{"id":3266,"date":"2021-10-09T09:33:21","date_gmt":"2021-10-09T06:33:21","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3266"},"modified":"2021-10-09T09:33:22","modified_gmt":"2021-10-09T06:33:22","slug":"troyali-yelena-kim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/troyali-yelena-kim\/","title":{"rendered":"Troyali Yelena kim?"},"content":{"rendered":"\n<p>Qadimgi Yunonistonda ilohlar va odamlar haqida ko&#8217;pdan-ko&#8217;p asotirlar va afsonalar mavjud bo&#8217;lgan. Troyali Yelena yunon asotiriyasida eng go&#8217;zal ayol edi. Uning onasi umri o&#8217;tkinchi banda Leda, otasi esa iloh Zevs edi. Naql qilishlaricha, Yelena shu qadar go&#8217;zal ediki, uni bir ko&#8217;rgan odam husnidan lol qolar ekan. Yelena balog&#8217;at yoshiga yetishi bilanoq Yunonistonning xushsurat va qudratli hukmdorlari uning qo&#8217;lini so&#8217;ray boshlaydilar. Jazmanlar juda ko&#8217;pligi tufayli uning o&#8217;gay otasi Sparta hokimi ularni Yelena kimgaki turmushga chiqsa, o&#8217;shanga sodiq qolishga qasamyod qilishlariga majburlaydi. Barcha bo&#8217;lg&#8217;usi kuyovlardan eng badavlat va qudratlisi bo&#8217;lmish Manelay Yelenaga yostiqdoshlikka tanlab olinadi. Keyinchalik u Spartaga podshoh bo&#8217;ladi va ular Yelena bilan baxtli yashashardi. Muhabbat ilohasi Afrodita Troya podshosi Priumning o&#8217;g&#8217;li \u2014 Paris degan zotni taqdirlashni istab qoladi. U umri o&#8217;tkinchilar orasidan eng chiroyli ayolni Parisga berishga va&#8217;da qiladi. Paris Sparta sari kemada yo&#8217;l oladi. O&#8217;sha yerda u Yelenani ko&#8217;rib va sevib qoladi. Paris Yelenani Manelayni tark etish va u bilan Troyaga qochishga ko&#8217;ndiradi. Manelay g&#8217;azab otiga minadi va Parisni yo&#8217;q qilish hamda Yelenani qaytarib olishga qasam ichadi. Yelenaning jazmanlari tomonidan berilgan va&#8217;dani yodda tutgan Manelay ulardan Troyaga qarshi urushda yordam berishlarini iltimos qiladi. Ulug&#8217; yunon shoiri Gomerning &#8220;Iliada&#8221; degan epik dostonida bu urushning so&#8217;nggi janglari to&#8217;g&#8217;risida, Yunoniston va Troya ko&#8217;plab buyuk qahramonlarining halok bo&#8217;lishi to&#8217;g&#8217;risida hikoya qilinadi. Ehtimol, Troya urushi taxminan Masih Mavludidan avvalgi 1200 yilda bo&#8217;lgandir, ammo hech kim u qay sababdan boshlanganini aniq bilmaydi. Go&#8217;zal Yelena haqidagi tarix, kim bilsin, bor-yo&#8217;g&#8217;i afsonadir. Urushda Paris o&#8217;ldirilgan va Troya vayron qilingan edi. Yelena Manelaydan o&#8217;zini kechirishni o&#8217;tinadi va podshoh bunga rozi bo&#8217;ladi. Ular Spartaga qaytishadi. Ammo Manelay vafotidan keyin Yelenani sohibi qasridan Rodos oroliga olib ketishadi, degan rivoyat ham bor.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Qadimgi Yunonistonda ilohlar va odamlar haqida ko&#8217;pdan-ko&#8217;p asotirlar va afsonalar mavjud bo&#8217;lgan. Troyali Yelena yunon asotiriyasida eng go&#8217;zal ayol edi. Uning onasi umri o&#8217;tkinchi banda Leda, otasi esa iloh Zevs &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/troyali-yelena-kim\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3266","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3266","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3266"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3266\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3268,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3266\/revisions\/3268"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3266"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3266"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3266"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}