{"id":32435,"date":"2022-10-26T15:50:47","date_gmt":"2022-10-26T12:50:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32435"},"modified":"2022-10-26T15:50:49","modified_gmt":"2022-10-26T12:50:49","slug":"tarjiband","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tarjiband\/","title":{"rendered":"TARJI&#8217;BAND"},"content":{"rendered":"\n<p>TARJI&#8217;BAND (Arabcha \u2014 qaytarish, takrorlash; band) \u2014 mumtoz adabiyotda lirika janrlaridan. Tarji&#8217;band g&#8217;azal kabi qofiyalanib, 5 baytdan 12 baytgacha bo&#8217;ladi, har bandi bir vaznda yozilib, bandlar oxirida boshqa bir bayt takrorlanib keladi. Bandlar takrorlanuvchi bayt \u2014 tarji&#8217; vositasida o&#8217;zaro bog&#8217;lanishi tufayli Tarji&#8217;band deb yuritiladi. Barcha bandlarning oxiri o&#8217;sha takrorlanadigan bayt bilan mazmun jihatidan uzviy boitanib keladi. Tarji&#8217;bandda takrorlanadigan ushbu bayt bayt boshi deb aytiladi. Shayx Axmad ibn Xudoydod Taroziy &#8220;Funun ulbalog&#8217;a&#8221; asarida Tarji&#8217;bandni 5 turga ajratadi: 1) har bandning qofiyasi boshqacha bo&#8217;ladi, lekin bayt takrori saqlanadi; 2) barcha bandlar bir qofiyada aytilib, tarji&#8217;bayti takrorlanmaydi, balki har bandning oxirida boshqa bir bayt keladi; 3) barcha bandlar, jumladan tarji&#8217;baytlar ham bir qofiyada yoziladi; 4) har bir band alohida, shuningdek, tarji&#8217;baytlar ham g&#8217;azal kabi qofiyalanadi (1-misrasida qofiya bo&#8217;lmaydi) va ularni jam etsa, yaxlit g&#8217;azal ko&#8217;rinishini oladi; 5) har bir bandning ham, tarji&#8217; baytning ham qofiyasi alohidaalohida bo&#8217;ladi. Tarji&#8217;bandda shoirlar ko&#8217;pincha falsafiy qarashlari, fikr-mulohazalarini ifodalashgan. Bu jihatdan Sa&#8217;diy, Hofiz, Navoiy va Furqatlarning tasavvufiy mazmundagi Tarji&#8217;bandlari mashhur. Masalan, Navoiy: Xarobot aro kirdim oshuftahol May istarga \u2014 ilgimda singan safol.\u2014 bayti takrorlanib keladigan mashhur Tarji&#8217;bandida o&#8217;zining olam va odam to&#8217;g&#8217;risidagi falsafiy qarashlarini tasavvuf ta&#8217;limoti bilan bog&#8217;lab aks ettiradi. O&#8217;zbek adabiyotida Tarji&#8217;band janrining dastlabki mukammal namunalarini Navoiy yaratgan. &#8220;Xazoyin ulmaoniy&#8221;da 4 ta Tarji&#8217;band mavjud bo&#8217;lib, ularning ikkitasi 10 band (biri 10, ikkinchisi 11 baytdan), uchinchisi 8[11 (ikki band 12) baytdan], to&#8217;rtinchisi 7 (8 baytdan) ni tashkil etadi. Ularning barchasi falsafiy mazmunda. O&#8217;zbek adabiyotida, shuningdek, Yusuf Amiriy, Nodira, Ogahiy, Avaz, Uvaysiy, Ravnaq, Furqat, Miriy va boshqalar Tarji&#8217;bandlar yozishgan. Zamonaviy shoirlardan Habibiy, V. Sa&#8217;dulla, Chustiylar Tarji&#8217;band yaratishgan. Lekin bu Tarji&#8217;bandlarda mehnat nashidasi, Vatanga va yorga muhabbat tuygulari tarannum etilgan. Ad.:Ayniy S, asarlar, 8j., T., 1967; Adabiy turlar va janrlar, 2j., 1992. Ergash Ochilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TARJI&#8217;BAND (Arabcha \u2014 qaytarish, takrorlash; band) \u2014 mumtoz adabiyotda lirika janrlaridan. Tarji&#8217;band g&#8217;azal kabi qofiyalanib, 5 baytdan 12 baytgacha bo&#8217;ladi, har bandi bir vaznda yozilib, bandlar oxirida boshqa bir bayt &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tarjiband\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-32435","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32435","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32435"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32435\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32436,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32435\/revisions\/32436"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32435"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32435"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32435"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}