{"id":33581,"date":"2022-11-09T12:44:14","date_gmt":"2022-11-09T09:44:14","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33581"},"modified":"2022-11-09T12:44:17","modified_gmt":"2022-11-09T09:44:17","slug":"yashin","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yashin\/","title":{"rendered":"YASHIN"},"content":{"rendered":"\n<p>YASHIN, Komil Yashin (taxallusi; asl nomi Nu&#8217;monov Komil) (1909.25.12, Andijon \u2014 1997.25.9, Toshkent) \u2014 shoir, dramaturg, publisist va jamoat arbobi. O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1969), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1968), mehnat Qahramoni (1974). O&#8217;zbekistonda xizmat ko&#8217;rsatgan san&#8217;at arbobi (1939). H. Nosirovaning turmush o&#8217;rtog&#8217;i. Leningraddagi o&#8217;rmon xo&#8217;jaligi institutida o&#8217;qigan (1925\u2014 28). Andijon maktablarida o&#8217;qituvchilik qilgan (1928-30). Andijon viloyat va O&#8217;zbek musiqali drama teatrlarida adabiy emakdosh (1930-36), san&#8217;at ishlari bosh boshqarmasida boshliq (1946-49), O&#8217;zbekiston Yozuvchilar uyushmasida rais (1958-80), &#8220;O&#8217;zbek tili va adabiyoti&#8221; jurnalida bosh muharrir (1969-80, jamoatchilik asosida). Adabiy faoliyati 1925 yildan boshlangan. Uning shu yillardan boshlab yozgan she&#8217;rlari &#8220;Quyosh&#8221; (1930), &#8220;kurash&#8221; (1931) va boshqalar to&#8217;plamlariga kiritilgan. Ayni paytda teatr san&#8217;ati bilan ham qiziqib, &#8220;kar quloq&#8221; (1926), &#8220;teng tengi bilan&#8221;, &#8220;Lolaxon&#8221; (1927), &#8220;Quyosh&#8221; (1929) kabi bir pardali pyesa va instsenirovkalar yozgan. &#8220;Lolaxon&#8221; pyesasining Qori Yoqubov rahbarligidagi etnografik ansambl repertuariga kiritilishi (1927), ayrim pyesalarining Andijon teatrida sahnalashtirilishi (1929) Yashindagi teatr san&#8217;atiga bo&#8217;lgan maylni kuchaytirgan. Uning 30-yillar voqeligida kechayotgan murakkab jarayonlarni aks ettiruvchi &#8220;o&#8217;rtoqlar&#8221; (1930), &#8220;Yondiramiz&#8221; (1931), &#8220;ichkarida&#8221; (1933, 1935 yilda qayta ishlanib, &#8220;Gulsara&#8221; nomi bilan sahnalashtirilgan), shuningdek, &#8220;nomus va muhabbat&#8221; (1935) pesalari maydonga kelgan. Yashin dramaturgiya sohasidagi bu dastlabki asarlari bilan sho&#8217;ro davri adabiyotining g&#8217;oyaviylik tamoyiliga qat&#8217;iy rioya qiluvchi yozuvchi sifatida tanilgan. Yashin tarixiy-ijtimoiy davr talabi bilan &#8220;Nurxon&#8221; (1940) pyesasini yozgan va uni musiqiy drama teatri sahnasiga olib chiqqan. Dramaturg bosh qahramonning halokati bilan yakunlanuvchi ushbu asarida jamiyat va shaxs erkinligi mavzuini adabiyotning insonparvarlik tamoyili asosida yechishga uringan. 2-jahon urushi yillarida fashizmning bosqinchilik mohiyatini ochishga qaratilgan &#8220;o&#8217;lim bosqinchilarga&#8221; (1942), front orqasida qahramonona mehnat qilgan fidoyi kishilar haqidagi &#8220;Davron ota&#8221; (1942, Uyg&#8217;un, S. Abdulla, Chustiy bilan birga), &#8220;Oftobxon&#8221; (1944), urushdan keyingi yillarda esa &#8220;General Rahimov&#8221; (1949) pyesalarini yozgan. Shaxsga sig&#8217;inish fojialari fosh etilib, tanikli davlat, jamoat va madaniyat arboblarining nohaq qatag&#8217;on etilgani oshkor bo&#8217;lgan davrda Fayzulla Xo&#8217;jayevga bag&#8217;ishlangan &#8220;inqilob tongi&#8221; (1974) pesasini yaratgan. Yashinning dramaturg sifatida shakllanishiga katta ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgan omillardan biri uning Hamza bilan ijodiy hamkorligidir. Yashin Hamzaning kichik sahna uchun mo&#8217;ljallangan &#8220;boy ila xizmatchi&#8221; pyesasini 1939 yilda qayta ishlagan. Uning sa&#8217;yharakati bilan Hamzaning &#8220;paranji sirlaridan bir lavha&#8221; va &#8220;Maysaraning ishi&#8221; pyesalari ham topilib, sahnalashtirilgan. &#8220;Maysaraning ishi&#8221; komediyasi asosida opera spektakli va kinofilm yaratilgan. Yashin ijodida Hamza obrazini yaratish masalasi ham Markaziy o&#8217;rinlardan birini tashkil etadi [&#8220;Hamza&#8221; (1940, A. Umariy bilan birga) dramasi, &#8220;Hamza&#8221; (S. Muhamedov bilan birga) filmi (1960, rejissyorlar Z.Sobitov, N.Radov) stsenariysi va shu nomdagi opera librettosi (1961, kompozitor S. Boboev), B. Privalov va Sh. Abbosov bilan birga &#8220;olovli yo&#8217;llar&#8221; (1975-84, rejissyor Sh. Abbosov) 14 seriyali telefilm stsenariysi]. Sho&#8217;ro hukumati buyurtmasi bilan yaratilgan &#8220;olovli yo&#8217;llar&#8221; teleserialida Yashin Hamza obrazini haddan ziyod sovetlashtirib, tarixiy xaqiqatning buzilishiga yo&#8217;l qo&#8217;ygan. Shunday nuqson Yashinning &#8220;Hamza&#8221; (1987) romanida ham seziladi. Ashrafiy va S. Vasilenkoning 1916 yil qo&#8217;zg&#8217;oloniga bag&#8217;ishlangan &#8220;bo&#8217;ron&#8221; (1939) birinchi o&#8217;zbek operasi, yana shu kompozitorlarning katta Farg&#8217;ona kanali qurilishi haqidagi &#8220;ulug&#8217;kanal&#8221; (1940, Mahmud Rahmon bilan birga), Navoiy dostoni asosidagi &#8220;Dilorom&#8221; (1958, M. Muhamedov bilan birga) operalari librettolarini yozgan. Bundan tashqari, Yashin musiqali drama teatri uchun Navoiy dostoni asosida &#8220;Farhod va Shirin&#8221; (1944), Ergash Jumanbulbul dostoni asosida esa &#8220;Ravshan va Zulxumor&#8221; (1956) dramalarini yaratgan. &#8220;Asal&#8221; (1940, rejissyor M. Egorov, B. Kazachkov), &#8220;Hamza&#8221; (1960), &#8220;General Rahimov&#8221; (1967, I. Lukovskiy va Z. Sobitov bilan birga, rejissyor Z. Sobitov), &#8220;Shiddat&#8221; (1971, rejissyor A. Hamroyev) kabi badiiy va &#8220;Salom, Bahor&#8221; (rejissyor A. Hamroyev) hujjatli filmlari uchun stsenariylar ham yozgan. U. Shekspirning &#8220;Antoniy va Kleopatra&#8221;, U. Gajibekovning &#8220;Arshin mol olon&#8221;, I. Brusilovskiyning &#8220;Yer Torg&#8217;in&#8221;, B. Kerboboevning &#8220;Mahtumquli&#8221;, M. Husaynning &#8220;Olov&#8221;, I. Qosimovning &#8220;inson mehri&#8221;, L. Sobolevning &#8220;xo&#8217;jayin&#8221; pesalarini tarjima qilgan. Toshkent va Andijon shahrilaridagi ko&#8217;chalardan biri Yashin nomi bilan ataladi. Hamza nomidagi O&#8217;zbekiston Davlat mukofoti laureati (1968). As: tanlangan asarlar. 1\u20144j.,T.. 1970\u2014 72; Yodnoma, T., 1989. Ad.Abdusamatov H. Samatov M.. Yashin, T., 1964; Abdusamatov H., Tradipiya va novatorlik problemasi. T., 1974; Abdusamatov H., Estetika va hayot, T., 1976; XX asr o&#8217;zbek adabiyoti tarixi, T., 1999. Naim Karimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YASHIN, Komil Yashin (taxallusi; asl nomi Nu&#8217;monov Komil) (1909.25.12, Andijon \u2014 1997.25.9, Toshkent) \u2014 shoir, dramaturg, publisist va jamoat arbobi. O&#8217;zbekiston xalq yozuvchisi (1969), O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi akademik (1968), mehnat &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yashin\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-33581","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33581","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33581"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33581\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33582,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33581\/revisions\/33582"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33581"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33581"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33581"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}