{"id":3276,"date":"2021-10-09T09:47:48","date_gmt":"2021-10-09T06:47:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=3276"},"modified":"2021-10-09T09:47:49","modified_gmt":"2021-10-09T06:47:49","slug":"folklor-nima","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/folklor-nima\/","title":{"rendered":"Folklor nima?"},"content":{"rendered":"\n<p>Ajdodlarimiz hayoti qandaydir bir udumiy-marosimiy qo&#8217;shiqlar va raqslarsiz ma&#8217;no \u2014 tuzsizdek bo&#8217;lgan. Siz, ehtimol, aksariyat ertaklarning an&#8217;anaviy xotimasiga e&#8217;tibor bergandirsiz: &#8220;va ular nikoh to&#8217;yini qildilar&#8221;. Nikoh to&#8217;yi Rusda bir necha kun, ba&#8217;zan esa haftalab ham davom etgan. Tomoshalar har xil tabiatli: lirik, kulguli, tantanali, ulug&#8217;lovchi, rahsli sahnalardan iborat bo&#8217;lgan. Albatta, faqat nikoh to&#8217;ylaridagina qo&#8217;shiq ko&#8217;ylab, o&#8217;ynab \u2014 kulishmagan. Maishiy qo&#8217;shiqchilik ijodiyoti mavjud: alla, hazil, lirik qo&#8217;shiqlar: marhumlar boshida aytiladigan yig&#8217;i \u2014 marsiya qo&#8217;shiqlar; uzoq o&#8217;tmishdan so&#8217;zlovchi bilinlar. Bosh qahramoni \u2014 petrushka \u2014 hamisha bolalarning sevimli ermagi bo&#8217;lgan xalq qo&#8217;girchoq teatri qadim-qadimlardan beri ma&#8217;lum. She&#8217;riyat esa \u2014 rivoyatlar, ertaklar, virshilar! Xalq tomonidan yaratilgan butun bu ulkan boylik \u2014 musiqa, qo&#8217;shiq, she&#8217;riyat, teatr, raqs, tasviriy san&#8217;at \u2014 bitta termin bilan birlashtiriladi: folklor yoxud xalq og\u2019zaki ijodiyoti. So&#8217;zning o&#8217;zi bizga eski ingliz tilidan kelib qolgan va &#8220;xalq zakovati&#8221; sifatida tarjima qilinadi. Butun dunyoda raqs, qo&#8217;shiq, so&#8217;z tasvir san&#8217;atini shu tarzda hurmat-ehtirom bilan tilga oladilar. Bu esa chinakam adolat alomati. Chunki folklorda xalq tajribalari, an&#8217;analari, orzu-umidlari, dunyoqarashi gavdalanadi, ya&#8217;ni chindan ham uning zakovati va donishmandligi namoyon bo&#8217;ladi. Odatdagi san&#8217;atdan farqli o&#8217;laroq folklorda mualliflik bo&#8217;lmaydi. Xalq musiqa merosi \u2014 qo&#8217;shiqlar, raqslar, bilinlar, cholg&#8217;u asboblari Nagmalari va chastushkalarni ko&#8217;rib chiqaylik-chi. Asar og\u2019zaki an&#8217;analarda yashaydi, ko&#8217;pincha ko&#8217;rinishi o&#8217;zgartirilib ma&#8217;lum bir ijrochidan boshqasiga yetkaziladi, Shuning uchun folklorshunoslar (xalq ijodiyotini tadqiq etuvchilar shunday ataladi) turli joylarda va har xil ijrochilardan ba&#8217;zan bitta va aynan o&#8217;sha qo&#8217;shiq yoki bilinning bir-biridan farq qiluvchi variantlarini yozib olishadi. Ammo folklor \u2014 nafaqat xalq donishmandligi. Bu tag&#8217;in xalq ruhi, uning o&#8217;z-o&#8217;zini anglashining namoyon bo&#8217;lishidir. Rus musiqasini o&#8217;zbeklar, neapolliklar, gruzinlarniki bilan yoki spirichuels-zanjilarning diniy munojotlari bilan chalkashtirish mumkin emas. Har bir qo&#8217;shiq-xalqning hayoti, uning tarixi va turmushining ifodasi. Mashhur iborani jinday o&#8217;zgartirib shunday deyish mumkin: meni o&#8217;sha xalqning folklori bilan tanishtiring, va men, sizga uning qanday xalq ekanligini aytib boraman. Va nihoyat, butun jahon madaniyatining ildizlari xalq ijodiyotiga borib taqaladi. U zamonaviy adabiyot, musiqa, rassomchilikni oziqlantiradi. Boshqacha bo&#8217;lishi ham mumkin emas. Zero, inson xalqdan tashqarida, jamiyatdan tashqarida, ildizlardan tashqarida mavjud bo&#8217;la olmaydi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ajdodlarimiz hayoti qandaydir bir udumiy-marosimiy qo&#8217;shiqlar va raqslarsiz ma&#8217;no \u2014 tuzsizdek bo&#8217;lgan. Siz, ehtimol, aksariyat ertaklarning an&#8217;anaviy xotimasiga e&#8217;tibor bergandirsiz: &#8220;va ular nikoh to&#8217;yini qildilar&#8221;. Nikoh to&#8217;yi Rusda bir necha &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/folklor-nima\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":657,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[21],"tags":[],"class_list":["post-3276","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bilasizmi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3276","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3276"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3276\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3277,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3276\/revisions\/3277"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/657"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3276"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3276"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3276"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}