{"id":33288,"date":"2022-11-07T09:04:14","date_gmt":"2022-11-07T06:04:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33288"},"modified":"2022-11-07T09:04:16","modified_gmt":"2022-11-07T06:04:16","slug":"ibn-boja","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ibn-boja\/","title":{"rendered":"IBN BOJA"},"content":{"rendered":"\n<p>IBN BOJA, Abu Bakr Muhammad ibn Yahyo (taxminan 1070, Saragosa, Ispaniya \u2014 1139, FeS, Marokash) \u2014 Arab faylasufi, shoir, musiqachi. Sevilyada bir necha yil yashagan. So&#8217;ng Marokashga o&#8217;tib, Fes shahrida vazirlik lavozimida ishlagan. Lekin bu yerda o&#8217;zining falsafiy qarashlari tufayli ta&#8217;qibga uchragan va ganimlari tomonidan zaharlab o&#8217;ldirilgan. Ibn boja fanning bir necha sohalarida ijod qildi. U tabiblik va shoirlikdan tashqari, falakiyot, falsafa, mantiq, matematika, tabiatshunoslik, musiqa sohalari bo&#8217;yicha risolalar yozdi. Aristotelning fizika va meteorologiyaga oid asarlariga sharhlar bitdi. O&#8217;tmish falsafiy fikrini chuqur o&#8217;rganib, uni yaqin va O&#8217;rta Sharq xalqlariga tanishtirishda katta xizmat ko&#8217;rsatdi. Ibn bojaning ko&#8217;p asarlari tugallanmagan. Ular jumlasiga &#8220;jon haqida&#8221;, &#8220;yolg&#8217;iz kishining xulq-odobi&#8221; (&#8220;Tadbir al-mutavahhid&#8221;) kabilar kiradi. Boshqalari tugallangan bo&#8217;lsada, kichik hajmdagi asarlardir. Ular qadimgi yahudiy va lotin tillariga tarjima qilingan va bizgacha ayrim parchalari yetib kelgan. Ibn boja o&#8217;z risolalarida jamiyatdan ajralgan inson haqida gapirsa ham, jamiyatning xayrli ishlarida inson faol qatnashuvi lozim, deb tushuntirdi. U tarkidunyochilikka qarshi chiqdi, insonga bu dunyoda farovonlikka va baxt- saodatga erishish yo&#8217;llarini ko&#8217;rsatishga intildi, Fozil odamlar va faylasuflardan iborat bo&#8217;lgan jamiyat to&#8217;g&#8217;risida xayol qildi. Uningcha, har bir kishi o&#8217;z ma&#8217;naviy kamoloti yo&#8217;lida qayg&#8217;ursa, shunda jamiyat ham takomillashadi. Bunday jamiyatda donishmanddar ko&#8217;payib borib, nizo-adovat va jabr-zulmga o&#8217;rin qolmaydi. Ibn bojaning ijtimoiy-falsafiy fikrlari keyinchalik Arab faylasuflari Ibn Tufayl va Ibn Rushdnnig dunyoqarashiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IBN BOJA, Abu Bakr Muhammad ibn Yahyo (taxminan 1070, Saragosa, Ispaniya \u2014 1139, FeS, Marokash) \u2014 Arab faylasufi, shoir, musiqachi. Sevilyada bir necha yil yashagan. So&#8217;ng Marokashga o&#8217;tib, Fes shahrida &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ibn-boja\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-33288","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33288","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33288"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33288\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33289,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33288\/revisions\/33289"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33288"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33288"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33288"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}