{"id":32575,"date":"2022-10-28T14:05:20","date_gmt":"2022-10-28T11:05:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=32575"},"modified":"2022-10-28T14:05:21","modified_gmt":"2022-10-28T11:05:21","slug":"tsistiserkoz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tsistiserkoz\/","title":{"rendered":"TSISTISERKOZ"},"content":{"rendered":"\n<p>TSISTISERKOZ \u2014 tasmasimon chuvalchanglar (tsestodlar sinfiga kiruvchi cho&#8217;chqa solityorlarining lichinkalari) qo&#8217;zg&#8217;atadigan gijja kasalligi. Odam va hayvonlarda uchraydi. Cho&#8217;chqa solityorining lichinkasi tsistiserklar deb atalib, odatda, chuchqaning ko&#8217;ndalang targ&#8217;il muskullarida yashaydi (cho&#8217;chqa oraliqxo&#8217;jayin). Odamga tsistiserkli cho&#8217;chqa go&#8217;shtini chala pishirib iste&#8217;mol qilganda yuqadi. Odam organizmiga o&#8217;tgan tsistiserk me&#8217;da shirasi ta&#8217;sirida parchalanadi va parazit o&#8217;z so&#8217;rg&#8217;ichlari bilan ingichka ichak devoriga yopishib, shu yerda jinsiy yetiladi. Ichakda etilgan gijja odamda tenioz kasalligini qo&#8217;zg&#8217;atadi. Ba&#8217;zi hollarda, ya&#8217;ni bemor qayt qilganda ichakning teskari qisqarishi tufayli gijjaning ichakda yetilgan bo&#8217;g&#8217;imlari me&#8217;daga, qizilo&#8217;ngachga tushib, ular devoridagi qon tomirlariga o&#8217;tadi va u yerda tuxumidan onkosferalar chiqadi. Onkosferalar qon va limfa orqali bemor skelet muskullariga, bosh va orqa miyaga, ko&#8217;zga va boshqalarga tarqalib, tsistiserklarga aylanadi (bunda odam oraliq xo&#8217;jayin bo&#8217;lib qoladi). Tsistiserklar odam organizmida oylab, yillab yashaydi va uni surunkali zaharlab turadi. Tsistiserklar qo&#8217;zg&#8217;atadigan kasalliklar og&#8217;ir kechib, ular qaysi a&#8217;zoda parazitlik qilsa, o&#8217;sha a&#8217;zo qattiq zararlanadi (masalan, ko&#8217;z xiralashadi, bosh qattiq og&#8217;riydi, bemor tirishadi, tutqanoq tutadi va hokazolar). Tsistiserklar joylashgan a&#8217;zoga va kasallik belgilariga ko&#8217;ra davo qilinadi. Oldini olish uchun go&#8217;sht mahsulotlarini yaxshilab pishirib eyish, shaxsiy va ovqatlanish gigienasi qoidalariga qat&#8217;iy rioya qilish, bemorlarni vaqtida davolash, oqar suvlarni ifloslantirmaslik zarur. Hayvonlarda Tsistit qoramol, qo&#8217;y, echki, ot, cho&#8217;chqa, tuya, it va boshqalarda uchraydi (jinsiy yetilgan gijja go&#8217;shtxo&#8217;r hayvonlarning ichagida parazitlik qiladi). Tsistit hayvonlarga parazitning tuxumi tushgan ozuqa yoki suv orqali yuqadi. Tsistiserklar skelet hamda chaynov muskullari, yurak, til, bosh miya va boshqa a&#8217;zo va to&#8217;qimalarda har xil kattalikdagi pufakchalar ko&#8217;rinishida rivojlanadi. Oldini olish: Tsistit sababli so&#8217;yilgan chorva mollari go&#8217;shti va a&#8217;zolari zararsizlantiriladi va ko&#8217;mib tashlanadi; fermalar va mollar so&#8217;yiladigan joylarga itlar qo&#8217;yilmaydi; itlar vaqt-vaqti bilan gelmintsizlantiriladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TSISTISERKOZ \u2014 tasmasimon chuvalchanglar (tsestodlar sinfiga kiruvchi cho&#8217;chqa solityorlarining lichinkalari) qo&#8217;zg&#8217;atadigan gijja kasalligi. Odam va hayvonlarda uchraydi. Cho&#8217;chqa solityorining lichinkasi tsistiserklar deb atalib, odatda, chuchqaning ko&#8217;ndalang targ&#8217;il muskullarida yashaydi (cho&#8217;chqa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tsistiserkoz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[195],"tags":[],"class_list":["post-32575","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ts-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32575","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=32575"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32575\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":32577,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/32575\/revisions\/32577"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=32575"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=32575"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=32575"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}