{"id":32456,"date":"2022-10-26T17:22:33","date_gmt":"2022-10-26T14:22:33","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32456"},"modified":"2022-10-26T17:22:35","modified_gmt":"2022-10-26T14:22:35","slug":"avesto-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avesto-2\/","title":{"rendered":"AVESTO"},"content":{"rendered":"\n<p>Eng qadimiy kitob qayerda paydo bo&#8217;lgan? Bu savolga yaqin-yaqinlargacha aniq javob berib bo&#8217;lmasdi. Tarixchi olimlar haqiqatni izlab topmoqdalar. Ularning tadqiqoti natijasida, eng mo&#8217;tabar, qadimgiqo&#8217;lyozma Avesto ekanligi ma\u2019lum bo&#8217;ldi. Bunodir kitob uzoq zamonlarda bizning onazaminimizda, aniqrog&#8217;i Xorazmda vujudgakelgan. U ayni vaqtda O &#8216;rta Osiyo,Afg&#8217;oniston, Eron va Ozarbayjon xalqlariningbirinchi yozma yodgorligidir. Avestoda anashu xalqlarning qadimgi davrdagi iqtisodiy-ijtimoiy hayoti, diniy tasavvurlari, urf-odatlari,tabiat va jamiyat haqidagi bilim va qarashlaribayon etilgan. Avesto maxsus yozuvda yozilgan. Bu yozuv Sanskrit deb atalgan yozuvgayaqin. Kitob o&#8217;sha zamonlardayoq boshqatillarga tarjima qilingan. Avestoning asl nusxasi muqaddas yozuv sifatida zardushtiy ruhoniylari qo&#8217;lida saqlangan. Kitobda keltirilgan ma\u2019lumotlaming eng qadimgi qismlarimiloddan avvalgi 2-ming yillik oxiri, 1-mingyillik boshiga oid. Avesto tarkibiga turli diniy urf-odatlar bayoni, axloqiy, huquqiy qonun-qoidalar va boshqalar qo&#8217;shilib borgan.Avestodagi ko&#8217;p ma&#8217;lumotlar asosan og&#8217;zakitarzda avloddan-avlodga o&#8217;tib kelgan. Dastlabki yozma nusxasi esa 12 ming mol terisiga yozilgan deb rivoyat qilinadi. U axamoniylar sulolasining poytaxti Sheroz yaqinidagiTaxti Jamshidda saqlangan. MakedoniyalikIskandar Eronni zabt etganda bu nusxa kuydirib yuborilgan. Hozir fanda ma\u2019lum bo&#8217;lganAvesto milodiy 6-asrda Sosoniylar shohi Husrav I Anushirvon davri (531-579)da yozib olingan. 7-asrda arablar Sosoniylarnimag&#8217;lubiyatga uchratgach, zardushtiy ruhoniylarning bir qismi Hindistonga o&#8217;tib ketgan. Ularning avlodlari hozirgi Avestoning asl nusxasini saqlab kelmoqda. Bizgacha yetib kelgan Avesto 27 jilddan iborat bo&#8217;lib, ular asarning yettidan bir qismi xolos.Avesto yana shu jihati bilan qimmatliki,unda ilk falsafiy ta\u2019limotlar bilan tanishasiz. Buta\u2019limotga ko&#8217;ra, olam ikki qarama-qarshikuch, ya\u2019ni yorug&#8217;lik bilan zulmatning, yaxshilik bilan yomonlikning to&#8217;xtovsiz kurashidaniborat. Yaxshilik va ezgulik xudosi Ahuramazdo yer, o&#8217;simlik va boshqa hamma tabiiyboyliklami yaratgan. Yomonlik va yovuzlik timsoli Anxramaynu Ahuramazdoga qarshi to&#8217;xtovsiz kurashadi, ammo uni yengishgaojizlik qiladi. Bu kurash abadiy davom etadi.Yaxshilikni ifodalovchi kuchlar osmonda, yomonlikni ifodalovchi kuchlar yer ostida joylashgan, yer sahni esa kurash maydonidir. Hayotdagi turli o&#8217;zgarishlar qaysi kuchning g&#8217;alabaqilishiga bog&#8217;liq. Inson ham tana va ruhning,axloq esa yaxshi va yomon xulqning o&#8217;zarokurashidan iborat.Avesto ta\u2019limotiga ko&#8217;ra, birinchi inson Govamard (ho&#8217;kiz-odam; forscha Qayumars).Undan barcha kishilar tarqalgan. Birinchishoh Yima davri oltin davr hisoblangan, chunkiunda o&#8217;lim bo&#8217;lmagan, Axuramazdo doimiybahor yaratgan. Kishilar bekam-u ko&#8217;st, baxtiyor yashagan. 900 yil o&#8217;tgach shoh Yimag&#8217;ururga berilib, man etilgan sigir go&#8217;shtiniyeydi va yovuzlik ramzi Anxramaynu hukmidagi kuchlar bosh ko&#8217;taradi. Olamni muzlikqoplaydi. Yima Axuramazdo amri bilan odamlar va hayvonlami sovuqdan saqlab qolishuchun qo&#8217;rg&#8217;on qurib, unga har bir jonzotdanbir juftini joylashtirgan. Insoniyat tarixining ilkoltin davri tugagach, Hayr bilan Sharr (yaxshilik va yomonlik) o&#8217;rtasidagi kurash davribo&#8217;lgan ikkinchi davr boshlangan. Uchinchidavrda Axuramazdo g&#8217;alaba qilib, ezgulik saltanati barqaror bo&#8217;ladi, adolatli jamiyat yuzaga keladi. Ungacha kishilar tinch mehnat,oilaviy turmush bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lishlari kerak. Avesto va zardushtiylik dini ta\u2019limoti keyingi barcha dinlarga ta\u2019sir ko&#8217;rsatdi.Avesto &#8211; bizning qadim tarixga egao&#8217;lkamizda buyuk davlat, buyuk ma\u2019naviyatbo&#8217;lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdir. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi YUNESKO bosh konferensiyasining1999-yil noyabr oyida bo&#8217;lib o&#8217;tgan sessiyasiqaroridan kelib chiqib, O&#8217;zbekistonda 2001-yilning oktabr oyida Avesto yaratilganligining2700 yilligini nishonlash haqida qaror qabulqildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Eng qadimiy kitob qayerda paydo bo&#8217;lgan? Bu savolga yaqin-yaqinlargacha aniq javob berib bo&#8217;lmasdi. Tarixchi olimlar haqiqatni izlab topmoqdalar. Ularning tadqiqoti natijasida, eng mo&#8217;tabar, qadimgiqo&#8217;lyozma Avesto ekanligi ma\u2019lum bo&#8217;ldi. Bunodir kitob &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/avesto-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32452,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-32456","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32456","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32456"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32456\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32460,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32456\/revisions\/32460"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32452"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32456"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32456"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32456"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}