi. Badiiy rahbari Toshkanboy Egamberdiev, sahnalashtiruvchi rejissyorlar Xo&#8217;jayev va N.Baykalov, baletmeyster Ali Ardobus, rassom Sh. Shorahmedov, kompozitor M.Niyozov bo&#8217;lgan. Uch qismdan iborat teatrlashtirilgan tsirk tomoshasida yetakchi artistlar bilan bir qatorda, an&#8217;anaviy tsirk o&#8217;yinchilari xam qatnashgan. 1950-80 yillar o&#8217;zbek tsirki jamoasi milliy ruhda ishlangan dasturi bilan ko&#8217;pgina mamlakatlarda gastrolda bo&#8217;ldi. 1950 yildan Toshkentda &#8220;sahnadagi tsirk&#8221; ko&#8217;chma korxonalar direktsiyasi ish boshladi. 20-asrda o&#8217;zbek tsirkining rivojlanishiga Toshkanboyevlar, Zarifovlar sulolasi, Xo&#8217;jayevlar, Madalievlar sulolasi, Akrom Yusupov, T.I.Zastavnikov, P.A.Borovikov, X.Musin, Qodir-G&#8217;ulom (V.K. Yanushevskiy), Rahmonovlar salmoqli hissa qo&#8217;shdilar. Mustaqillik davrida o&#8217;zbek tsirki xalqaro tsirk maydoniga chiqib, munosib o\u2019rin egalladi. Uning repertuari birmuncha kengayib, zamonaviy tomoshabinlar talabiga mos yangi tsirk tomoshalari bilan boyidi. Milliy ruhda sahnalashtirilgan, an&#8217;anaviy va zamonaviy tomoshalar 20 ga yaqin mamlakatlarda namoyish etildi. Nufuzli xalqaro festival va ko\u2019rik-tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashdi. 1991 yildan &#8220;O&#8217;zbekdavlatsirk&#8221; Respublika birlashmasi faoliyat kursatmoqda. Po&#8217;lat Toshkanboyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TSIRK (lotincha circus \u2014 doira, aylana) \u2014 san&#8217;at turi. Akrobatika, gimnastika, ekvilibristika, klounada, jonglyorlik, polvonlik, illyuzionizm, ot o&#8217;yinlari, dorbozlik, hayvon o&#8217;rgatish kabi janrlarni o&#8217;z ichiga oladi. Tsirk artisti aql bovar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tsirk\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[195],"tags":[],"class_list":["post-32367","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ts-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32367","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32367"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32367\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32369,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32367\/revisions\/32369"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32367"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32367"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32367"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}