{"id":33511,"date":"2022-11-09T09:44:15","date_gmt":"2022-11-09T06:44:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33511"},"modified":"2022-11-09T09:44:16","modified_gmt":"2022-11-09T06:44:16","slug":"ibn-taymiya","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ibn-taymiya\/","title":{"rendered":"IBN TAYMIYA"},"content":{"rendered":"\n<p>IBN TAYMIYA, Taqiy addin Ahmad (1263, Harron, Suriya \u2014 1328, Damashq) \u2014 hanbaliylik mazhabiga mansub faqih va ilohiyotchi olim. 1269 yil otasi oilasi bilan Damashqqa ko&#8217;chib o&#8217;tadi. Ibn Taymiya dastlab otasi asos solgan Sukkariya madrasasida ta&#8217;lim oladi, so&#8217;ng 21 yoshida shu madrasaga o&#8217;zi mudarrislik qiladi. 1296 yil Damashqdagi hanbaliya madrasasida saboq berdi. 1306-12 yillarda Misrda yashadi. Shu davrda u Misr ilohiyotchilari bilan keskin bahslar yuritdi va natijada 2 marta zindonga tushdi. 1313 yil Damashqqa qaytib yana mudarrislik faoliyatini davom ettirdi. Ammo, bu yerda ham 1321 va 1326 yil zindonga tushadi va tutqunlikda vafot etadi. Ibn Taymiya o&#8217;z dunyoqarashi bo&#8217;yicha hanbaliylik mazhabining Salafiya oqimiga mansub edi. U Muhammad (as) sahobalarining fikrlarini 4 mazhab asoschilarining ta&#8217;limotlaridan ustun qo&#8217;yish, ijtihod masalasida esa Qur&#8217;on va hadis matnlari bilan cheklanish tarafdori edi. Ibn Taymiya Islomning &#8220;sof&#8221; ligi uchun kurashib, falsafa, kalom (xususan, ash&#8217;ariylar) ni, avliyolarga sig&#8217;inish va Muhammad(as) qabrini ziyorat qilishni keskin qoraladi. Siyosat bobida Ibn Taymiya davlat va dinning birligi g&#8217;oyasini targ&#8217;ib etdi. Ibn Taymiya yozgan ilmiy va diniy asarlar o&#8217;rta asrlar Islom merosining tarkibiy qismini tashkil etadi va hamma tomonidan e&#8217;tirof qilinadi. Ammo ayni vaqtda hanbaliylik ta&#8217;limotining to&#8217;da shakllanishida katta xizmat qilgan bu asarlar yaqin Sharq tarixining keyingi davrlarida Islom oqimlari uchun nazariy asos rolini o&#8217;ynay boshladi. Hanbaliylarga xos ijtimoiy-siyosiy faollik Ibn Taymiya asarlarida yuqori darajaga ko&#8217;tarilganining sababi shundaki, u davrda Suriya (Shom) dan Sharqda joylashgan yerlar mo&#8217;g&#8217;ullar qo&#8217;l ostida, ammo aholisi musulmon edi. Hatto Eron va Iroqda hukmron bo&#8217;lgan ilxonlar (Xulaguiylar) ham Islomga kirgandilar. Lekin Ibn Taymiya ularni haqiqiy musulmon deb hisoblamas, ularga qarshi jihodga da&#8217;vat etardi. Ibn Taymiya g&#8217;oyalarini keyinchalik bir necha diniy-siyosiy harakatlar, jumladan, vahhobiylar kengaytirdilar va Islomda eng keskin ta&#8217;limotni barpo qildilar. Ibn Taymiya asarlaridan vahhobiylar o&#8217;zlarining g&#8217;arazli maqsadlarida foydalanadilar. Shunga qaramay Ibn Taymiya asarlarida Islomiy mafkuraning ahli sunna yo&#8217;nalishiga va huquqshunoslikka oid muhim ma&#8217;lumotlarni ham uchratish mumkin. Ahadjon Hasanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>IBN TAYMIYA, Taqiy addin Ahmad (1263, Harron, Suriya \u2014 1328, Damashq) \u2014 hanbaliylik mazhabiga mansub faqih va ilohiyotchi olim. 1269 yil otasi oilasi bilan Damashqqa ko&#8217;chib o&#8217;tadi. Ibn Taymiya dastlab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/ibn-taymiya\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[199],"tags":[],"class_list":["post-33511","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-i-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33511","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33511"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33511\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33513,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33511\/revisions\/33513"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33511"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33511"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33511"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}