{"id":32561,"date":"2022-10-28T13:47:51","date_gmt":"2022-10-28T10:47:51","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32561"},"modified":"2022-10-28T13:48:21","modified_gmt":"2022-10-28T10:48:21","slug":"kohna-ark","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kohna-ark\/","title":{"rendered":"KO&#8217;HNA ARK"},"content":{"rendered":"\n<p>KO&#8217;HNA ARK \u2014 Xivadagi me&#8217;moriy yodgorlik (17-19-asrlar). Ichan qalaning g&#8217;arbiy qismida joylashgan. Ko&#8217;hna Ark (tarhi 130 x 93 metr)dagi binolar, asosan, 17-asrda Ano&#8217;shaxonning o&#8217;g&#8217;li Arangxon davrida usta, shoir Mavlono Vafoiy tomonidan qurilgan. 1804-06 yillarda qayta tiklab ta&#8217;mir etilgan. Ko&#8217;hna Ark to&#8217;rt hovliga bo&#8217;linib, atrofi baland paxsa devor bilan o&#8217;ralgan. Sharq tomondagi darvozadan o&#8217;ng tomondagi yo&#8217;lakka o&#8217;tilib, u orqali saroy masjidi va xonning zarbxonasiga boriladi. Haramxona arkning shim.da, ko&#8217;rinishxona g&#8217;arbiy qismida, o&#8217;rtasida Oq Shayx bobo ko&#8217;shki joylashgan. Darvozaning chap tomonida xonning xizmatkorlari yashaydigan xonalar, omborxona va otxonalar bo&#8217;lgan (saqlanmagan). Zarbxona (14,0 x 17,0 metr) Muhammad Rahimxon I hukmronligi davrida (1806\u2014 25) bunyod etilgan. Masjid (15,8 x 12,8 metr) va ayvoni (7,4 x 13,0 metr) hamda qator xonalar (10,0 x 10,0 metr) hovli atrofida joylashgan. Hovlining Janubdagi ayvon shimolga qaratib qurilgan. Devorlari rang- barang parchinlar bilan bezatilgan. Shiftini ikki qatorli 6 ta ustun ko&#8217;tarib turadi. Ustun tepasi qoshlar bilan, poy- ustuni marmar kursilar bilan bezatilgan. Janubiy devorining o&#8217;rtasida mehrob bor. Janubiy-g&#8217;arbiy burchagiga esa minbar o&#8217;rnatilgan. Ayvonning yon tomonidagi eshikdan xonaqohga kiriladi. Uning devori chorsi g&#8217;ishtlardan terilgan, bezaksiz. Tomi yog&#8217;och to&#8217;sinli vassalar bilan yopilgan. Zarbxonaning xonalari pishiq g&#8217;ishtdan qurilgan, tomi balxi gumbaz bilan yopilgan (1937 yilda gumbazlari qayta tiklangan). Ko&#8217;rinishxona \u2014 xon qabulxonasi, Arangxon hukmronligi davrida (1686\u2014 88) qurilgan. Hozirgi ko&#8217;rinishi Eltuzarxon tomonidan barpo etilgan (1804-06). Koshinqori bezaklari Olloqulixon hukmronligi davriga (1825-43) xos. Umumiy o&#8217;lchami 27,8 x 26,9 metr. Hovli (13,5 x 17,5 metr)ning Janubda shimolga qaratib qurilgan baland ayvon va ikki yonidagi guldastalar koshin-parchinlar bilan bezatilgan. Ayvonning orqa tomonida xon qabulxonasi \u2014 taxt turadigan xona joylashgan. Xona devorlari ganchkori naqshlar bilan bezatilgan. Sharqiy devoriga kosamonlar ishlangan. G&#8217;arbiy devoir muqarnasli, u yerda xonning taxti bo&#8217;lgan (hozir Moskvadagi qurol-aslaha palatasida saqlanmoqda). Xona shiftlari A. Boltaev va R. Masharipovlar tomonidan qayta ta&#8217;mirlangan (1934). Chap tomonidagi eshikdan hovliga chiqilgan. Omborxona, otxona va xizmatkorlar yashaydigan xonalarni (saqlanmagan) ko&#8217;rinishxona bilan bog&#8217;laydigan yo&#8217;lak bor, uning o&#8217;ng tomonidagi kichik hujradan zina orqali ikkinchi qanatga chiqilgan. Hovlining g&#8217;arbiy tomonida qator xonalar ikki qanatli bo&#8217;lgan (1998-99 yillarda ikkinchi qanati qayta tiklandi). Shimoldagi xonalar 20-asr boshlarida Yevropa uslubida qurilgan. Hovlining o&#8217;rtasida g&#8217;ishtdan ishlangan doira shaklidagi supaga chodir tikilib, u yerda xon elchilarni qabul qilgan. Haramxona Muhammad Rahimxon II hukmronligi davrida qurilgan (1865- 1910). Umumiy hajmi 62,0 x 32,6 metr bo&#8217;lib, katta hovli (50,0 x 14,5 metr)ning shimoliy va Sharqiy tomonida ikki qanatli qator xona va ayvonlar bor. Shim.dagi ikki qanatli xonalarning birinchi qavati Yevropa uslubida qurilgan, har biri bilan daxliz orqali bog&#8217;langan. Ikkinchi qanatda qator ustunli ayvonchalar bor. G\u2019apbiy qismidagi ayvon baland qurilgan bo&#8217;lib, ikki yonidagi guldastalari bilan ajralib turadi. Guldastalar gumbazi rangli koshinlar bilan qoplangan. Ayvon to&#8217;sinlari va ustunlari, panjaralar Xiva me&#8217;morligiga xos uslubda bezatilgan. Ayvon va xonalar shifti turli rangdagi bo&#8217;yoqli naqshlar bilan bezatilgan. Ganchdan kosamonlar va turli naqshlar ishlangan. Hozir haramxonaning bir qismida muzey-qo&#8217;riqxona idorasi joylashgan. Oq Shayx bobo ko&#8217;shki ning umumiy hajmi 60&#215;40 metr, balandligi 11 metr bo&#8217;lib, xom g&#8217;ishtdan piramida shaklida sharqqa qaratib qurilgan ikki qanatli ayvon shaklidagi bino (taxminan 2-3-asrlar). 16\u2014 18-asrlarda qayta qurilib, harbiy maqsadlar uchun moslashtirilgan. Ko&#8217;shkga ikki minora o&#8217;rtasidagi zinalar (1993-96 yillarda qayta tiklangan) orqali chiqilgan. Hozir oq Shayx bobo ko&#8217;shki 19-asr oxiridagi fotosuratlar va ilmiy tadqiqot asosida asl holiga keltirilib, ta&#8217;mirlangan. Abdusafiy Rahmonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>KO&#8217;HNA ARK \u2014 Xivadagi me&#8217;moriy yodgorlik (17-19-asrlar). Ichan qalaning g&#8217;arbiy qismida joylashgan. Ko&#8217;hna Ark (tarhi 130 x 93 metr)dagi binolar, asosan, 17-asrda Ano&#8217;shaxonning o&#8217;g&#8217;li Arangxon davrida usta, shoir Mavlono Vafoiy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/kohna-ark\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[201],"tags":[],"class_list":["post-32561","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-k-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32561","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32561"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32561\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32562,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32561\/revisions\/32562"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32561"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32561"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32561"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}