{"id":33277,"date":"2022-11-04T15:32:36","date_gmt":"2022-11-04T12:32:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33277"},"modified":"2022-11-04T15:32:38","modified_gmt":"2022-11-04T12:32:38","slug":"ibn-arabshoh-shihobuddin-ahmad-ibn-muhammad-ibn-abdulloh-ibn-ibrohim","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ibn-arabshoh-shihobuddin-ahmad-ibn-muhammad-ibn-abdulloh-ibn-ibrohim\/","title":{"rendered":"IBN ARABSHOH SHIHOBUDDIN AHMAD IBN MUHAMMAD IBN ABDULLOH IBN IBROHIM"},"content":{"rendered":"\n<p>IBN ARABSHOH SHIHOBUDDIN AHMAD IBN MUHAMMAD IBN ABDULLOH IBN IBROHIM (1388, Damashq \u2014 1450, Qohira) \u2014 Arab tarixchisi. Amir Temur Shom (Suriya) ni egallagach (1401), Ibn Arabshoh ni qarindosh-urug&#8217;lari bilan Samarqandga keltirgan. Bu yerda u mashhur olimlardan ta&#8217;lim olgan, fors, mo&#8217;g&#8217;ul va turk tillarini o&#8217;rgangan hamda adabiyot va ilohiyot bilan shug&#8217;ullangan (1401-08). U Xorazm, Mo&#8217;g&#8217;uliston, Xitoyda va Oltin O&#8217;rda poytaxti saroyda bo&#8217;lgan. Hoji Tarxon (Astraxon) da huquq fani bilan shug&#8217;ullangan. Qrim orqali Adrianopolga kelgan. 10 yil davomida turk sultoni Muhammad I ning maxsus kotibi bo&#8217;lgan. Ibn Arabshoh bir necha tarixiy kitob yozgan. &#8220;G&#8217;urrat US-siyar Fi duvalitturk va-t- tatar&#8221; (&#8220;Turk va tatar xalqlari davlat- laridagi siyratlar sarasi&#8221;) asari oltin O&#8217;rda haqidagi ko&#8217;p ma&#8217;lumotlarni o&#8217;z ichiga olgan. Ammo bu asar saqlanmagan. Ibn Arabshohning &#8220;Fukoxat ul-Xulafo va mufokahat uz-zurafo&#8221; (&#8220;xalifalarning hozirjavobligi va farosatlilarning hazilkashligi&#8221;) asari ham bor. Ibn Arabshoh tarjimon sifatida Avfiyning &#8220;javomi&#8217;ulhikoyot va Lavomi&#8217;ur-rivoyot&#8221; (&#8220;Hikoyalar majmuasi va rivoyatlar jilvasi&#8221;), Abu Laysning &#8220;tafsir&#8221; ini fors tilidan turkchaga tarjima qilgan. &#8220;Ajoib ul-maqdur Fi axbori Temur&#8221; (&#8220;Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari&#8221;) Ibn Arabshohning eng mashhur asaridir. Bu asar &#8220;Amir Temur tarixi&#8221; nomi bilan o&#8217;zbek tilida ham nashr etilgan. Ibn Arabshoh Amir Temurga nisbatan dushmanlik ruhidagi mualliflar jumlasidan edi. Bu hol uning asarida to&#8217;la aks etdi. Shunga qaramay, Ibn Arabshoh asarida Temur davlati va unga chegaradosh mamlakatlar siyosiy, xo&#8217;jalik va madaniy turmushini qo&#8217;shimcha ravishda oydinlashtirib beruvchi ko&#8217;pdan-ko&#8217;p diqqatga sazovor ma&#8217;lumotlarni keltirgan. Ibn Arabshoh Amir Temurga naqadar salbiy nazar bilan qaramasin, har holda uning shaxsini munosib baholagan: &#8220;yetmish yoshli Temurning fikrlari hali ham qat&#8217;iy, jismoniy jihatdan kuchli va baquvvatdir&#8230; U istehzo va soxtalikni yoqtirmaydi, baxtsiz hodisa ro&#8217;y berganda g&#8217;amga botmaydi, doim sergak va mardona turadi, uning oldida hamma itoatgo&#8217;y bo&#8217;lib qoladi va hurmat bajo keltiradi. U mard va Jasur odamlarni yoqtiradi&#8230; U masalaning moqiyatini darhol payqab oladigan mohir bahschi edi. U farosati bilan haqgo&#8217;y \u2014 yolg&#8217;onchini darrov farqlar edi, samimiy maslahatchilarni soxta nasihatgo&#8217;ylardan farqdar edi&#8221;. Ad.: Amir Temur tarixi (1-, 2-Kito- blar; so&#8217;z boshi, Arab tilidan tarjima va izohlar muallifi u. Uvatov), T., 1992. Ubaydulla Uvatov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IBN ARABSHOH SHIHOBUDDIN AHMAD IBN MUHAMMAD IBN ABDULLOH IBN IBROHIM (1388, Damashq \u2014 1450, Qohira) \u2014 Arab tarixchisi. Amir Temur Shom (Suriya) ni egallagach (1401), Ibn Arabshoh ni qarindosh-urug&#8217;lari bilan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ibn-arabshoh-shihobuddin-ahmad-ibn-muhammad-ibn-abdulloh-ibn-ibrohim\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-33277","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33277","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33277"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33277\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33279,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33277\/revisions\/33279"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33277"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33277"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33277"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}