{"id":33647,"date":"2022-11-09T16:24:50","date_gmt":"2022-11-09T13:24:50","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=33647"},"modified":"2022-11-09T16:24:53","modified_gmt":"2022-11-09T13:24:53","slug":"yahudiy-yozuvi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yahudiy-yozuvi\/","title":{"rendered":"YAHUDIY YOZUVI"},"content":{"rendered":"\n<p>YAHUDIY YOZUVI \u2014 oromiy yozuvidan kelib chiqqan g&#8217;arbiy som yozuvining bir tarmog&#8217;i; ivrit, idish, ladino (yahudiy ispan) va boshqalar tillarda so&#8217;zlashuvchi qadimiy va hoz. yahudiylarning yozuvi. &#8220;Yahudiy kvadrat yozuvi&#8221; (yozuvning bunday nomlanishi belgi, harflarga kvadrat shaklini berishga intilish bilan bog&#8217;liq) deb ataluvchi bu yozuvda qadimiy yahudiy tilida, shuningdek, ivrit, idish kabi zamonaviy yahudiy tillarida boy diniy, falsafiy, badiiy adabiyot yaratilgan, &#8220;Injil&#8221;ning qadimiy ahd qismi yozilgan; u eng kamida miloddan avvalgi 3-2-asrlardan beri qo&#8217;llanib keladi. Kvadrat yozuvgacha ham qadimiy yahudiy yozuvi mavjud bo&#8217;lib, u miloddan avvalgi 11\u2014 5-asrlarda amalda bo&#8217;lgan. Bu yozuvning namunalari toshbitiklarda, tangalarda saqlanib qolgan. Lekin qadimiy yahudiy yozuvining yahudiy kvadrat yozuvi bilan biror bir bog&#8217;liqligi yo&#8217;q. Qadimgi yahudiy yozuvidan oromiy kvadrat yozuviga o&#8217;tish miloddan avvalgi 5-asr o&#8217;rtalaridan boshlangan. O&#8217;rta asrlarda kvadrat alifboning bir qancha turlari va kursiv shakllari paydo bo&#8217;ladi. Mazkur alifbolar undosh tovushlarni ifodalovchi 22 harfdan iborat bo&#8217;lib, ularda unli tovushlar uchun harflar bo&#8217;lmagan. Biroq keyinchalik p, V, undosh harflari ba&#8217;zi unlilarni ko&#8217;rsatish uchun ham qo&#8217;llangan, 7-8-asrlarda esa unlilar uchun satr osti va boshqalar diakritik belgilar joriy qilinib, ular Injilda, she&#8217;riy matnlarda, bolalar kitoblarida, darsliklar va boshqalarda ko&#8217;llanadi. Yahudiy harflarining an&#8217;anaviy nomlari qadimiy g&#8217;arbiy som alifbosidagi harflarning nomlaridan kelib chiqqan. Alifbodagi harflar tartibi haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Yahudiy yozuvi o&#8217;ngdan chapga qarab yoziladi. Yahudiy yozuvi som tillari (qadimgi yahudiy, oromiy, Arab)ga nisbatan qo&#8217;llangandagina o&#8217;z konsonantligini (unli harflar yo&#8217;qligini) saqlab qoladi. Idish, ladino, qaraim (turkiy) tillaridagi Yahudiy yozuvi esa konsonant yozuvdan fonografik yozuvga aylangan. Hozirgi ivritda unlilarni ko&#8217;rsatuvchi maxsus belgilar qadimgidan ko&#8217;ra kengroq qo&#8217;llanadi. Hozirgi Yahudiy yozuvida asosan yevropacha tinish belgilari ishlatiladi. Ad.: Tayni drevnix pismen, M., 1976; Fridrix I., Istoriya Pisma, Per. s nem., M., 1979; Gelb I.E., Opnt izuche- niya Pisma, Per. s angl., M., 1982.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>YAHUDIY YOZUVI \u2014 oromiy yozuvidan kelib chiqqan g&#8217;arbiy som yozuvining bir tarmog&#8217;i; ivrit, idish, ladino (yahudiy ispan) va boshqalar tillarda so&#8217;zlashuvchi qadimiy va hoz. yahudiylarning yozuvi. &#8220;Yahudiy kvadrat yozuvi&#8221; (yozuvning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/yahudiy-yozuvi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":32566,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[205],"tags":[],"class_list":["post-33647","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-ya-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"kr","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33647","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=33647"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33647\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":33650,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/33647\/revisions\/33650"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media\/32566"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=33647"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=33647"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/kr\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=33647"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}