{"id":33630,"date":"2022-11-09T14:15:29","date_gmt":"2022-11-09T11:15:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33630"},"modified":"2022-11-09T14:15:30","modified_gmt":"2022-11-09T11:15:30","slug":"tarixiy-janr","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tarixiy-janr\/","title":{"rendered":"TARIXIY JANR"},"content":{"rendered":"\n<p>TARIXIY JANR, tarixiy mavzudagi asarlar \u2014 adabiyot va san&#8217;atdagi asosiy janr yoki mavzulardan biri; tarixiy o&#8217;tmish mavzuida yozilgan asarlar turkumi. Badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan biri tarixiy o&#8217;tmishda sodir bo&#8217;lgan voqealar, yaqin yoki olis o&#8217;tmishda yashagan tarixiy shaxslarga bag&#8217;ishlangan asarlar yaratishdir. Ilmiy tadqiqotlardan farqli o&#8217;laroq, yozuvchi yoki shoir tarixiy mavzudagi asarda tarix haqiqatiga suyangan holda to&#8217;qimadan ham samarali foydalanadi. Yozuvchi yoki shoir tarixiy shaxslar bilan birga shu shaxslar obrazini yorqin mujassamlantirish, tasvir etilayotgan davr manzarasini keng va atroflicha yoritish maqsadida to&#8217;qima qahramonlar obrazini asarga olib kiradi. Tarixiy mavzuda asar yozuvchi muallifdan tasvir etilayotgan davr hayotini yoki tarixiy shaxsning hayoti va faoliyatini tarix hujjatlari (arxiv materiallari, xotiralar va hokazolar) asosida o&#8217;rganish, shu davrning tarixiy koloritini haqqoniy ifodalash, personajlar nutqida o&#8217;sha davr kishilari tiliga xos xususiyatlarni aks ettirish talab etiladi. Yozuvchi yoki shoirning tarixiy mavzuga murojaat etishdan maqsadi, kitobxonlarni tarixiy o&#8217;tmishdagi muhim voqealar, tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan tanishtirish, ularda o&#8217;z xalqining tarixiy o&#8217;tmishiga nisbatan hurmat tuyg&#8217;usini uyg&#8217;otish va shu yo&#8217;l bilan ma&#8217;rifatli avlodni tarbiyalash; zamondoshlarni tarixiy o&#8217;tmish voqealaridan, tarixiy shaxslarning hayoti va faoliyatidagi ibratli tomonlardan saboq olishga undash; bugungi voqelikdagi ayrim noxush voqea va hodisalarga tarixiy o&#8217;tmish voqealarini tasvirlash orqali munosabat bildirishdir. Tarixiy o&#8217;tmish mavzui asosan nasrning roman, qissa va hikoya, dramaturgiyaning tragediya va drama, shuningdek, she&#8217;riyatning Doston, ballada, lirik she&#8217;r kabi janrlarida yoritiladi. Jahon adabiyotida tarixiy o&#8217;tmish mavzui u. Shekspir va F.Shshierttt tragediyalari, V.Skott, J.Golsuorsi, L.N. Tolstoy va boshqa yozuvchilarning romanlarida katta mahorat bilan yoritilgan. Jahon adabiyotidagi tarixiy o&#8217;tmish hayotidan olingan ayrim asarlar, masalan, A.Dyuma romanlari yoki A.S. Pushkinning &#8220;kichik tragediyalar&#8221;ida tarixiy haqiqatdan chekinish, hatto tarixiy haqiqatga zid hodisalarni tasvirlash hollari uchraydi. A.S.Pushkin &#8220;Mosart va Saleri&#8221; asarida buyuk nemis kompozitorini Saleri tomonidan zaharlangan, deb Mosartning o&#8217;limi sababini mutlaqo noto&#8217;g&#8217;ri talqin qilgan. Bunday hollar jahon adabiyotida shu vaqtgacha yozuvchining badiiy niyati bilan bog&#8217;liq holda izohlab kelinadi. Ammo Tarixiy janrning taraqqiy etishi bilan yozuvchi yoki shoirdan tarix haqiqatiga sodiqlik talab etila boshladi. O&#8217;zbek adabiyotida zamonaviy tarixiy asar birinchi marta Abdulla Qodiriy tomonidan yaratildi. Yozuvchining &#8220;O&#8217;tgan kunlar&#8221; romani bilan o&#8217;zbek adabiyotida tarixiy roman janri maydonga keldi. Oybek &#8220;Qutlug&#8217; qon&#8221; romanida Qodiriy boshlab bergan tarixiy roman an&#8217;analarini rivojlantirdi va &#8220;Navoiy&#8221; romani bilan tarixiy-biografik roman janriga tamal toshini qo&#8217;ydi. Keyinchalik O.Yoqubov &#8220;Ulug&#8217;bek xazinasi&#8221;, XX.Krdirov &#8220;Yulduzli tunlar&#8221;, Muhammad Ali &#8220;Sarbadorlar&#8221; romanlari bilan tarixiy roman janrini yangi bosqichga olib chiqdilar. Dramaturgiyada tarixiy mavzuda asar yozish tajribasini Fitrat &#8220;Abulfayzxon&#8221; tragediyasi bilan boshlab berdi. Keyinchalik shu janrda uyg&#8217;un va Izzan Sultonning &#8220;Alisher Navoiy&#8221;, Hamid Olimjonnnt &#8220;Muqanna&#8221;, Shayxzodaning &#8220;Jaloliddin Manguberdi&#8221; va &#8220;Mirzo Ulug&#8217;bek&#8221;, Abdulla Oripovning &#8220;Sohibqiron&#8221; singari tragediyalari vujudga keldi va bu asarlar tarixiy shaxs obrazini yaratishda dramaturgiyaning badiiy imkoniyatlari katta ekanini namoyish etdi. She&#8217;riyatda esa turli davrlarda Rafik, Mo&#8217;minning &#8220;Qapchig&#8217;ay&#8221;, Oybekning &#8220;Navoiy&#8221; va &#8220;Hamza&#8221;, Sulton Jo&#8217;raning &#8220;Bruno&#8221;, Usmon Azimning &#8220;Xalil Sulton&#8221;, Azim Suyunning &#8220;Sarbadorlar&#8221; singari dostonlari yaratilib, ular tarixiy mavzudagi dostonlarning badiiy tamoyillarini belgilab berdi. Shoirlar tarixiy o&#8217;tmish manzaralarini hayotiy voqealar va qahramonlar obrazi orqali tasvir etish bilan birga ko&#8217;plab ertakdostonlar ham yaratdilar. Ammo ularni Tarixiy janrga kiritib bo&#8217;lmaydi. Negaki, tarixiy mavzudagi har qanday asarda tarixiylik asosiy badiiy mezon bo&#8217;lishi va yozuvchi o&#8217;z asarida tarix haqiqatiga qat&#8217;iy rioya qilishi lozim. Masalan, Navoiyning &#8220;Saddi Iskandariy&#8221; dostonida Iskandar Zulkarnayn (Aleksandr Makedonskiy) obrazi mavjudligiga qaramay, uni tarixiy yoki tarixiybiografik asar, deb bo&#8217;lmaydi. Tasviriy san&#8217;atda Tarixiy janr jamiyat tarixidagi ijtimoiy siyosiy ahamiyatga ega bo&#8217;lgan tarixiy voqealar va arboblarni tasvirlashga asoslanadi. Odatda o&#8217;tmishni tasvirlaydigan Tarixiy janr, shuningdek, yaqin o&#8217;tmishda ro&#8217;y bergan va tarixiy ahamiyati zamondoshlar tomonidan tan olingan voqealarni aks ettirishni ham o&#8217;z ichiga oladi; ko&#8217;pincha maishiy janr, portret, manzara kabi boshqa janrlar bilan, ayniqsa, harbiy voqealarning tarixiy mazmunini yorituvchi batal janri bilan chatishib ketadi. Tarixiy janr rivoji tarixiy nuqtai nazarlar, ijtimoiy-siyosiy qarashlar taraqqiyoti bilan, yuksalish davrlari esa ijtimoiy qarama-qarshiliklar sharoiti, ijtimoiy harakatlar, millatlarning o&#8217;zligini anglashining o&#8217;sishi, san&#8217;atda ilg&#8217;or ijtimoiy g&#8217;oyalarni aks ettirilishi bilan bog&#8217;liq. Tarixiy janrda ko&#8217;pincha tarixiy kuchlarning dramatik to&#8217;qnashuvi, milliy ozodlik kurashlari, xalqqa tarixni harakatga keltiruvchi faol kuch sifatida qarash kabilar uzining badiiy ifodasini topadi. Tarixiy janr qadimdan \u2014 ibtidoiy jamoa davridan bo&#8217;lib o&#8217;tgan muhim voqealarni eslash, xotirlash va shu xotiralarni tasvirlash zaminida yuzaga kelgan. Old Osiyo, Qadimgi Misr, O&#8217;rta Osiyo, Eron hududlarida harbiy yurishlar, podsho, harbiy qo&#8217;mondonlarning faoliyatini madh etuvchi ko&#8217;p jussali murakkab kompozisiyali asarlar yuzaga kelgan; mamlakatlar ichki hayoti, tashqi aloqalar, elchilar qabuli va boshqa voqealar rassomlar va haykaltaroshlarning asarlarida o&#8217;z ifodasini topdi. Jumladan, Tuproqqal&#8217;a devoriy rasmlari va haykallari, Afrosiyob devoriy rasmlari va boshqalar Yunonistonda muhim voqealar, tarixiy shaxsning qiyofalari afsonaviy obraz va kompozitsiyalarda ifodalandi. Qadimgi Rimda Tarixiy janr o&#8217;z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko&#8217;tarildi, asarlar o&#8217;zining o&#8217;ta realligi va tafsiloti bilan diqqatga sazovor, bu jihatlar, ayniqsa, relefli kompozitsiyalarda namoyon bo&#8217;ldi. O&#8217;rta asrlarda diniy mavzulardagi asarlarda tarixiy voqealar ham tasvirlandi. Osiyo mamlakatlarida Tarixiy janrda salmoqli asarlar yaratildi, bu ayniqsa, devoriy rasmlar va voqeaband releflarda ko&#8217;p uchraydi, miniatyura va monumental san&#8217;atda keng rivojlandi. Uyg&#8217;onish davrida Tarixiy janr mustaqil janr sifatida shakllandi, 17-18-asrlarda yetakchi janr darajasiga ko&#8217;tarildi (D.Velaskes, P. Rubens va boshqalar), tarixiy portretlarga e&#8217;tibor kuchaydi (haykaltarosh J. Gudon, rassom J. Reynolde, J. David va boshqalar), 19-asrdan Tarixiy janrda insoniyat tarixida bo&#8217;lib o&#8217;tgan muhim voqealar, xalq boshiga tushgan og&#8217;ir musibatlar asarlarda o&#8217;z ifodasini topdi (F. Goyya, O.Delakrua va boshqalar). 19-asr 2-yarmi Yevropa san&#8217;atida yaratilgan asarlarda romantik ruh kuchli bo&#8217;lsa, peredvijniklar asarlarida tanqidiy ruh yetakchi bo&#8217;ldi. 20-asr bo&#8217;sag&#8217;asida ramziy umumlashma asarlar yaratish, tarixiy portretlar ishlash keng yoyildi. 20-asr jahon madaniyatida mavjud bo&#8217;lgan turli oqim va yo\u2019nalishlar Tarixiy janr asarlarida ham namoyon bo&#8217;ldi (P. Pikasso, A. Fujeron, O.Diks, G. Gros, R.Guttuzo, D.Rivera, D.Sikeyros va boshqalar). O&#8217;zbekiston tasviriy san&#8217;aatida Tarixiy janr qadimdan shakllangan va taraqqiy etgan. Tarixiy janrning dastgoh shakllari 20- asr 30-yillaridan rivojlandi. Mahalliy rassomlardan B.Hamdamiy, A. Abdullaev, Sh. Hasanova va boshqalar ijodida tarixiy shaxslarni gavdalantirish muhim o&#8217;rin tutadi. 50\u201460 yillardan o&#8217;zbek tasviriy san&#8217;atiga keng ko&#8217;lamda mahalliy rassomlarning kirib kelishi Tarixiy janr mavzu va uslubining rang-barangligini ta&#8217;minladi. M.Nabiev, R. Choriev, J. Umarbekov va boshqa rassomlar ijodida Tarixiy janrga oid asarlar yuzaga keldi. Mustaqillikdan so&#8217;ng tarixga, o&#8217;tmishga murojaat etish va e&#8217;tiborning ortishi Tarixiy janrni yanada yuksalishini belgilab berdi: Jaloliddin Manguberdi, Al-Farg&#8217;oniy, Amir Temur kabilarga bag&#8217;ishlangan tarixiy turkum asarlar yaratildi. Naim Karimov, Ne&#8217;mat Abdullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>TARIXIY JANR, tarixiy mavzudagi asarlar \u2014 adabiyot va san&#8217;atdagi asosiy janr yoki mavzulardan biri; tarixiy o&#8217;tmish mavzuida yozilgan asarlar turkumi. Badiiy adabiyotning asosiy vazifalaridan biri tarixiy o&#8217;tmishda sodir bo&#8217;lgan voqealar, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/tarixiy-janr\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[187],"tags":[],"class_list":["post-33630","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-t-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33630","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33630"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33630\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33632,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33630\/revisions\/33632"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33630"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33630"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33630"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}