{"id":32455,"date":"2022-10-26T17:22:14","date_gmt":"2022-10-26T14:22:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32455"},"modified":"2022-10-26T17:22:16","modified_gmt":"2022-10-26T14:22:16","slug":"atom-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/atom-3\/","title":{"rendered":"ATOM"},"content":{"rendered":"\n<p>ATOM<br>Miloddan uch yuz yil avval Yunonistonda faylasuf olimlar har qanday modda, har qanday buyumni mayda bo&#8217;laklarga bo&#8217;lish mumkinligi to&#8217;g&#8217;risida fikr bildirganlar. Toshni kukun qilib maydalash, suvni esa sochib yuborish mumkin (keyin suv bug&#8217;ga aylanib ketadi). Suv bug&#8217;i shunday kichik zarralardan iboratki, ularni oddiy ko&#8217;z bilan ko&#8217;rib bo&#8217;lmaydi. Moddalarni qaysi darajagacha parchalash mumkin? Nahotki ular cheksiz parchalanaversa? Balki, hech qanday kuch bilan parchalab bo&#8217;lmaydigan qandaydir eng kichik zarralar bordir. Hech kirn o&#8217;z ko&#8217;zi bilan ko&#8217;rmagan bunday mayda zarralarni yunon olimlari atom deb atashni taklif etdilar. Yunoncha \u00abatom\u00bb &#8211; \u00abbo\u2019linmas\u00bb degan ma\u2019noni anglatadi. Olimlar har bir narsaga darrov ishonib qo&#8217;ya qolmaydilar, ular hammasini albatta tajribada sinab ko&#8217;radilar. Mana, kimyogarlar moddalarni tarkibiy qismlarga ajratishga qo&#8217;l urdilar. Masalan, agar bo&#8217;r qizdirilsa, u karbonat angidrid va ohakka ajraladi. Karbonat angidridni kislorod va uglerodga, ohakni esa kislorod va kalsiyga ajratish mumkin. Lekin kalsiy, uglerod va kislorodni endi boshqa parchalab bo&#8217;lmaydi. Kimyoviy yo&#8217;l bilan boshqa parchalab bo &#8216;lm aydigan bunday \u00aboddiy moddalanming soni o&#8217;tgan asr o&#8217;rtalarida 70 ga yaqinni tashkil etdi. Shu bilan birga, bu oddiy moddalar muayyan sharoitda yana murakkab moddalarga aylanishi mumkinligi ham ma\u2019lum bo&#8217;ldi. Agar atom haqiqatan ham mavjud debfaraz qilinsa, bu masalani osongina hal qilish mumkin, degan qarorga kelishdi olimlar.Har bir oddiy moddaning o&#8217;z atomi bor: uglerod atomi kislorod atomidan ham, kalsiyatomidan ham farq qiladi va umuman olganda, dunyoda qancha oddiy moddalar bo&#8217;lsa,shuncha turda atomlar ham mavjud. Kimyoviyreaksiyalar sodir bo&#8217;layotganida oddiy moddalarning atomlari molekulalarga birlashadi.Molekulalarni ularni tashkil etgan atomlargaparchalash mumkin, lekin atomlarni kimyoviyyo&#8217;l bilan aslo parchalab bo&#8217;lmaydi. Shu bilan birga, bir atomni ikkinchi atomga aylantirish,bir oddiy moddadan ikkinchi oddiy moddanihosil qilish mumkin emas. Masalan, simobyoki qo&#8217;rg&#8217;oshindan, bir zamonlar alkimyogarlar orzu qilganidek, oltin olib bo&#8217;lmaydi.Barcha kimyoviy hodisalar atom va molekulalar haqidagi tushunchani juda ravshanizohlab berdi. Atom va molekulalarning mavjudligi to&#8217;g&#8217;risida endi hech qanday shakshubha yo&#8217;q edi. Lekin nahotki atomni parchalab bo&#8217;lmasa? Moddaning biror bir zarrachasini, hatto u juda mayda bo&#8217;lganda ham,nahotki uni juda bo&#8217;lmaganda ikki bo&#8217;lakkabo&#8217;lishning iloji bo&#8217;lmasa?Mana shunda fiziklar ishga kirishdilar.XIX asrning oxirida ular atomga nisbatan deyarli ikki ming marta kichik bo&#8217;lgan maydazarralar borligini kashf etdilar. Bular elektronlar deb ataldi. Elektronlar atomlar tarkibigakiradi. Demak, atomlarni parchalash mumkinekan-da! Haqiqatan ham, keyinroq fiziklaratomning murakkab tuzilishga ega ekanliginiisbotladilar. Atomning markazida yadro joylashgan bo&#8217;lib, elektronlar uning atrofidago&#8217;yo Quyosh atrofida sayyoralar aylanganidek aylanadi.Lekin hammadan qizig&#8217;i hali oldinda edi.Atomlarning yadrolari ham bo&#8217;linadigan bo&#8217;libchiqdi. Atom yadrosi proton va neytronlardantashkil topgan bo&#8217;lib, ular yadroda nihoyatdakuchli birikkan. Agar yadro parchalansa, judakatta energiya hosil bo&#8217;ladi. Olimlar atomyadrosini parchalash yo&#8217;lini topdilar. Hozirgikunda insoniyat atom energiyasining qudratlimanbai &#8211; atom reaktorlariga, shuningdekdahshatli qurol \u2013 atom bombasiga ega bo&#8217;ldi.Lekin atom ustidagi ilmiy izlanishlar hali hamto&#8217;xtagani yo&#8217;q. Kim bilsin, balki u yanadakichikroq zarralarga bo&#8217;linar. O&#8217;zbekistondabu izlanishlar bilan O&#8217;zbekiston Fanlar akademiyasiga qarashli Yadro fizikasi institutiolimlari shug&#8217;ullanishadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>ATOMMiloddan uch yuz yil avval Yunonistonda faylasuf olimlar har qanday modda, har qanday buyumni mayda bo&#8217;laklarga bo&#8217;lish mumkinligi to&#8217;g&#8217;risida fikr bildirganlar. Toshni kukun qilib maydalash, suvni esa sochib yuborish mumkin &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/atom-3\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32452,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-32455","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32455","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32455"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32455\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32459,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32455\/revisions\/32459"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32452"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32455"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32455"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32455"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}