{"id":33627,"date":"2022-11-09T14:05:44","date_gmt":"2022-11-09T11:05:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33627"},"modified":"2022-11-09T14:05:46","modified_gmt":"2022-11-09T11:05:46","slug":"tarix-falsafasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tarix-falsafasi\/","title":{"rendered":"TARIX FALSAFASI"},"content":{"rendered":"\n<p>TARIX FALSAFASI \u2013 tarixni falsafiy sharxlash va baholash. &#8220;Tarix falsafasi\u201d atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon bo&#8217;lsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yo&#8217;nalishlari bor: teologik (ilohiyot) Tarix falsafasi \u2014 Xudoning irodasini tarixni harakatga keltiruvchi kuch deb qisoblaydi; metafizik Tarix falsafasi \u2014 hech qanday chegaralar va doiralar bilan cheklanmaydigan, turli shakl va ko&#8217;rinishga kiradigan tushunchalar tizimini Tarix falsafasi deb biladi; idealistik Tarix falsafasi \u2014 unda g&#8217;oyalar, insonning axloqiy tushunchalari, ma&#8217;naviy-ruhiy kechinmalari asosida tarixga munosabat bildiriladi; naturalistik Tarix falsafasi uchun inson hissiyoti va tuyg&#8217;usi orqali olamni anglash, o&#8217;tmishga nazar solish va uni baholash asosiy mezondir; materialistik Tarix falsafasi \u2014 unda iqtisodiy omillarga katta e&#8217;tibor beriladi; tarixni yo&#8217;naltiruvchi kuch sifatida moddiy ehtiyoj va iktisodiy zaruriyat asos qilib olinadi. Tarixda shaxsning roliga qanday baho berilishiga qarab, alohida shaxsni ustun qo&#8217;yib yoki jamoani birinchi qo&#8217;yib fikr yuritadigan Tarix falsafasi ham mavjud. Tarix falsafasida, shuningdek, tarix fani tushunchasi, qonuniyatlari, tarixiy jarayon va inson, inson mohiyati, fe&#8217;l-atvori, xatti-harakati, manfaati talqin etiladi. Tarix falsafasi ildizlari antik davr allomalari Gerodot va Fukididning tarixiy harakatga doir qarashlariga borib taqaladi. U Polibiy, Posidoniy, Plutarx qarashlarida nisbatan shakllandi. Avgustin esa ilohiy davlat tarixi falsafasini yaratdi va keyingi ming yillarda tarixiy tafakkurning shakllanishiga kuchli ta&#8217;sir ko&#8217;rsatdi. 18-asrga kelib Tarix falsafasining yo&#8217;nalishlari tubdan o&#8217;zgardi. Tarixiy taraqqiyotda insonning ta&#8217;siri, o&#8217;rni va roli, tarixga inson qalbi, ichki dunyosi, ma&#8217;naviy-ruhiy olami mahsuli sifatida qarash tamoyillari shakllandi. Biroq, bunda ham turlicha yondoshishlar mavjud edi. Chunonchi, Leybnis tarixda metafizik kuchlar va g&#8217;oyalar ustuvor deb tushunsa, Gegel butun voqelikni tarix deb hisoblab, unda dunyoviy aklni ustun qo&#8217;yadi. 19-20-asrlarda tarixni anglashda mavhum mantiq va tarixni bilish nazariyasi bilan bir katorda A. Shopengauer, Ya. Burkxardt, O.Shpengler tarixni tushkunlik orqali anglash, A.Toynbi optimizm, marksizm asoschilari esa tarixiy materializm g&#8217;oyalarini ilgari surdi. Sharqda &#8220;Tarix falsafasi&#8221; tushunchasi o&#8217;ziga xos jihatlarga ega. Forobiy qarashlariga ko&#8217;ra, jamiyat taraqqiyotini ilohiy qonunlar boshqaradi. U Aristotelning jamiyat rivojlanishi haqidagi ta&#8217;limotini o&#8217;z xulosalari bilan boyitdi. Beruniy esa tarixiy taraqqiyot bosqichlarini tabiat, astrologiya, astronomiya, kecha va kunduz, fasllar almashinuvi orqali o&#8217;rgandi. U &#8220;Hindiston&#8221;, &#8220;Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar&#8221; asarlarida insoniyat tarixiga falsafiy nuqtai nazardan yondoshadi, tarixni anglash, idrok etishda butunlay yangicha qarashlarni o&#8217;rtaga tashlaydi. Beruniy dunyo tarixshunosligida asotirlar, afsonalar va rivoyatlardan ilmiy bilish hamda dunyoviy ta&#8217;limotga o&#8217;tishda muhim hissa qo&#8217;shdi. Sharq Tarix falsafasi bir necha yo&#8217;nalishda ko&#8217;zga tashlanib, voqealar tahlili ibratli hikoyalar, pand-nasihatlar, yuksak axloqiy me&#8217;yorlar bilan mushtarak holda olib boriladi. Ayrim hollarda tarixga geografik-hududiy jihatdan yondoshiladi. Sayohatnomalar orqali jamiyat tarixi yaratiladi, podshoxlarning boshqaruv usuli, siyosati, uning mohiyati ochib beriladi. Ad.: Toynbi A., Postijenie istorii, M., 1991; Jo&#8217;raev N., Tarix falsafasi, T., 1999. Narzulla Jo&#8217;raev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TARIX FALSAFASI \u2013 tarixni falsafiy sharxlash va baholash. &#8220;Tarix falsafasi\u201d atamasi antik davr falsafasi va tarixnavisligida namoyon bo&#8217;lsada, uni fanga M.F.Volter kiritgan deb hisoblanadi. Tarix falsafasining quyidagi yo&#8217;nalishlari bor: teologik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tarix-falsafasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-33627","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33627","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33627"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33627\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33628,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33627\/revisions\/33628"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33627"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33627"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33627"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}