{"id":33503,"date":"2022-11-08T16:02:47","date_gmt":"2022-11-08T13:02:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33503"},"modified":"2022-11-08T16:02:49","modified_gmt":"2022-11-08T13:02:49","slug":"aviatsiya-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aviatsiya-2\/","title":{"rendered":"<strong>AVIATSIYA<\/strong>"},"content":{"rendered":"\n<p>Inson qadim-qadimdan qush kabi uchishni, burgutdek baland tog&#8217; cho&#8217;qqilari ustida parvoz qilishni orzu qilib kelgan. Ertaklardagi \u00abuchar gilam\u00bb va \u00abuchar ot\u00bblar bekorga to&#8217;qib chiqarilmagan. Ajdodlarimizdan qaysi biri bolaligida varrak uchirmagan? Varrak, qushlar, \u00abuchar gilam\u00bb va \u00abuchar oblar insonning uchadigan mashinalarni o&#8217;ylab topishiga turtki bo&#8217;ldi. Qush kabi uchadigan apparatlar \u2014 havodan og&#8217;ir uchish apparatlarining dastlabki chizmalari o&#8217;rta asrlarda yashagan buyuk italyan olimi Leonardo da Vinchi qo&#8217;lyozmalarida topildi. Undan keyin ko&#8217;pgina ixtirochilar juda g&#8217;aroyib uchish apparatlari yaratishga urinib ko&#8217;rishdi. 1882-yilda rus dengiz ofitseri A. F. Mojayskiy osmonga ko&#8217;tara oladigan dunyoda birinchi samolyot qurdi. Unda hozirgi samolyotning barcha asosiy alomatlari: tana (korpus), qanotlar, dum, qanot, shassi, boshqarish mexanizmlari, motor qurilmasi bor edi. Sinovlardan birida samolyot yerdan bir oz ko\u2018tarildi-yu, lekin yoniga qiyshayib borib, yerga quladi va qanotlarini sindirib oldi. Amerikalik aka-uka Raytlarga bu ishda omad kulib boqdi: 1903-yil 17-dekabrda ularning kerosin bilan ishlaydigan dvigatelli aeroplanlari osmonga ko&#8217;tarildi va 32 metr joygacha uchib bordi. Shu tariqa aviatsiya (lotincha \u00abavis\u00bb &#8211; qush) dunyoga keldi. 20-asr boshida aviatsiya jadal rivojlana boshladi. Butun dunyoda birin-ketin samolyotlarning turli-tuman konstruksiyalari yaratildi, gidrosamolyot deb ataladigan uchar qayiqlar qurildi. 1909-yilda fransuz konstruktor-uchuvchisi L. Blerio o&#8217;zi qurgan \u00abBlerio-XI\u00bb samolyotida Lamansh bo&#8217;g&#8217;ozi orqali Fransiyadan Angliyaga uchib o&#8217;tdi. Rus konstruktori A.N Tupolev yaratgan ANT-3 samolyotida 1926- yili uchuvchi M. Gromov Yevropani aylanib uchib o&#8217;tdi. Amerikaning \u00abRayan\u00bb firmasida tayyorlangan samolyotda uchuvchi Ch. Lindberg 1927-yilda birinchi marta AQSHdan Atlantika okeani orqali Yevropaga uchib o&#8217;tdi. A. N. Tupolev rahbarligida loyihalangan ANT- 4 (TB-1) samolyotida 1929-yilda uchuvchi S.A.Shestakov Moskvadan parvoz qilib, Sibir, Tinch okean orqali 20000 kilometr masofani bosib o&#8217;tib, Nyu-Yorkka qo&#8217;ndi. V.Chkalov, G.Baydukov va A.Belyakov 1937-yilda ANT- 25 samolyotida Moskva &#8211; Shimoliy qutb &#8211; Vankuver (AQSH) marshrutini qo&#8217;nmay uchib o&#8217;tishdi. Amerikaning \u00abDuglas\u00bb firmasi tayyorlagan DS-3 samolyotidan dunyoning ko&#8217;pgina mamlakatlarida ancha yillar davomida yo&#8217;lovchilar tashishda foydalanildi. Biroq, bu samolyotlar kam o&#8217;rindiqli va uchish tezligi kichik bo&#8217;lganligi sababli 50-yillarga kelib yo&#8217;lovchi va yuklami tashishda qoniqtirmas edi. Rossiya, Angliya, Germaniya, Italiya va AQSh da reaktiv dvigatel yaratish borasida qizg&#8217;in ish olib borildi. 1949-yil Angliyada 40 o\u2019rinli \u00abKomet\u00bb tipidagi, 1955-yilda sobiq Ittifoqda 100 o\u2019rinli \u00abTu-104\u00bb reaktiv samolyotlar ucha boshladi. Shundan so&#8217;ng AQSH da \u00abBoing\u00bb tipidagi, Angliyada \u00abBritaniya\u00bb va \u00abVaykaunt\u00bb, Fransiyada \u00abKaravella\u00bb, sobiq Ittifoqda Tu-114, \u00abTu- 154\u00bb, Tu-134\u00bb 11-18, \u00abII- 62\u00bb, \u00abII-76\u00bb, \u00abII-86\u00bb \u00abAn- 24\u00bb \u00abYak 40\u00bb, Yevropa mamlakatlari firmalari bilan birgalikda loyihalangan \u00abA-300\u00bb, \u00abA-310\u00bb, \u00abA-320\u00bb va boshqa samolyotlar yaratildi. Ko&#8217;p mamlakatlarda 1960-yillar oxiridan boshlab tovushdan tez uchar samolyotlar yaratish ustida qizg&#8217;in ish olib borildi. Sobiq Ittifoqda \u00abTu-144\u00bb, Angliya va Fransiyada \u00ab\u041a\u043en\u043a\u043erd\u00bb, AQSHda \u00ab\u0412\u043eing-2707\u00bb samolyotlari yaratildi. Bular soatiga 2500\u2014 3000 kilometr tezlik bilan bir necha ming kilometr m asofaga qo&#8217;nmay ucha oladi. Bu orada vertolyotlarning turli xillari yaratildi. O&#8217;zbekistonda samolyotlar ishlab chiqarish 40-yillarda boshlangan. 1941-yili Ximki shahri (Moskva viloyati) dan Toshkentga ko\u2019chirib keltirilgan V. P. Chkalov nomidagi aviatsiya zavodi negizida barpo qilingan Toshkent aviatsiya zavodi (1996-yildan \u00abToshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi\u00bb davlat aksiyadorlik jamiyati)da dastlab jangovar samolyotlar tayyorlangan. Urushdan keyingi yillarda IL-14, 1958-yildan transport samolyotlari, 1966 yildan AN-22 &#8211; \u00abAntey\u00bb samolyotlari, 70-yillar boshlaridan IL-76 samolyotlari ishlab chiqarilgan. 90-yillarda uning asosiy mahsuloti IL-76 MF transport samolyoti bo&#8217;ldi, 1992-yildan mahalliy havo yo\u2019llarida uchishga mo\u2019ljallangan IL-114 samolyotlari (64 o&#8217;rinli) o&#8217;zlashtirildi. 1997-yilda S.Ilyushin nomidagi aviatsiya kompaniyasi (Rossiya) IL-114 samolyotini ishlab chiqarish va IL 76 MF samolyotini ta\u2019mirlash huquqini beradigan xalqaro sertifikatlarni Toshkent aviasozlariga topshirdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson qadim-qadimdan qush kabi uchishni, burgutdek baland tog&#8217; cho&#8217;qqilari ustida parvoz qilishni orzu qilib kelgan. Ertaklardagi \u00abuchar gilam\u00bb va \u00abuchar ot\u00bblar bekorga to&#8217;qib chiqarilmagan. Ajdodlarimizdan qaysi biri bolaligida varrak uchirmagan? &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/aviatsiya-2\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32452,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[104],"tags":[],"class_list":["post-33503","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-bolalar-uchun","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33503","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33503"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33503\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33504,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33503\/revisions\/33504"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32452"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33503"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33503"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33503"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}